QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI

Barcha tirik hujayralar ta‘sirlanuvchanlikka, ya‘ni tashqi yoki ichki muhit
o‘zgarishlariga javoban o‘z faoliyatini o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Ta‘sirlanuvchanlikning yuzaga chiqishi turlicha bolishi mumkin (moddalar almashinuvining va o‘sishning tezlashishi, shira ajralishi, harakatga kelish, elektr impuls ishlab chiqarish va hokazo). Tirik mavjudot faolligini o‘zgartiruvchi omillar ta‘sirlovchilar deyiladi. Tashqi yoki ichki muhitning o‘zgarishlari yetarli kuchga ega bolsa,
yeterlichatez ro‘y bersa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki
organizmning ta‘sirlovchisi bola oladi. Ta‘sirlovchilar yuzaga chiqara oladigan javob reaksiyalari ichida qo‘zg‘aluvchanlik ajralib tyradi. Hujayra qo‘zg‘alishi deganda, aksari uning ta‘sirottga tez va ixtisoslashgan ravishda javob berishi tushuniladi. Qo‘zg‘alish hujayraning harakatga kelishi yoki elektr impuls ishlab chiqarishi yoki shira ajratishidan iborat bolishi mumkin. Bu ixtisoslashgan javob reaksiyalarni
muskul, nerv va bez to‘qimalri hosil qila oladi. Shuning uchun ularni
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar deb atashgan. Qo‘zg‘luvchanlik sezuvchi nerv
tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor (sezuvchi) hujayralarga ham xos.
Qo‘zg‘alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug‘lik va
boshqa omillar ta‘sirlovchilar bolishi mumkin. Muayyan qo‘zg‘aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat ta‘sirlovchilar tafovut qilinadi. Qo‘zg‘aluvchan hujayra faqat adekvat ta‘sirlovchini qabul qilishga moslashgan bolob, uning juda os miqdoriga ham qo‘zg‘alish bilan javob
beradi. Yorug‘lik nuri – fotoretsrptorlar uchun, tovush – eshituv retseptorlari
ucnhun, hidli moddalar – hid bilish retseptorlari uchun adekvat
ta‘sirlovchilardir. Boshqa ta‘sirlovchilar aytib o‘tilgan hujayralar uchun
noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta‘sirotlar ham ixtisoslashgan
hujayralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat
ta‘sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming ( ba‘zida million) barobar ko‘p
(kuchli) bolishi kerak. Qo‘zg‘alishni paydo qilish uchun zarur bolgan
ta‘sirotning eng kam kuchi bo‘sag‘a kuchi deyiladi. Bo‘sag‘adan kam kuchga
ega bolgan ta‘sirotlar qo‘zg‘alishni paydo qila olmaydi. Qo‘zg‘aluvchan hujayralarning ta‘sirotlar bolmagandagi osoyishta holatini mutloq faolsizlik,
deb bolmaydi, chunki ularda modda almashinuvi va boshqa jarayonlar davom etadi. Ba‘zi bir ta‘sirotlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni, masalan, moddalar 14 almashinuvi vao‘sishning sustlashishini, qo‘zg‘aluvchanlikning kamayishini sodir qilishi mumkin. Bular tormozlanish reaksiyalaridir. Tormozlanish jarayoni organizm faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Qo‘zg‘alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar sodir boladi, ularning tuzilmalarida ma‘lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bulardan
elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
―Hayvon elektri‖ haqidagi ta‘limotning shakllanishi L.Galvani, K.Matteuchi,
E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog‘liq. Umuman
XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarni o‘rganish boshlandi. Shu
davrda elektr tokini hosil qilish yollari topildi. Elektrniing tirik to‘qomalarga ta‘sirini o‘rganishda baqaning orqa oyog‘idan tayyorlangan preparat qulay boldi. Elektr manbaniing bu preparatga ta‘sir qilishi muskulni qisqartiradi. Italiyalik
olim L.Galvani atmosfera elektrining ta‘sirini o‘rganishga kirishganida shu preperatdan
foydalangan. U baqaning umurtqa pog‘onasiga birlashgan oyoq preperatni tayyorlab,
umurtqalar orasidan mis ilmoq o‘tkazib, ayvonning temir panjarasiga osib qo‘ygan. Havo
ochiq bolganda ham atmosfera elektri bor bolsa, u muskulga ta‘sir qilib, qisqartiradi,
deb o‘ylagan. Ammo hech qanaqa qisqarish kuzatilmagan. Shamol turib, preperatni
tebratgach, baqa oyog‘ining uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tega boshlagan. Har
gal oyoq uchi temir panjaraga tekkanda, muskul qisqargan. Galvani bu hodisani
quyidagicha tushuntirgan. Baqaning orqa miyasida hosil bolgan ―hayvon elektri‖ o‘tkazgich mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga yetib kelgan va ularning qisqarishiga sabab bolgan. Demak, tirik organizmda ham elektr hosil boladi, degan hulosaga kelgan. Galvanining tajribasi olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uni ko‘p olimlar takrorlab, baqaning orqa miyasini jyoqning muskullariga ikki xil metall (masalan, mis va temir) yordamida ulansa, muskullar qisqarishini ta‘kidlashdi. Bular ichida Volta ham bor edi. U Galvani olgan natijani takrorlagan bolsada,‖hayvon elektri‖
bor degan gapga qo‘shilmadi. Volta muskullarni qisqartirgan tok manbai baqaning orqa
miyasida emas, balki turli metallardan iborat bolgan zanjir ekanliginni birmuncha tajribalar o‘tkazib isbotladi. Bunga javoban Galvani metallardan foydalanmay, yangi tajribalar o‘tkazdi. ―Hayvon elektri‖ borligini isbotlagan bolsa ham, olimlar ko‘proq
Voltaga ishondilar. Galvanini siyosiy sabablar bilan ishdan haydashdi, tajribalar
o‘tkazishdan mahrum bo`lgan Galvani ko‘p o‘tmay vafot etdi.
XIX asrning boshlarida boshqa bir italiyalik olim K.Matteuchi shu davrda kashf
etilgan sezgir galvanometr yordamida hayvon elektrinin bevosita oichab, uning
mavjudligini uzil-kesil isbotladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *