QADIMGI O’RTA OSIYO XALQLARI TIBBIYOTI

Qadimgi O’rta Osiyo hududida yashagan xalqlar (bizning ajdodlariniiz) tibbiyoti ham boshqa Sharq xalqlari tibbiyotiga o’xshash bo’lgan. Ayniqsa Eron tibbiyoti bilan O’rta Osiyo xalqlari tihbiyoti o’rtasida umumiylik sezilarlidir. Bu mamlakatlarning tabiiy-jug’rofiy sharoiti, hayot tarzi, an’analari, diniy e’tiqodlari (zardushtizm) bir-birigajuda yaqin bo’lgan. Shuning uchun ularning tibbiyoti ham umumiy xarakterga ega edi.
O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekiston hududida qadim zamonlarda yashagan xalqlarning tibbiyoti haqidagi birinchi yozma ma’lumotlarni biz zardl.lshtiylarning diniy-muqaddas kitobi “Avesto” dan topamiz.
Avesto O’rta Osiyo, Eron va Ozarbayjon hududida qadim zamonlarda yashagan xalqlarning diniy aqidalari haqidagi muqaddas kitobdir. Kitobni eramizdan oldingi VI asrda yashagan Zardusht yozgan, deb hisoblaydilar. Abu Rayhon Beruniy ham shunday fikrda bo’lgan. U mazkur shaxsni Zardusht ibn Safid Tuman, deb atagan.
Avestoda O’rta Osiyo va unga qo’shni bo’lgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoUga oid ko’p ma’lumotlar bayon etilgan. Unda tibbiyotga oid ma’lumotlar ham mavjud. Kitob avvalo tibbiyotning mustaqil kasb ekanligini e’tirofetadi va tabiblarga bemorlarni davolaganlari uchun haq to’lash kerakiigini ta’kidlaydi. Bu haqda kitobda bunday deyilgan: “Kohinlarga duo o’qiganlari uchun, tabiblarga kasallarni davolaganlari uchun, ularni chaqirganlarning daromadlariga qarab haq to’lash lozim”. Bunda tabiblaming mehnat haqi rasmiy jihatdan belgilab qo’yilgan. Masalan, viloyat hokimini davolagani uchun ikki juft qora mol, tuman hokimini davolagani uchun ot aravasi bilan, jamoa boshlig’ini davolagani uchun bitta buqa berish lozimligi ko’rsatilgan. .
Avesto uch kitobdan iborat. Birinchi kitob “Vendidat” (“Videvdat”) deb ataladi. U jismoniy va ruhiy pokianish haqidagi qonunlar majmuasidan iborat. Ikkinchi kitob “Vispred” (“Vispart”), ya’ni hamma narsani bilish deb ataladi. U odamlar hayoti haqidagi tushunchalardan iborat. Uchinchi kitob “Yasna” deb ataladi. Bu kitobda zardushtiylar dinining ibodat qoidalari ko’rsatilgan. Biz uchun bu kitoblardan muhimi Vendidatdir. Bu kitobda tibbiyotga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Vendidat 22 bobdan iborat. Shulardan 8 tasi (V-XII boblar) tibbiyot nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega. Xususan, unda salomatlikni saqlash uchun nimalar qilish
34

zarurligi ko’rsatilgan. Birinchi galda o’lgan odamningjasadidan ehtiyot bo’lish zarurligi ta’kidlangan. Kitobda yozilishicha, o’lgan odamning jasadida tiriklar uchun xavfli xususiyat paydo bo’ladi. Shuning uchun murdaga yaqinlashmaslik kerak deb uqdirilgan. Aftidan, o’sha vaqtdayoq kishilar murda zahari mavjudligidan xabardor bo’lganlar. Bundan tashqari, murda orqali har xil yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkinligini ham taxmin qilgan bo’lsalar kerak. Zardushtizm dini yer, suv va havoni muqaddas deb e’lon qilgan. Ularni iflos qilish katta gunoh hisoblangan. Modomiki, murda o’zida kishilarga zarar keltiruvchi xususiyat paydo qilar ekan, uni yerga ko’mish, suvga cho’ktirish va yoqish mumkin emas. Chunki, u mazkur tabiat omillarini zaharlaydi. Natijada undan kishilar zararlanadilar. Shu sababdan o’lgan kishining jasadini aholi yashaydigan yerdan uzoq joyga olib borib, tepaliklarda ochiq qoldirganlar. U yerda murdaning yumshoq qismlarini jovvoyi hayvonlar yeb tugatganlaridan so’ng, uning suyaklarini yig’ib, ossuariy (suyakdon) larga solib, uyda maxsus qurilgan katakka (tokchaga) qo’yib saqlaganlar. Bunday ossuariylar O’rta Osiyo hududlarida ko’p topilgan. Vendidatda yozilishicha, birinchi bo’lib, Trita ismli zot tabiblik ishi bilan shug’ullangan. U birinchi bo’lib odamlami kasallik va o’limdan saqlagan. Tritaga yaxshilik Xudosi Oxuramazda kasallami davolash uchun samodan 10000 xiI dori yuborgan. Trita xaoma, deb ataluvchi ichimlikni kashf etgan kohin hisoblanadi. Xaomani hayot va sog’liq manbai deb ataydilar.
Avestoda Traeton ismli tabib haqida ham ma’lumot keltirilgan. Qadimgi Eronliklar uni tabiblik xudosi, deb ataydilar. Ulaming yozishicha Traeton har xil isitmalar, qichimalar, zaharlanishlar kabi kasalliklami davolovchi dori kashf etgan. Fikrimizcha Trita va Traeton ikki nom bilan ataluvchi bir zot bo’lsa kerak.
Avestoda tibbiyotning kelib chiqishi haqida bir rivoyat bor. Unda aytilishicha, odamlarga tabiblik san’atini Yima ismli zot o’rgatgan. Bu zotni Nuh payg’ambarga nisbat qiladilar.
Avestoda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ham ba’zi ma’lumotlar mavjud. Unda odam gavdasi quyidagi qismlardan iborat, deb ko’rsatilgan: suyaklar, muskullar, yog’lar, miya, tomirlar, qon,
jigar va jigar o’ti. Ikki xil tomir mavjudligi ko’rsatilgan. Ulardan biri qizil (sog’lom) qon oquvchi ikkinchisi qora (nosog’lom) qon oquvchi tomirdir. Bulardan tashqari oq qon tashuvchi yoki umuman qon tashimaydigan tomir ham borligi ko’rsatilgan. Bu yerda limfatik yo’llar (tomirlar) yoki asab tomirlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak. Kitobda qon, o’t (jigar o’ti) va zurriyatning paydo bo’lishi haqida o’ziga xos fikr yuritiladi. Unda o’tjigarda, qon yurakda, zurriyat (urug’) umurtqa ustuni kovagida (kanalida) ishlab chiqiladi deyilgan. Sezish, hid bilish, eshitish, ko’rish va ta’m bilish markazlari miyada joylashgan deb tog’ri fikr
35

yuritilgan. Odam a’zolaridan suyak iligiga alohida ahamiyat berilgan. Hayot markazi shundajoylashgan, deb yozilgan. Hayot o’t (olov)lijarayondir deb ko’rsatilgan. O’lim esa yonib tugashdir deyilgan.
Kasalliklarning kelib chiqishi masalasida bir necha xil fikr aytilgan. Avvalo kasallik Axriman deb ataluvchi johil ilohiyat bilan bog’langan. Har qanday kasallik shu Axrimanning ruhi kishi tanasiga kirishi bilan boshlanadi deb hisoblangan. Kasallik kishi organizmiga zararli yel (shamol)ning ta’siridan ham kelib chiqadi, deyilgan. Yozilishicha yel ikki xiI – issiq va sovuq bo’ladi. Sovuq yel sovuqlik, issiq yel issiqlik paydo qiladi. Issiq yel ayniqsa xavtlidir. Chunki unda Axrimanning ko’zga
ko’rinmaydigan mayda bo’laklari bo’ladi, deyilgan.
Kitobda bu xayoliy fikrlardan tashqari haqiqatga yaqin amaliy
mulohazalar ham mavjud. Masalan, kasallik paydo qiluvchi omillar qatoriga oziq-ovqat ham kiritilgan. Xususan, to’yib ovqat yemaslik, yoki aksincha badxo’rlik, sifatsiz ovqat iste’mol qilish kasallik keltirib chiqaradi, deb to’g’ri fikr yuritilgan. Odamlarning ruhiy holatiga ham alohida ahamiyat berilgan. Masalan, “chuqur o’ylash”, ya’ni ruhiy tushkunlik kasallik keltirib chiqaradi, deyilgan. Har xii hasharotlar chaqishi natijasida ham kasallik paydo bo’ladi, deb yozilgan. Ammo, hasharotlarni Axriman yuboradi, deb yanglish fikr aytilgan.
Kasalliklardan qutilish masalasida avval yaxshilik xudosi Oxuramazdaga sajda qilmoq kerak, faqat uning yordami bilan kasallikdan qutilish mumkin, deyilgan.
Amaliy jihatdan Avestoda uch xiI davolash usuli kO’rsatilgan. Bular – pichoq bilan davolash ya’ni jarrohiya, o’simliklar bilan davolash va avrash usuli bilan davolash. Hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan oxirgi usulni psixoterapiya, deb atash mumkin. Ammo, u zamondagi tabiblar bu usulning mohiyatini boshqacha tushunganlar. Ularning fikricha, kasallikni johil kuchlar paydo qiladi, shuning uchun uni avrash va afsungarlik usullari bilan tanadan chiqarib yuborish kerak, deb o’ylaganlar. Bu usul davolashning asosiy usuli hisoblangan. Amaliy tipbiyotdajarrohiy usullardan ham keng foydalanganlar. Demak, o’sha vaqtdajarrohiya yaxshi rivojlangan bo’lgan. Yaxshi tajribali jarrohlar ham bo’lgan.
Bemorlarni davolashda shifobaxsh o’simliklardan ham keng foydalanganlar. Avestoda ko’p dori-darmonlar o’simliklardan olinishi ko’rsatilgan. Kitobda o’simliklar orasida zaharlilari ham ko’p uchrashi ta’kidlanib, unga ehtiyot bo’lish ta’kidlangan.
Avestoda tibbiyotning asosiy vazifasi nimadan iborat, degan masalaga alohida ahamiyat berilgan. Bu masalada Avestoda aytilgan fikr hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan ham to’g’ridir. Chunonchi, unda tibbiyotning asosiy ishi tananing sog’lig’ini saqlashdan uborat deb, ko’rsatilgan. Tana sog’lig’ini saqlash va turli kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashish
36

uchun birinchi galda gigiyenik qoidalarga rioya qilish va turar-joylarni obodonlashtirish kerakligi uqdirilgan. Xususan, chi rib buzilayotgan narsalarga yaqinlashmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, obodonchillikga ahamiyat berish, ekin maydonlaridan to’g’ri foydalanish. Ko’proq mevali daraxtlar ekish va h.k. Zardusht eng muhim tadbirlardan biri sifatida aholini toza suv bilan ta’min etish, deb ta’kidlagan. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari yetarli va yaxshi sifatli bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan. Kitobda to’g’ri ovqatlanish masalasiga alohida ahamiyat berilgan. Yetarli darajada ovqat bilan ta’min etilmagan xalq kamquvvat bo’ladi, bolalari yaxshi o’smaydi deyilgan. Avestoda kimki uzoq vaqt ovqat yemay yursa, u zaiflashib, bola yaratish qobiliyatini yo’qotadi, deyilgan.
Zardusht ba’zi demografik masalalarga ham ahamiyat bergan. Masalan, u aholi sonining ko’payishini ijobiy jarayon, deb hisoblagan. Yoshlar jismoniy va aqliy jihatdan yetuk bo’lib o’sishlari lozim, degan. Zardushtning kO’rsatishicha qiz bola 15 yoshdan boshlab bola tug’ish qobiliyatiga ega bo’ladi. Demak, u shu yoshdan erga tegishi mumkin. Aholi (millat) salomatligi uchun yigit faqat sog’lom qizga uylanishi kerak. Er o’z xotini uchun sog’lom hayot sharoitini yaratib berishi zarur. Ayniqsa xotini homilador bo’iganida unga nisbatan alohida g’amxo’rlik qilishi lozim. Shundagina ayol yetuk va sog’lom bola tug’adi.
Zardusht dini o’zining hayotga yaqinligi bilan boshqa dinlardan farq qiladi. U asketizmga beriIishni qoralaydi. Unda yozilishicha kishilar o’z mehnatlari bilan real dunyoda o’zlari uchun eng yaxshi yashash sharoitini yaratishlari va sog’lom, uzoq umr ko’rishlari mumkin. Avcsto bo’yicha O’rta Osiyo xalqlarining tibbiyoti va erishgan natijalari shulardan iborat.
Eramizdan oldingi IV asrning oxirlarida O’rta Osiyoni makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari zabt ctdilar. Bu yerda dastlab Yunon-Makedoniya, So’ng Yunon-Baqtriya davlatlari vujudga keldi. Yunonlar O’rta Osiyoga o’z hayot tarzlari va madaniyatlarini olib keldilar. O’sha davrda Yunoniston o’zining yuksak madaniyati va ilm-fani bilan jahonga mashhur edi. Mamlakatda buyuk faylasuflar, olimlar, donishmandlar yetishib chiqqan edi. Shular qatorida mashhur hakimlar ham bor edi. Shulardan eng mashhuri jahon ilmiy tibbiyotiga asos solgan buyuk Gi ppokratdir.
Yunonlar O’rta Osiyoni zabt etib, o’z hukmronliklarini o’rnatganlaridan so’ng bu yerga yunon savdogariari, sayyohlari va turli kasb egalari kela boshladiIar. Ulardan ko’plari O’rta Osiyo shaharlarida o’rnashib qolib, bu yerda kasblari boyicha ishlay boshladilar. Ular qatorida hakimlar ham oz emas edi. Ammo, bizning qo’limizda o’sha davr tibbiyotiga oid ma’iumotiar mavjud emas.
Eramizdan oldingi 11 asrning oxirida Yllnon-Baqtriya davlati yemirilib, uning o’rnida Kushon davlati vujudga keldi. Tarixiy ma’iumotiarda
37

aytilishicha, Kushon davlati ko’p Sharq va G’arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatda bo’lgan. Tibbiyot sohasida ham tajriba va bilim almashib turilgan. O’rta Osiyo tabiblari ishlatadigan dori- darmonlar chet ellardan keltirilgan dorivor moddalar bilan boyigan. Kushon davlati eramizning V asriga qadar hukm surdi.
VI asrning o’rtalarida Eftalitlar davlati vujudga keldi. Eftalitlar davri bu yerdagi xalqlar hayotida iqtisodiy va madaniy jihatdan yangi yuksalish davri bo’ldi. Bu davrdagi eng muhim voqea yozuvning ixtiro etilishi edi. Yozuvning kashf etilishi mamlakat madaniy va ilmiy hayotida juda katta ahamiyat kashf etdi. Dastlabki kitoblar paydo bo’la boshladi. Vlar qatorida tibga oidlari ham bo’lgan, albatta. Ammo, hozircha o’sha davrga oid tibbiy yozuvlar topilgan emas.
O’sha vaqtda O’rta Osiyoda Buddizm va boshqa dinlar tarqala boshladi. Ammo, Zardushtizm ham saqlanib qolgan edi. Lekin, u ilgarigi zardushtlikka nisbatan boshqacharoq ma’no kashf etgan edi. V boshqa dinlar bilan chalkashib ketdi. Vnda yangi tushunchalar paydo bo’ldi. Xususan, Anaxita, Siyovush va Mitra kabi afsonaviy shaxslar nomi bilan bog’landi. Eftaliylar davlati VI asrning oxirlarigacha hukmronlik qildi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda Turk hoqonligi tashkil topdi. Turk hukmronlari mamlakatning siyosiy va madaniy jihatdan yuksalishiga katta ahamiyat berdilar. Qadimgi Vizantiya, Xitoy, Hindiston kabi yuksalgan mamlakatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar bog’landi. Marnlakat shaharlarida ichki bozor va tashqi savdo tez rivojlana boshladi. Masalan, o’sha vaqtga Shosh (Toshkent) savdogarlar shahri, deb nom chiqargan edi.
Vrnurniy iqtisodiy va rnadaniy yuksalishjarayonida tibbiyot ham rivoj topdi. Lekin, u davrdagi tibbiyot haqida aniq rna’ lumotga ega emasrniz. Biz o’sha davrda yashagan kishilarning yashash tarzi va ba’ zi urf-odatlariga qarab, ularning tibbiy tushunchalari haqida fikr yuritishimiz rnurnkin. Masalan, hoqon huzuriga kelgan chet el vakillari yonib turgan ikki gulxan o’rtasidan o’tar ekanlar. Shundan so’ng ularni hoqon qabul qilarkan. Ehtirnol bu odat chet rnarnlakatdan kelib qolishi rnurnkin bo’lgan biror kasallikning oldini olish uchun qilingan tadbirdir? O’sha davrda yashagan turkiy xalqlar yosh bolalami kasallikdan saqlash uchun ulaming peshanasiga uzoq saqlanib qoladigan bo’yoq bilan xoch suratini chizib qo’yar ekanlar. Bular juda oddiy “tibbiy choralar”dir, aibatta. Lekin har hoida kasallik tarqalib ketrnasligi choralarini ko’rish tibbiyotga aharniyat berilganligini ko’rsatadi.
O’sha davrlardagi tibbiyot maxsus kitoblarda bayon etilgan bo’lrnasa ham xalq orasida kasallarni muolaja qiluvchi kishilar bo’lardi. Viar xaIq tibbiyotining vakillari edilar. Bu kishilar asosan o’ziarining ernpirik tajribalariga asosianib bernorlarni ancha rnuvaffaqiyatli davolardilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *