QADIMGI YUNONISTON TIBBIYOTI

Yunoniston jahon tibbiyoti tarixida eng buyuk hakim, deb tan olingan ulug’ Oi ppokratning vatanidir. Oi ppokrat haqiqiy ilmiy tibbiyotning asoschisi hisoblanadi. Uning Yunoniston va umumjahon tibbiyotining shakllanishi va rivojlanishiga qo’shgan hissasi shu qadar buyuk ediki, uning bu xizmatini alohida taqdirlab, tirikligidayoq Afinada oltindan yasalgan haykal (byust) o’rnatgan edilar.
Qadimgi Yunoniston tibbiyoti tarixini Gi ppokratgacha bo’lgan davr va Oippokratdan so’nggi davr, deb ikki qismga bo’lish mumkin. Oippokratgacha bo’lgan davr uzoq tarixga ega bo’lsa ham u vaqtda unchalik katta kashfiyotlar qilingan emas. U vaqtdagi Yunoniston tibbiyoti haqidagi ma’lumotlar ko’proq har xiI rivoyatlar shaklida yetib kelgan. Masalan, mashhur Yunon shoiri Oomerning “Iliada” nomli poemasida quyidagi rivoyat bor: Yunonlar Troya shahri ostonalarida jang olib borganlarida ularning qo’shini safida afsonaviy hakim Asklepiy (Eskulap) ham bo’lgan. Asklepiyning Maxaon va Podaliriy ismli o’g’illari va Higiyeya (Oigiyeya) hamda Panakeya ismli ikki qizi bor edi. Maxaon jarroh, Podaliriy terapevt edilar. Higiyeya kishilarning salomatliklarini saqlash usullarini yaxshi bilgan. Panakeya esa har xiI dori-darmonlarni yaxshi bilgan.
O’sha urushda Asklepiy o’z o’g’il-qizlari bilan yarador va kasal yunon jangchilariga tibbiyyordam ko’rsatgan. Bunda Maxaonjarroh sifatida otasi
39

A,klcplY YUl10niarning tibbiyot
xudosi
bilan birga yaradorlarga yordam bergan, ularning jarohatlarini bog’lagan, tanalariga kirib qolgan o’q
(nayza uchi)ni chiqarib olgan.
Afsonada aytilishicha bu urush eramizdan oldingi
1193-1 I84-yillarda bo’lib o’tgan. Agar bu afsona tog’ri bo’lsa qadimgi yunonlarning tibbiyoti, xususan jarrohiyasi eramizdan oldingi ikki minginchi yilning oxirlaridayoq yaxshi darajada rivojlangan bo’lgan.
Yunon tasviriy san’atida Asklepiy ilon chirmashib olgan hassaga tayanib turgan baquvvat kishi sifatida tasvirlangan. Buning o’z tarixi bor. Afsonada aytilishicha Krit orolining podshosi Minosning o’g’li kasal bo’lib yotmay to’satdan vafot etgan. Minos bundan juda qayg’urib, o’g’lini tiriltirish uchun Asklepiyni saroyga chaqirtiradi: Asklepiy bu qiyin muammoni qanday qilib hal qilsam ekan, deb xayol surib sahroda ketayotganida og’zida giyoh tishlab olgan bir ilon Asklepiyning hassasiga chirmashib olib, ko’zi bilan giyohni ko’rsataveradi. Bu giyoh o’lgan odamni tiriltiradigan
qadimgl
o’simlik ekan. Asklepiy bundan sevinib ketib, o’z hassasiga chirmashib olgan ilon bilan Minosning saroyiga kirib boradi. Bundan saroydagilar qo’rqib ketadilar. Ammo, Asklepiy pinagini buzmay Minosga “men o’g’lingizni tiriltirish yo’lini shu ilondan topdim”, deydi va ilon tishlab turgan giyohni olib undan qaynatma tayyorlab Minosning o’g’liga ichiradi, bola ko’zini ochadi. Shundan keyin i10n tabobat ramzi sifatida qabul qilinadi.
Yunon rnifologiyasida aytilishicha Asklepiy tibbiyot xudosi Apollonning o’g’li bo’lgan. Asklepiy nomi bilan bog’liq bo’igan yana bir rivoyat bor. Unda aytilishicha Asklepiy onadan o’zi tug’ilgan emas. Uni onasinig qornini yorib chiqarib olganlar. Bundan ma’ium bo’ladiki, o’sha vaqtda Yunonistonda ayol kishi o’zi tug’a olrnasa uning qornini yorib, bolani
chiqarib olish operatsiyasi rna’ium bo’lgan.
Yunonistonda hakirnlarni juda e’zozlaganlar. MasaJan, Gomer bunday,
deb yozgan cdi: “Bitta yaxshi tajribali tabib o’nta boshqa kasbdagi kishidan afLaldir”.
Yunonlarning haqiqiy ilmiy tibbiyoti Gi ppokratdan boshlanadi. Antik davr yunon tibbiyotini o’rganishda “Gi ppokrat to’plami” (“Corpus (ii ppokratikunJ”) deb ataluvchi mashhur kitob asosiy rnanba hisoblanadi. Bu kitob crarnizdan oldingi V-IV asrlarda yozilgan. Kitob butun jahonga rna’ium buyuk hakirn Gi ppokrat nomi bilan bog’Jiq. Gi ppokrat bu
40

kitobning muallifi hisoblanadi. Lekin, tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Gippokrat kitobning asosiy qismlarini yozgan. U kitobgaasos solgan. So’ ng uning shogirdlari kitobni davom ettirib, oxiriga yetkazganlar.
Gippokrat to’plami qadimgi zamon ilmiy tibbiyotida eng buyuk asar hisoblanadi. Unda qadimgi zamon tibbiyoti haqida eng to’liq ma’lumot berilgan. Kitobda kasallarga tashxis qo’yish va davolash usullari shu qadar puxta ishlanganki, ularning ba’zilari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Ikki ming yildan oshiq davr ichida bu kitob hakimlar uchun dastur bo’lib kelgani buning dalilidir.
Qadimgi Yunonistonda ibodatxona tibbiyoti ham bo’lgan. Ammo, bu tibbiyot unchalik katta rol o’ynamadi. Amaliy tibbiyot tez rivojlandi va keng tarqaldi. O’sha davrda Yunonistonda birinchi shaxsiy kasalxonalar paydo bo’ldi. Yaxshi tajribali, puli ko’p hakimlar o’z uylarida shifoxona tashkil etdilar. Ular “yatreya”, deb atalardi. Ba’zi yatreyalar qoshida tibbiy maktablar ham ochilgan edi. Bunday maktabda dars beruvchi muallimlar “yatrolipt”, ya’ni tabiblikni o’rgatuvchi, deb atalardilar. Maktabni tugatgan tabiblar imtihon topshirganlar va “butun umrimni kasallarni sofdillik va halollik bilan davolashga bag’ishlayman”, deb qasamyod qilganlar.
Qadimgi Yunoniston shaharlarida aholining sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshiruvchi va uni nazorat qilib turuvchi maxsus shahar tabiblari bo’lgan. Bu bilan aholining sog’lig’ini saqlash ishini tashkil qilishga asos solingan edi.
O’sha davrda Yunonistonda ayrim shaharlar va orollarda hakimlarning o’ziga xos maktablari Uamiyatlari) tashkil topgan edi. Shulardan bizga Kroton, Knidos va Kos maktablari Uamoalari) ma’lum.
KROTON maktabi. Bu maktab hozirgi Jtaliya hududida bo’lgan. O’sha vaqtda Kroton yerlari Yunonistonga qaram edi.
Kroton maktabining vakillari inson organizmining tuzilishi va uning tabiati (xususiyatlari) masalasida mashhur faylasuf Anaksimenning “hamrna narsaning asosini havo tashkil etadi”, degan fikriga asoslangan edilar. Bu fikrni mashhur hakim Alkmeon tibbiyotga olib kirdi. Alkmeon shu Kroton maktabining eng ko’zga ko’ringan vakili edi. Havoning tabiatdagi rolini o’sha vaqtda bunday tushuntirganlar: havo zichlanish va siyraklanish xususiyatiga ega. U zichlanib par (bug’) so’ng suvga aylanadi. Yanada zichlanib tabiatdagi har xii buyumlar va tog’i toshlarga aylanadi. So’ng esa o’simliklar va hayvonot olamiga aylanadi. Nihoyat undan odamlar va ularning a’zolari ham paydo bo’ladi. Alkmeon odam organizmi va barcha a’zolar pnevma (havo)dan kelib chiqadi, deb fikr yuritgan. Uning fikricha pnevma o’zidan har xii qarama-qarshiliklar chiqarish xususiyatiga ega. Umuman tabiatda qarama-qarshiliklar ko’p. Masalan, issiqlik – sovuqlik, quruqlik – ho’llik, achchiqlik – chuchuklik, qattiqlik
41

  • yumshoqIik, qoralik – oqlik va h.k. Odam organizmida to’rtta qarama- qarshilik bor. Bular issiqIik va sovuqIik hamda quruqlik va ho’llikdir. Shu qarama-qarshiliklaming kuchi muvozanatda bo’lsa kishining salomatligi saqlanadi. Agar bu qarama-qarshi xususiyalardan biri ustun kelib qolsa muvozanat buzilib kasallik kelib chiqadi. .
    Alkmeon odam organizmidagi to’rt qarama-qarshi kuch – issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho’llik haqidagi tushunchani qadimgi Sharq tibbiyotidan olgan bo’lsa kerak. Yunonlar muvozanatda bo’lishni “izonomiya”, ulardan biri ustun keIib qolishini esa “monarxiya”, deb ataganlar.
    Alkmeon amaliy tibbiyotda juda tajribali hakim edi. U yaxshi anatom ham bo’lgan. Alkmeon birinchilardan bo’lib ko’rish nervini kashf etdi. Yevstaxiy nayini topdi. Bosh miyani tekshirib, unda fikrlash va idrok etish markazi mavjudligini aniqladi.
    Kroton maktabining yana bir ko’zga ko’ringan vakili Diogen edi. U eramizdan oldingi III asrda yashagan. Diogen ham yaxshi anatom bo’lgan. U yurak va qon tomirlarini tekshirib yurakning o’ng qorinchasida qon, chap qorinchasida esa bo’shliq ko’rgan. Shuningdek tomirlarni tekshirib vena tomirlarida qon, arteriya tomirlarida bo’shliqni ko’rgan. Shunga asosan u yurakning chap qorinchasida va arteriya tomirlarida havo yurar ekan, degan xulosaga kelgan. Shuning uchun arteriya qon tomirini aero (havo) tashuvchi tomir, deb atagan. Bu yangIish nom hozirgacha saqlanib qolgan. Kroton maktabining vakillari odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida bir qancha kashfiyotlar qilgan bo’lsalar ham, ular ba’zi xatoliklardan ham xoli emas edilar.
    KNIDOS maktabi. Knidos maktabi shu nomli shaharda tashkil topdi. Bu maktabga Evrifon ismli olim asos solgan. Knidos maktabidan bizga “Ichki kasalliklar” nomli asar qolgan. Knidos maktabining vakillari har xii kasalliklarning belgilarini juda sinchiklab o’rganganlar. Knidoschilar
    dori-darmon moddalarini ham boyitdilar. Masalan, ular dorilar qatoriga sarimsoq piyoz, ohak, oq tuproq va yana bir qancha moddalarni qo’shdilar. Knidos maktabi, amaliy tibbiyot sohasida ayniqsa yaxshi natijalarga erishdi. Ammo, odam organizmining tabiati masalasida bular ham Krotonliklar singari pnevma nazariyasiga asoslanardilar. Odam organizmidagi qarama-qarshiliklardan bular faqat ikkitasini (issiqlik va sovuqIikni) qabul qilganlar. Bu qarama-qarshilikning muvozanatini
    “kraziya”, muvozanatning buziIishini “diskraziya”, deb ataganlar. Knidos maktabining erishgan natijasi shu bo’ldiki, bular kasallik patogenezini ishlab chiqdilar. Bu tushunchaga binoan sog’liq va kasallik asosan organizmdagi suyuqliklarga (qon, safro, savdo va shilliqsimon moddaga)
    bog’liq. Shu suyuqliklar sog’lik va kasallikni belgilaydi, deb o’ylanganlar. KOS maktabi. Kos maktabi Yunonistonning Kos orolida shakllandi. Bu maktabning eng yiriknamoyondasi jahonga mashhur Gippokratdir.
    Bu olim eramizdan oldingi V-IV asrda yashagan. 42 Kos rnaktabining asosiy xizrnati shundan iboratki, u arnaliy tibbiyotni yuksak darajaga ko’tardi. Xususan, jarrohlik sohasida katta natijalarga erishdi va klinik tibbiyotga asos soldi. Gi ppokrat va uning shogirdlari jarrohlik
    texnikasini rnukarnrnal ishlab chiqdilar. Chiqqan va singan qo’l-oyoqlami davolashda ularni o’z tabiiy holatiga keltirishga alohida aharniyat berdilar. Kos rnaktabining eng yashnagan davri eramizdan oldingi V asrdir.
    Bu davr eng yirikhakirn Gi ppokratning hayoti yillariga to’g’ri keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *