SIRTGA ISHLATILADIGAN ERITMALAR(Solutiones pro usu externo)

Sirtga ishlatiladigan suyuq dorilarga teridagi jarohatlar yoki tana boʻshliqlarini chayish,
yuvish va malham (primochka), hoq‘na (klizma) uchun, shuningdek koʻz, quloq va burunga
tomiziladigan suvli va moyli eritmalar, damlamalar, qaynatmalar hamda suspenziyalar
kiradi.
Sirtga ishlatiladigan suyuq dori shakllarini tayyorlashda koʻproq tozalangan suv (Aqva
purificata), shuningdek organik erituvchilar – etil spirti, gliserin va suyuq moylar ham
ishlatiladi. Shu sababli, moyli va spirtli eritmalarni yozishda dori shakli va dori moddasi
koʻrsatilganidan soʻngra oleosae (moyli), yoki spirituosae (spirtli) belgisi yoziladi, soʻngra
konsentrasiya va eritmaning miqdori koʻrsatiladi.
Malham (primochka) – jarohat yoki patologik oʻzgargan joyga suyuq shakldagi dori
shimdirilgan, dokadan tayyorlangan salfetkani qoʻyishdir.
Peshob xaltasi, peshob yoʻllari, qin va bachadonni dori eritmalari (suyuq dori shakli) bilan
bosim ostida chayish yoki yuvish sprinsevanie deb ataladi.
Siydik yoʻllari, ayniqsa ayollar jinsiy a‘zolarining shilliq qavati hamda yaralarning tashqi
tomoni juda yaxshi shimish xususiyatiga ega, shu sababdan chayish va yuvish uchun
eritmalar tayyorlanganda dori moddalarining terapevtik dozasiga katta ahamiyat berish
kerak. Sirtga ishlatiladigan eritmalarni retseptga yozishda avvalo ta‘sir etuvchi moddaning
zaruriy konsentrasiyasi va eritmaning umumiy miqdorini bilish muhim. Koʻzga tomizish
uchun eritmalar retseptlarda 5 – 10 ml, quloq va burunga tomizish uchun eritmalar 10 – 20
ml, tomoqni chayqash va primochka uchun 50 – 200 ml, chayish va sprinsevanielar uchun
500 – 1000 ml, oshqozonni yuvish va dezinfeksiya uchun 3000-5000 ml miqdorda
buyuriladi. Sirtga ishlatiladigan eritmalar agar oddiy erituvchida tayyorlangan boʻlsa retsept
kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda yoziladi.
Kengaytirilgan usulda retsept yozilganda dastlab barcha ingrediyentlar nomi yoziladi va
miqdori koʻrsatiladi. Dori moddalarining, soʻngra erituvchining nomi qaratqich kelishigi
birlikda, kukun ogʻirligi grammlarda, erituvchi hajmi millilitrlarda yoziladi. Soʻngra Misce.
Da. Signa. – М.D.S. va qoʻllash usuli koʻrsatiladi.
Kengaytirilgan shakldagi retseptda “ad” qismi oʻzbek tilida “gacha” ma‘nosini beradi va
erituvchining miqdorini belgilangan umumiy hajmga yetkazish kerakligini bildiradi.
Misol. 500 мл 2% хлорамин (Chloraminum) eritmasiga retsept yozilsin.
34
Manbaa: @pharma_baza
Rp.: Chloramini 10,0
Aq. purificatae ad 500 ml
M.f. solutio
D.S. Qoʻllarni dezinfeksiyalash uchun.
Qisqartirilgan usulda retsept yozilganda Rp.: dan soʻngra avvalo dori shaklining nomi –
Solutionis (qaratqich kelishigi, birlik sonda), dori moddasi, uning konsentrasiyasi va
eritmaning umumiy hajmi yoziladi. Eritma konsentrasiyasi koʻpincha foiz koʻrinishida,
ba‘zan nisbatlarda, juda kam hollarda ogʻirlik birliklarida ifodalanadi.
Qisaqartirilgan koʻrinishda:
Rp.: Sol. Chloramini 10,0 – 500 ml
D.S. Qoʻllarni dezinfeksiyalash uchun.
Yuqorida berilgan retsept qisqartirilgan foiz koʻrinishda quyidagicha ifodalanadi:
Rp.: Sol. Chloramini 2% – 500 ml
D.S. Qoʻllarni dezinfeksiyalash uchun.
Yoki nisbatlarda:
Rp.: Sol. Chloramini 1:50 – 500 ml
D.S. Qoʻllarni dezinfeksiyalash uchun.
Qisqartirilgan usulda yozilganda erituvchi sifatida suv ishlatilgan boʻlsa u retseptda
koʻrsatilmaydi.
Spirtli eritmalar
Retsept yozishda spirtli eritma boʻlsa dori moddasi va nomi koʻrsatilganidan keyin –
spirituosae (spirtli) ifodasi, soʻngra eritmaning konsentrasiyasi va miqdori, D.S. va signatura
yoziladi.
Rp.: Solutionis Viridis nitentis spirituosae 1 % – 50 ml
D.S. Terining zararlangan joylariga surtish uchun.
Agar eritma aniq konsentrasiyali spirtda tayyorlanishi zarur boʻlsa retsept kengaytirilgan
koʻrinishda yoziladi.
Rp.: belgisidan soʻngra dori vositasining nomi qaratqich kelishigida bosh harflarda va
miqdori grammlarda yoziladi. Keying qatorda – erituvchining nomi qaratqich kelishigida
bosh harflarda, uning konsentrasiyasi va kerakli hajmgacha suyultiriladigan miqdori ml da
koʻrsatiladi. Uchinchi qator – M.D.S. (Aralashtir. Ber. Belgila) va signatura. Dori shaklining
nomi (eritma) koʻrsatilmaydi.
Rp.: Natrii tetraboratis 2,5
Spiritus aethylici 9,5 % ad 10 ml
M.D.S. Jarohat yuzasiga surtish uchun.
35
Manbaa: @pharma_baza
Salisil kislotaning (Acidum salicylicum) 1% 100 ml spirtli eritmasiga retsept yozilsin.
Rp.: Sol. Acidi salicylici spirituosae 1 % 100 ml
D.S. Terining zararlangan joylarini artish uchun.
Quyidagilarga retsept yozing:

  1. Salisil kislotasi (Acidum salicylicum) ning 100 ml 1 % spirtli eritmasi. Terining
    zararlangan sohalariga surtish uchun.
  2. Mentol (Mentholum) ning 50 ml 2 % spirtli eritmasi. Boʻgʻimlarning zararkangan
    sohasiga surtish uchun.
  3. Ergokalsiferol (Ergocalciferolum) ning 5 ml 0,5 % spirtli eritmasi. Kuniga 1 tomchidan 2
    mahal ichish uchun.
  4. Furasilin (Furacilinum) ning 1:1500 konsentrasiyadagi 10 ml spirtli eritmasi. Kuniga 3
    tomchidan 3 mahal quloqqa tomizish uchun.
  5. 500 mg Rezorsin (Resorcinum) ning 70 % etil spirtidagi 25 ml eritmasi. Kuniga 2
    tomchidan 4 mahal quloqqa tomizish uchun.
    Moyli eritmalar – retseptda dori moddasining nomi va dori shakli koʻrsatilganidan
    soʻngra –oleosae (moyli) belgisi, soʻngra eritmaning konsentrasiyasi va miqdori, D.S. va
    signatura yoziladi.
    Rp.: Solutionis Camphorae oleosae 10 % – 100 ml
    D.S. Boʻgʻimlarga surtish uchun.
    Agar eritma muayyan suyuq moyda tayyorlanishi zarur boʻlsa retsept kengaytirilgan
    koʻrinishda yoziladi. Rp.: belgisidan soʻngra, katta harfda, qaratqich kelishigida dori
    moddasining nomi va miqdori grammlarda koʻrsatiladi. Keyingi satrda – qaratqich
    kelishigida, katta harflar bilan erituvchining nomi va uning kerakli hajmgacha miqdori ml da
    yoziladi. Uchinchi qatorda – M.D.S. (Aralashtir. Ber. Belgila) va signatura. Dori shaklining
    nomi (eritma) koʻrsatilmaydi.
    Rp.: Anaesthesini 5,0
    Olei Vaselini ad 50 ml
    M. D.S. Jarohat yuzasiga surtish uchun.
    Burunga tomizish uchun 1% 20 ml Mentol (Mentholum) moyli eritmasiga retsept yozilsin.
    Rp.: Sol. Mentholi oleosae 1% – 20 ml
    D.S. Kuniga 2 mahal 3-4 tomchidan burunga tomizilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  6. Ergokalsiferol (Ergocalciferolum) ning 0,125% 10 ml moyli eritmasiga. Kuniga 2
    tomchidan 2 mahal ichish buyurilsin.
  7. Mentol (Mentolum) ning 15 ml 1 % moyli eritmasiga. 5 tomchidan burunga tomizish
    uchun.
  8. Retinol asetat (Retinoli acetas) ning 10 ml 6,88 % moydagi eritmasi. Kuniga 8 tomchidan
    3 mahal ichish uchun.
  9. Mentol (Mentolum) ning 30 ml shaftoli moyidagi (Oleum Persicorum) 1% eritmasi. 1
    stakan suvga 15 tomchi tomizib bu‘gʻli ingalyasiya qilish uchun.
  10. Borat kislotasi (Acidum boricum) ning 25 ml gliserin (Glycerinum) dagi 10 % eritmasi.
    Dermatitda terining zararlangan joylariga surtish uchun.
    36
    Manbaa: @pharma_baza
    Misol. Kaliy permanganatning 0,02% eritmasi tomoqni 10 marotaba chayish uchun yozilsin.
    Hisob: 1 marta chayish uchun 200 ml eritma kerak boʻlsa, 10 ta chayish uchun 2000 ml zarur
    boʻladi. Shuning uchun konsentrlangan eritma beriladi va bemor oʻzi qaynatilgan suvda
    keraklicha eritib chayqash uchun ishlatadi.
    100 ml – 0,02 x = 200 x 0,02 / 100 = 0,04
    200 ml – x
    10 ta chayqash uchun: 0,04 x 10 = 0,4
    Konsentrlangan eritma yozamiz, bunda har bir dozani, ya‘ni 1 osh qoshiq eritma 1 stakan
    suvda suyultiriladi: 15 ml x 10 = 150 ml
    Rp.: Kalii permanganatis 0,4
    Aquae destillatae 150 ml
    M.f. solutio
    D.S. 1 osh qoshiq eritmani 1 stakan (200 ml) suvda suyultirib, tomoq chayishga
    ishlatilsin.
    Misol. Furasilinning 1:5000 nisbatda suvli eritmasidan 200 ml primochka uchun yozib
    berilsin.
    Rp.: Solutionis Furacilini 1:5000 – 200 ml
    D.S. Primochka uchun.
    Misol. Kaliy permanganatning 1:10000 konsentrasiyadagi eritmasiga 10 ta sprinsevanie
    uchun retsept yozing. 1 ta sprinsevaniega 1 litr eritma buyurilsin.
    Avval, 1 sprinsevanie uchun qancha miqdorda dori kerak boʻlishini aniqlanadi:
    1:10000 yoki 1,0 – 10000 ml
    1,0 – 10000 ml x=1 x 1000/10000 = 0,1
    x – 1000 ml
    Hisob: 1 ta sprinsevanie uchun 0,1
    10 ta sprinsevanie uchun 0,1 x 10 = 1,0 KMnO4
    Konsentrlangan eritma 1 osh qoshiqdan olinib, suyultirib qoʻllanadi. Demak erituvchi
    (distillangan suv) 1 ta sprinsevaniega 15 ml (1 osh qoshiq) 10 ta sprinsevanie uchun 150 ml.
    Rp.: Kalii permanganatis 1,0
    Aquae destillatae 150 ml
    M.f. solutio
    D.S. 1 osh qoshiq eritma 1 litr suvda suyultirib sprinsevanie uchun ishlatilsin.
    OFFISINAL ERITMALAR
    Farmakopeyada sirtga qoʻllash uchun quyidagi offisinal eritmalar keltirilgan:
  • Formaldegid eritmasi (36,5 – 37,5% formaldegid saqlaydi);
  • Vodorod peroksidi eritmasi (taxminan 3% vodorod peroksidi saqlaydi);
    37
    Manbaa: @pharma_baza
    Offisinal eritmalarga retsept yozilganda konsentrasiya koʻrsatilmaydi (eritmaning nomi va
    miqdori koʻrsatiladi, xolos).
    Rp.: Solutionis Formaldehydi 200 ml
    D.S. Xirurgiya boʻlimi uchun.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  1. Vodorod peroksid (Solutio Hydrogenii peroxydi diluta) ning suyultirilgan 50 ml offisinal
    eritmasi. 1 osh qoshiq eritmani yarim stakan suvda eritib chayish uchun.
  2. 25 ml Lugol eritmasi (Solutio Lugoli). Tomoqning shilliq qavatini artish uchun buyurilsin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *