Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari

Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida milaw. HI asrning boshlarida Qang* davlati paydo bo‘Idi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko’chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang* davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda 0 ‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida esiatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi qangMar tashkil etganlar. Mil. aw. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoii-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.aw.II-I asrlarda qangMiklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradiIar.
Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.aw. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o’tiladi. Tadqiqotlar uatijaiaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, Qang* davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar feol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan had qilingan.
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyaliarga boMinib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari job*i yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang4 hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatiamiog ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, mil.aw. 114 asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang’arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o’tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug’diyona va Xorazm hududlaridajoylashgan deb hisoblaydilar.
87
www.ziyouz.com kutubxonasi

Manbalarda Qang’ podshoiarining ikkila: yozgi va qishgi ^arorgohlari eslatiladi. Ular yozni 0 ‘trorda (hozirgi QozogMstondagi Aris va Turkiston oralig’ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida) o!tkazganlar. 0 ‘troq aholidan tashqari Qang1 davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud boMib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug’ullanib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang’ lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar boMib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar.
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. Ш-milodiy V asrlarda o’troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O’tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo’rik xarobalari o ‘rnida qang’arlarning qo’rg’onlari va ko’xna shaharlari bo’lgan. Shahar va qishlbqlarda yashovchi o’troq xalqlar ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar. Ular афа, bug’doy, tariq, no’xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo’lgan. Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi qang’arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog’larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar boMgan. Bu joylardan juda ko’plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallami bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollat yasashni ham o’zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishiab chiqarilib
ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.
Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o’ralgan. Devorlaming tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkfom (ark) va shahristonlaming ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari boMgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi
yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud boMgan. Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o’rganilgan bo’lib, fanda Qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma’lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o’rta oqimi, Yettisuv va
88
www.ziyouz.com kutubxonasi

yashovchi xalqlaming So‘g‘diyona, Farg’ona va Tyanshan togMning shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘Iganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.
Milodiy V asr o‘rtaIariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq -aholi 0 ‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftaiitlar davlatiga tobe boMdilar.
Mil. a w . 1 ming yillikiiing so‘nggi choragida 0 ‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-l asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Povon (Da-vun. Farg’ona) davlati haqida maMumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan boMib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan isb yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega boMgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko’rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdoming taqdirini hal etganlar.
Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari – bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shufabashot ( 0 ‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘mida boMgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko’chib yurgan chorvador va ko’chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega boMganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.
Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yoMdan karvon yoMi harakati boshlanadi. Bu yoMdan ipak va boshqa mahsulotlaming xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo boMadi. Savdo yoMida Dovon muhim ahamiyatga ega boMa boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yoMini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.
Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: “0 ‘troq aholi yer haydaydi, g’alla va sholi ekadi, ularda.musaJlas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor”. Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini
89
www.ziyouz.com kutubxonasi

isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o’zlari uchun notanish boMgan beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma’lumot bor:”Xitoy elchisi urug‘ keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi”.
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni boMgan yilqichiiikning yuqori darajada rivojlaoganligi haqida ham maMumotlar beradi. Dovon oMkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma’lum boMishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi shuglullangan. “ Dovonda yaxshi otlar boMib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi boMmaydilar”. Dovonning mashhur “samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Xususan, 0‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlaming tasvirlari bor. Xuddi shunga o’xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat Vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o’zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur boMganligini tasdiqlabgina qolmay, farg’onaliklaming yuksak tasviriy san’at sohiblari boMganligidan ham dalolat beradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv. II asming oxirlarida Xitoy va Dovon o’rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham boMib o’tgan. Bu to’qnashuvlarda dovonliklar o’z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lganlar.
Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg’ona aholisining o’troq dehqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko’tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysida bu davrga oid ko’p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo’rg’onlar, ko’hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilishi sug’orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilik markazlari bo’lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyalga ega bo’ldi.
Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bujarayon o’z navbatida hunarmandchilik va tog’-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
90
www.ziyouz.com kutubxonasi

Himarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo’llaming mavjudligi tufayli Farg’ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog* vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o’zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg’ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hoi natural xo’jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.
Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko’chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma’lumotlariga ko’ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, “Baqtriya va So’g’diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil. aw. П asming ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. aw. 172-16-yillar oralig’ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng O’rta Osiyouing shimoliy hududlarida ko’chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-vnvechii” – ’’Buyuk” void “Katta Yuvechn” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra, yiiyechjilar xunn qabilalaridan mag’lubiyatga uchragach O’rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To*ng‘ich Xan uyi
tarixida ham yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o’z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. aw. 140- 130 yiliar oralig’ida Baqtriyaga bostirib kirganiar. Oradan ko’p o’tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko’l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo’lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumiiardan iborat edi. Xitoy manbalaridain xulosa chiqargan ko’pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga
bo’ladilar.

  1. Mil. aw. 139-125-yillar – Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib
    oladi, ammo ulaming asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 2. Mil. a w . 25 yilga qadar – Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti. Amudaryodan shimol tomonda bo’lib, janubiy cbegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) e d i Yuyechjilar bo’ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi,
    91
    www.ziyouz.com kutubxonasi Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo’lib ular xi-xou (yabg’u) tomonidan boshqarilgan.
  2. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida esiatilgan mulklarning mustaqil bo’1ishi. Kushon (Guyshuan) yabg’usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.
    Kushon davlatining paydo bo’lishi haqida ko*proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatming paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o’tkazilgan xalqaro simpozium,
    1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag’ishlangan bo’lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo’lib o‘,tdi.
    Mil. avv. 1 asrning oxiri-mil. 1 asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklami birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o’z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi ■‘Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “‘Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.
    Tangashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini davlat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va ‘‘o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg’usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar. Ba’zi tadqiqotchilaming fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Genney hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko’ra, Kadfiz I ning Genney tangalariga o’z ismini qo‘yib zarb qilishga sabab, Germey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.
    Tadqiqotlar shuni ko‘rsaladiki, keyinroq Kadfiz I o’z nomini “yobg‘u”dan “shoblar shohi” faxriy unvonigacha ko’tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O’rta Osiyodan (ko’proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan yozuv ko’proq
    92
    www.ziyouz.com kutubxonasi uchraydi. Ko’pctiilik olimiarning Пклспа, bu tangalami Kaauz i zart> etgan.
    Kudzula Kadfizdan so’ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadflz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi. Kadflz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘matadi.
    Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimiik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilaming fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, 0 ‘rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g’aib tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.
    Arxeologik tadqiqotlaming guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina rivojlangan davr edi. Bu davrga kelib 0 ‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo’jaligi yaxshi o‘zlashtirib boMingan edi. Tekisliklarda sug‘orma dchqonchilik bilan birga chorvachilik ham keng rivojlanadi. Bu davrda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda ko’plab sug’orish inshootlari quriladi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zgarishlar sodir boMadi. Samarqand yaqinidagi Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.
    Kushon davriga oid ko‘plab ochilgan ko’hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki ochilgan ko‘hna shaharlardan biri Avritom ko‘hna shahri boMib, u Amudaryoning o‘ng qirg‘ogMda Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda Ayritom ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. Ill asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmuaiari, qabriston, ko‘plab haykallar va baqtriya yozuvi topilgan va o’rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.
    93
    www.ziyouz.com kutubxonasi Bu davrda Afrosivob koMina shahri tu/jlishida ham o‘zgarishlar boMib o‘tadi. Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko‘hna shahar yangitdan devor bilan o’rab olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‘plab lopilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir. Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarish!ar tufayli 4-5 asrlarida ko‘hna shahar inqirozga uchraydi.
    Bu davrga oid yirik koMina shaharlardan biri Dalvarzintenadir. KoMina shahar Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumani hududida joylashgan. Umumiy maydoni 36 gektardan ziyod boMgan bu ko‘hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr boMgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlami ko‘zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa hunarmandiar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan ko’p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va 0 ‘rta Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oidi qismida milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy qarashlar bilan bogMiq boMgan ko‘p sonli topilmalar topilgan. Ko‘hna shaharning markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochiigan. Ushbu ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlaming yirik haykallari, hukmdor va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‘hna shahardan 11 ta xumdon ochiigan boMib, ular bu hududda sopol hunarmandcbiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o‘rniga Kushon davlatining yirik qo‘hna shahri (dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi.
    Termiz shahridan 26 km shimoli-g‘arbda Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna shahar to‘rtburchak shaklda (400×400) boMib mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko‘hna shahar mil. avv. II-l asrlardan milodiy IU-V asrlarga qadar mavjud boMgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar
    hayotining guliab-yashnaganidan dalolat beradi.
    Amudaryoning o‘rig qirg‘og‘i Surxondaryo viloyatining Sho’rob
    qishlog‘i yonida Kampirtepa ko‘hna shahri iovlashgan va bu yodgorlik mil. avv. Hl-milodiy III asrlarga oiddir. Ko‘hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar boMib qal’a va turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi .mustahkam himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shaharning shimoli-g’arbiy qismida
    94
    www.ziyouz.com kutubxonasi 0,5 gektar maydondan o‘nta ko‘mish marosimiga oid inshootlar (nauslar] aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.
    Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termiz shahridan 5 km shimoit- g’arbda Eski Termiz vodgorligi joylashgan. Umumiy maydoni 50© gektardan iborat bu ko‘hna shahar mil. avv. 1V-II1 asrlarda paydo bo‘ladi. Mil. aw. Ul-II asrlarda Yeski Termiz himoya dcvorlari bilan o’ralit markazida yirik qal’a bunyod etiladi. Antik davr manbalarida “Tarmit”, “Tarmita” nomi bilan tilga olingan bu ko‘hna shahar Kushonlar davrige kelib Shimoliy Baqtriyaning ma’muriy va mafkuraviy markaziga aylanadi. Yeski Termiz hududfaridan shu daviga oid Fayoztepa, Qoratepa kabi yirik Budda ibodatxonalari ochib o‘rganilgan.
    Kushon davri yirik ko’hna shaharlaridan yana biri mashtiar yodgorlik Xolchavoa hisoblanadi. Ushbu ko’hna shahar Surxondaryc viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo’lib mil. avv. 1V-1II asrlardan – mil. VII asrga qadar mavjud boMgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon davriga to‘g‘ri keladi. Xolchayondan be davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan bczaklangan. Sathidan esa “podsho Cieray” avlodlariga mansub turli kattalikdagi haykallar topilgan.
    Kushon podsholigi ruhoniylar qoMidagi davlat boMib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan biiga bosh kohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga boMingan boMib, ulaming boshliqfari ma’lum ma’noda 0‘zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta boMgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan boMib, qishloq xo’jaJik ekinlarining juda ko‘f)
    turlari yetishtirilgan.
    Milodiy ill asming birinchi yarmida, ya’ni, Vasudeva va Kanishka
    111 hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi hokimiyatida markazdan qochuvchi kuchlar mavqeyi ortib ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. ikkinchi tomondan esa, ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan tashqari Kushon davlatining janubi-g’arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar. davlati paydo boMadi. Illasming ikkinchi yarmidan boshlab Kwshon davlatining ko‘pgina yerlari Eron Sosoniylari qoMiga o’tadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *