QO’ZG’ALISHNING NATRIY-KALIYNASOSIGA TA’SIRI


Kalmarning gigant aksonida har bir harakat potensiali vujudga kelishi membrananing
kvadrat mikron yuzasidan 20000 natriy ionlari ichkariga o‘tishi va shuncha kaliy ionlari
tashqariga chiqishiga olib keladi. Bu miqdor aksondagi ionlar umumiy miqdoriga
nisbatan juda oz. Ammo tabiiy sharoitda nerv tolalariga impulslar chastotasi yuqoriligini
(sekundiga 100-500 impuls) e‘tiborga olsak, davomli ta‘sirlash membrana atrofidagi
ionlar konsentratsiyasidagi farqning yo‘qoloshiga olib kelishi mumkin edi. Tirik
hujayrada bu farq saqlanib qoladi, chunki qo‘zg‘alish natriy-kaliy nasosining faolligini
oshiradi. Nasosning faollanishi protoplazmada natriy miqdori ko‘payishiga bog‘liq.
Nasos ishi jadallashishi natijasida natriy hujayradan tashqariga haydaladi, kaliy esa
ichkariga o‘tkaziladi. Natijada ionlar miqdoridagi membrana atrofidagi farq tiklanadi.
O‘tkazish faol tashilish mexanizmi asosida sodir bo`lgani uchun energiya sarfi oshadi,
makroergik fosfatlar parchalanishi va qayta sintezlanishi tezlashadi, issiqlik ajralishi
ko‘payadi va h.k.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *