SHARQ MAMLAKATLARIDA O’RTA ASRLAR DAVRIDAGI TIBBIYOT

O’rta asrlarda Sharq mamlakatlari o’zining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida yuksak darajaga yetdi. Yirik shaharlarda bilim markazlari, madrasalar, xonaqohlar barpo etildi. Fan sohasida muhim kashfiyotlar qilindi. Tibbiyot ilmi ham yuksak darajaga ko’tarildi. Shaharlarda kasalxonalar, shifoxonalar, mustaqil dorixonalar, tibbiy maktablar barpo etildi. Mashhur hakimlar yetishib chiqdi.
Sharq mamlakatlarining ko’p shaharlari qadimgi karvon yo’llari bo’yida bunyod etilgan edi. Shuning uchun bu shaharlarda, yo’lda betob bo’lib qolgan yo’Jovchilar uchun dastlab kichik shifoxonalar, keyin esa yirik kasalxonalar barpo etildi. Shunday kasalxonalar qadimgi Bag’dod, Ray, Damashq, Samarqand, Marv, Shosh (Toshkent) shaharlarida ochilgan edi. Bu davrga xos hodisalardan biri, mamlakatlar o’rtasida tez- tez urushlar chiqib turishi va buning natijasida odamlarning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chib yurishIari edi. Buning natijasida ko’pincha bir mamlakatda tarqalgan kasalliklar boshqa mamlakatlarga ham o’tib ketardi. Bu esa o’z navbatida ommaviy kasalliklarga qarshi chora- tadbirlar qilishni taqozo etardi. U vaqtlarda yuqumli kasalliklarni paydo qiluvchi kichik jonzotJar (mikroblar) anig emas edi. Ammo, kasallikning bir kishidan boshqa kishiga yuqushi ma’lum edi. Shunga ko’ra kasallik tarqalmasligining oddiy yo’lini amalga oshira boshladilar. Bu karantin edi. Moxov kasalligiga yo’Jiqqanlar uchun maxsus joylar (moxov qishloqlar) ajratib bemorlarni o’sha yoqqa jO’natardilar.
Tibbiy maktablarda o’qitish ishlari ancha yuqori darajada olib borilgan. Talabalar uchun maxsus darsliklar tuzilgan. O’qish muddati tugagandan so’ng bo’lg’usi hakimlar hamma fanlardan imtihon topshirganiar. Shundan keyin ularga tabiblik guvohnomasini topshirib amaliy tibbiyot bilan shug’ullanishga ruxsat berganlar.
Sharq mamlakatlarida dorishunoslik ilmi ham yaxshi rivojlangan edi. Ayniqsa dorivor Q’simliklarni izlab topish, ularni yig’ish, saqlash va ishlatish yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Ulardan qaynatmalar, damlamalar, tomchi dorilar, surtma dorilar, hablar, kukun dorilar tayyorlardilar.
54

Sharq mamlakatlarida o’rta asrlardayoq hakimlar alohida sohalar bo’yicha ixtisoslashgan edilar. Masalan, tabiblar orasida ichki kasalliklami davolovchilar, jarrohlar, kahhollar (ko’z kasalliklari mutaxassislari), teri kasalliklari mutaxassislari, quloq va tomoq kasalliklari mutaxassislari, rishtani chiqarib oluvchilar va qon oluvchilar bo’lgan.
O’rta asr Sharq tibbiyoti ikki tushunchaga (mizojlar va rutubatlar tushunchasiga) asoslanardi.
Mizoj tushunchasijuda uzoq o’tmishga borib taqaladi. U qadimgi Xitoy va Hind naturfilosoflarining samoviy unsurlar (elementlar) haqidagi ta’limotlari bilan bog’liq. Qadimgi Xitoy va Hind naturfiloso’flari butun borliqning asosini to’rt unsur (element) – yer, suv, havo va olov tashkil etadi, deb tushunganlar. Ulaming fikricha dunyodagi hamma jonli tabiat shu to’rt unsurdan paydo bo’lgan. Shu unsurlaming har birining o’z xususiyati bor. Masalan, yer – quruq, suv – ho’l, havo – sovuq, olov – issiq. Modomiki, dunyodagi har bir jonzotning gavdasi shu unsurlardan tashkil topgan ekan, unda mazkur unsurlaming xususiyatlari – ya’ni issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho’llik bor. Naturfilosoflaming bu fikrini hakimlar tibbiyotga tadbiq etdilar va sog’lik hamda kasallik holatlarini izohlashda ishlatdilar. Ular bunday fikr yuritdilar: Inson organizmini tashkil qiluvchi shu to’rt unsur son va sifat jihatdan barobar bo’lsalar muvozanat saqlanib kishi sog’ qoladi. Agar ulardan biri yoki undan oshig’i ustun kelib qolsa muvozanat buzilib kasallik holati yuzaga keladi. Hakimlar shu unsurlaming xususiyatlarini mizoj deb atadilar. Binobarin, to’rt xii mizoj – issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho’llik mizojlari mavjud. Shunday qilib, mizojlar tushunchasi kelib chiqdi. Mizojlar masalasini o’zbekistonlik mashhur olim Abu Ali ibn Sino mukammal ishlab chiqqan.
Rutubatlar tushunchasini yunon olimlari yaxshi ishlab chiqqanlar. Bu tushuncha haqida yuqorida so’zlab o’tgan edik. Rutubatlar (qon, safro, savdo, flegma) ham mizojlar singari o’zaro mutanosib muvozanatda bo’lsalar kishi sog’ bo’ladi, agar muvozanat buzilsa kasallik kelib chiqadi, deb faraz qilganlar.
Sharq hakimlarining fikricha mizoj keng diapazonga ega. U faqat odamlar organizmiga xos bo’lmay ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga ham tegishlidir. Har bir ovqat mahsulotining va dorining o’z mizoji bo’ladi, deb tushunganlar. Bemorlami davolashda shulaming hammasi hisobga olingan. Agar kasallik issiq mizoj ustun kelib qolganligi natijasida kelib chiqqan, deb faraz qilinsa sovuq mizojli dorilar va sovuq mizojIi ovqatlar berganlar. Ya’ni qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash kerak degan aqidaga amal qilganlar.
Rutubatlarga nisbatan ham shunday fikr yiritganlar. Masalan, kasallik qon ko’payib ketganligi yoki uning sifati buzilganligi sababli kelib
55

chiqqan, degan xulosa chiqarilsa bemorlardan qon olingan, agar safro ko’payib ketgan bo’lsa safroni haydovchi dorilar berganlar va h.k. Sharq tibbiyotida rutubatlar tushunchasi ham juda uzoq davom etdi. U ham mizojlar tushunchasi bilan yonma-yon yashadi. Ammo, rutubatlar tushunchasi ham ilmiy jihatdan isbot etilmadi.
O’rta asr Sharq mamlakatlarida tibbiyot ilmining asosiy prinsiplari ko’p jihatdan umumiy bo’lsa ham, har bir mamlakatning o’z tibbiyoti va uning tarixi bor. Biz quyida ayrim Sharq mamlakatlarining tibbiyoti bilan tanishib chiqamiz.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *