Qaysi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi: 

Ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;

go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport  yordamida yetkazib berilgan bo‘lsa;

tegishli veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;

veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;

oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;

xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;

veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *