So’zga oid oltin qoida


Atrofimdagilarni kuzatdim. Hamma bir-biriga o’z so’zini o’tkazishga harakat qilgan,
o’zidan boshqa hammani to’g’rilashga uringan… Avvallari o’zimda ham bu his bo’lardi.
Balki hozir ham “jichcha” bordir, lekin ancha kamaytira oldim deb o’ylayman. Ya’ni
odamlarni so’z bilan o’zgartirgim, odamlarni so’z ila yaxshilikka boshlagim kelardi. Hozir
esa bu ishdan ma’ni yo’qligini, so’z ta’sirning eng yaxshi usuli emasligini tushinib
yetmoqdaman.
So’zga oid bir qoida bor. Qiziq qoida. Qoida aniq bo’lsa-da, ko’pchilik buni bilsa-da,
ammo amalda hamma ham bu qoidadan foydalanavermaydi. Qoida: “Gapirilgani sari,
so’zning qadri tushib boraveradi…”
Do’stingizni yaxshilikka bir marta chaqirasiz. U buni to’g’ri qabul qiladi va sizning
gapingizni ikki qilmaslik uchun ham siz aytganingizni qiladi. Ikkinchi marta yaxshilikka
yana eslatma berasiz. Mayli bu safar ham siz aytgan yo’ldan yuradi. Ammo har bir safar
aytganingizda so’zning ta’siri avvalgisiga nisbatan pastroq bo’lib boraveradi va bu
davomiy bo’lishi so’zning qadrini bora-bora tushib borishiga olib keladi. Oxirgi nuqtada
esa so’zlaringiz do’stingizga umuman ta’sir o’tkazmay qo’yadi.
Bunday misollar sizda ham juda ko’p bo’lsa kerak. Ukangizga til o’rganish muhim
ekanini tushunturasiz. Birinchi gapingizni eshitib kitobni varoqlab ko’radi. Keyingi safar
kitobni ochib vazifalarni qilish kerakligini eslaydi. Undan keyin esa shunchaki
so’zlaringizga e’tibor ham bermaydi. So’z qadri u gapirilgan sari tushib boraveradi.
Xo’sh, unda odamlarni qanday o’zgartirishimiz mumkin? Qanday ularga ta’sir
o’tkazamiz?
Odamlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan