Sog‘liqni saqlash sohasiga qaysi shakllarda davlat-xususiy sheriklikni joriy etiladi? 

Xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;

mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari obyektlari qurish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish;

kam foydalaniladigan yoki rekonstruksiya qilish yoxud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiladigan mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini ijaraga berish;

bino qurish yoki rekonstruksiya qilish, konsessiya asosida jihozlash uchun yer uchastkasi ajratish;

bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ishlamayotgan davlat tibbiyot tashkilotlari binolarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish;

davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida o‘tkazish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *