TABLETKA, KAPSULA, DRAJE, KUKUN, KARAMEL VA BOSHQAQATTIQ DORI VOSITALARIGA RETSEPT YO`ZISH.QATTIQ DORI SHAKLLARI

Qattiq dori shakllariga quyidagilar kiradi: tabletkalar, drajelar, kukunlar, kapsulalar,
granulalar, hapdorilar (pilyulalar), karamellar va boshqalar.
TABLETKALAR
Tabletka bosh kelishik birlik sonda – Tabuletta,
tushum kelishigi birlik sonda – Tabulettam;
tushum kelishigi koʻplik sonda – Tabulettas;
joʻnalish kelishigi koʻplik sonda – in tabulettis.
Tabletkalar – dozalarga boʻlingan qattiq dori shakli boʻlib, dori hamda yordamchi
moddalarni kimyo-farmasevtika korxonalarida maxsus avtomatlarda presslash yoʻli bilan
tayyorlanadi. Barcha tabletkalar ofisinaldir.
Tabletkalar ichish uchun (Tabulettae ad usum internum), til tagiga qoʻyish uchun
(Tabulettae sublinguales), sirtga ishlatiladigan eritmalar tayyorlash uchun (Tabulettae ad
usum externum), vaginal (Tabulettae vaginale), toʻgʻri ichakka (Tabulettae rectale), teri
ostiga implantasiya (Tabulettae implantatae) moʻljallangan qattiq dori shaklidir.
Tabletkalarni tayyorlashda yordamchi moddalar sifatida quyidagilar ishlatiladi: shakar
(Saccharum), glyukoza (Glucosum), kraxmal (Amylum), natriy xlorid (Natrii chloridum),
natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas), talk (Talcum), kakao (Kakao), jelatin eritmasi
(Gelatinum), suv (Aqua), spirt (Spiritus) va boshqalar.
Tabletkalar ogʻirligi: 0,1 dan 2,0 gacha boʻlib, oʻrtachasi 0,3 – 0,5 ga teng boʻladi.
Tabletkalar diametri 9 mm dan ortiq boʻlsa ularni 2 ga boʻlishni osonlashtirish uchun
oʻrtasiga chiziq tushiradigan puansonlarda presslanadi. Tabletkalar kukunlarga nisbatan
qator ustunliklarga ega: yutish oson, noxush organoleptik xossalari namoyon boʻlmaydi,
gigienik nuqtai nazardan yaxshi, arzon va uzoq muddat saqlash mumkin.
Ichish uchun moʻljallangan tabletkalar 3 ga boʻlinadi:

  1. Oddiy, oshqozonda eruvchan tabletkalar;
  2. Ichakda eruvchan tabletkalar (oshqozon shirasida barqaror);
  3. Ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar
    Tabletkalarga retsept yozib berilar ekan, ularning zavodda tayyorlanishini esda tutish lozim,
    shuning uchun tabletkalarni tayyorlash, ularning tarkibiga kiradigan yordamchi moddalar
    toʻgʻrisida retseptlarda qanday boʻlmasin yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilmaydi.
    Oddiy tarkibli tabletkalar: bitta ta‘sir etuvchi dori modda saqlaydi. Retsept 2 xil
    koʻrinishda yoziladi;
    a) Rp.: dan soʻngra bosh harf, qaratqich kelishigida dori moddasining nomi, soʻngra bir
    marotabalik dozasi grammlarda yoziladi. Ikkinchi satrda tabletkalar soni koʻrsatiladi –
    D.t.d.N. … in tabulettis (shunday dozalardan … tasini tabletkalarda ber), uchinchi satrda esa
    signatura S. yoziladi.
    48
    Manbaa: @pharma_baza
    Misol. td = 0,03 boʻlgan Dimedrolning 10 ta tabletkasi yozilsin. 1 tabletkadan ichish
    buyurilsin.
    Rp.: Dimedroli 0,03
    D.t.d.N. 10 in tabulettis
    S. 1 tabletkadan ichilsin.
    b) Rp.: dan soʻngra qaratqich kelishigi birlik sonda, bosh harfda dori shaklining nomi
    (Tabulettae) soʻngra qaratqich kelishk bosh harfda dori moddasining nomi va bir
    marotabalik dozasi (grammlarda) yoziladi. Ikkinchi satrda D.t.d.N., ya‘ni tabletkalarning
    soni, uchinchi satrda signatura S. yoziladi.
    Misol.
    Rp.: Tabulettae Dimedroli 0,03
    D.t.d.N. 10
    S.1 tabletkadan ichilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  4. 0,25 mg dan rezerpin (Reserpinum) saqlovchi 50 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal
    buyurilsin.
  5. 250 mg dan geksamidin (Hexamidinum) saqlovchi 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 2
    mahal ovqatdan soʻngra buyurilsin.
  6. 0,5 dan sulfadimezin (Sulfadimezinum) saqlovchi 10 tabletka. 1 yoshli bolaga har 4 soatda
    1/2 tabletkadan ichish uchun buyurilsin.
  7. 300 mg dan barbital-natriy (Barbitalum-natrium) saqlovchi 6 tabletka. Kechasiga 1
    tabletkadan buyurilsin.
    Agar soʻz defis bilan ajratilgan boʻlsa u holda birinchi soʻz kelishikda turlanmaydi.
  8. 250 000 TB dan nistatin (Nystatinum) saqlovchi 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 4
    mahal buyurilsin.
  9. 500 000 TB dan polimiksin M sulfat (Polymyxini M sulfas) saqlovchi 20 tabletka.
    Kuniga 1 tabletkadan 4 mahal buyurilsin.
    Bosh kelishik birlik sonda -as Qaratqich kelishigi birlik sonda -atis
  10. 25 mg dan kortizon asetat (Cortisoni acetas) saqlovchi 20 tabletka. Kuniga 6 mahal 2
    tabletkadan 7 kun mobaynida sutkalik dozani kamaytirib borgan holda ichish buyurilsin.
  11. 20 mg dan orsiprenalin sulfat (Orciprenalini sulfas) saqlovchi 50 tabletka. Kuniga 4
    mahal 1 tabletkadan buyurilsin.
  12. 25 mg dan efedrin gidroxloridi (Ephedrini hydrochloridum) saqlovchi 10 tabletka.
    Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ichishga buyurilsin.
  13. 500 mg dan kaliy orotat (Kalii orotatas) saqlovchi 10 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3
    mahal ishishga buyurilsin.
    49
    Manbaa: @pharma_baza
    Murakkab tarkibli tabletkalar: tarkibida 2 yoki undan ortiq dori moddasi saqlaydi. Rp.:
    dan soʻngra qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, bir marotabalik dozasi
    (grammlarda), ikkinchi satrda bosh harf qaratqich kelishigida navbatdagi dori vositasining
    nomi, bir marotabalik dozasi (grammlarda), songra navbatdagi dori moddasining nomi va
    h.k. Soʻngra D.t.d.N. … in tabulettis (shunday dozalardan … tasini tabletkalarda ber), keyingi
    satrda esa signatura S. yoziladi.
    Misol. Tarkibida 0,3 Paracetamol, 0,03 Kofein va 0,1 Eufillin saqlagan 6 ta tabletkaga retsept
    yozing. 1 tabletkadan ichish tavsiya etilsin.
    1-chi koʻrinishi:
    Rp.: Paracetamoli 0,25
    Coffeini 0,03
    Eufillini 0,1
    D.t.d.N. 10 in tabulettis
    S. 1 tabletkadan ichilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  14. 15 mg dan kodein (Codeinum) va 300 mg dan terpingidrat (Terpini hydratum) saqlovchi
    20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyurilsin.
  15. 0,4 mg dan ibuprofen (Ibuprofenum) va 0,25 mg dan metamyzol natriy (Metamizolum
    natriy) saqlovchi 10 tabletka. 1 tabletkadan bosh ogʻrigʻida buyurilsin.
  16. 30 mg dan kofein (Coffeinum) va 20 mg dan fenobarbital (Phenobarbitalum) saqlovchi 20
    tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal buyurilsin.
  17. 250 mg dan ciprofloxacin gidroxlorid (Siprofloxacinum hydrochloridum) va 200000 TB
    dan nistatin (Nystatinum) saqlovchi 14 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ichish
    buyurilsin.
  18. 240 mg dan asetilsalisil kislotasi (Acidum acetylsalicylicum), 180 mg dan parasetamol
    (Paracetamolum) va 30 mg dan kofein (Coffeinum) saqlovchi 10 tabletka. Bosh ogʻrigʻI va
    isitmada kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyurilsin.
    Tijoriy nomli murakkab tarkibli tabletkalar
    Bir necha dori moddadan iborat boʻlgan tabletkalarning tarkibini retseptda yozish noqulay,
    shu sababli ular maxsus savdo nomi bilan ataladi, masalan, ―Aeron‖ tabletkasi, ―Veradon‖
    tabletkasi va boshqalar.
    Bunday tabletkalar uchun retsept Rp.: dan soʻngra qaratqich kelishigi koʻplik sonda, bosh
    harf bilan Tabulettarum soʻzi, keyin bosh kelishik birlik sonda qoʻshtirnoq ichida
    tabletkaning nomi, soʻng soni yoziladi, biroq dozasi koʻrsatilmaydi, ikkinchi satrda D.S.
    yoziladi.
    Misol. ―Nikoverin‖ tabletkasidan 20 ta yozib bering. 1 tabletkadan ichish buyurilsin.
    Rp.: Tabulettarum ―Nicoverinum‖ N 20
    D.S. 1 tabletkadan ichilsin.
    Tabletkalar tarkibida aktivligi biologik yoʻl bilan aniqlanadigan dori moddalari boʻlsa, bu
    holda ogʻirlik miqdori koʻrsatilmay ta‘sir birliklari (TB) koʻrsatiladi.
    50
    Manbaa: @pharma_baza
    Misol. 100000 TB boʻlgan Fenoksi-metilpenisillindan 20 ta tabletkaga retsept yozib bering. 1
    tabletkadan ichish buyurilsin.
    Rp.: Phenoxymethylpenicillini 100 000 TB
    D.t.d.N. 20 in tabulettis
    S.1 tabletkadan ichilsin.
    Qyuidagilarga retsept yozing:
  19. «Teofedrin» («Theophedrium») 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyurilsin.
  20. «Askofen» («Ascophenum») 10 tabletka. Bosh ogʻriganda 1 tabletkadan ichilsin.
  21. «Kofalgin» («Cofalginum») 10 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyurilsin.
  22. «Papazol» («Papazolum») 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyurilsin.
  23. «Biseptol-480» («Biseptolum-480») 20 tabletka. Kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ichishga
    buyurilsin.
    Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
    Tabletkalarning tashqi koʻrinishini yaxshilash, noxush mazasini bartaraf etish yoki me‘da-
    ichak yoʻllarining ayrim boʻlimlarida erishini ta‘minlash maqsadida usti qobiq bilan
    qoplangan holda ishlab chiqarilishi mumkin (Tabulettae obductae). Buning uchun shakar,
    kakao, boʻyoqlar hamda ovqatga ishlatiladigan lak va boshqalardan foydalaniladi.
    Oshqozonda erimasdan ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar «film-
    tabletkalar* (Film tabulettae) deb nomlanadi. Bunday tabletkalaarni suvda eritish, chaynash
    yoki maydalash mumkin emas. Qobiq tarkibiy qismi retseptda koʻrsatilmaydi.
    Rp.: Tabulettae Tetracyclini obductae 0,25
    D.t.d.N. 20
    S. Ovqatdan keyin 1 tabletkadan kuniga 4 mahal.
    Rp.: Rytmogenat 0,3
    D.t.d.N. 20 in film tabulettis
    S. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  24. 1 200 000 TB dan kliasil (Cliacil) saqlovchi 20 film-tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 4
    mahal ichishga buyurilsin.
  25. 5 mg dan apo-diklo (Apo-diclo) saqlovchi 50 film-tabletka. Kuniga 2 tabletkadan 3 mahal
    ichishga buyurilsin.
  26. 0,1 dan arbidol (Arbidolum) saqlovchi 30 ta qoplangan tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3
    mahal ichishga buyurilsin.
  27. «Antrima» («Antrima») 20 qoplangan tabletkalar. Kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ichishga
    buyurilsin.
  28. «Ferrogard 500» («Ferrogard 500») 30 film tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal
    ichishga buyurilsin.
    Eritmalar tayyorlash uchun tabletkalarga retsept yozganda signaturada kerakli eritma
    tayyorlash uchun koʻrsatma beriladi.
    51
    Manbaa: @pharma_baza
    DRAJELAR (Dragee)
    Draje – dozalarga boʻlingan, ichish uchun moʻljallangan qattiq dori shakli. Drajelar dori
    moddasi va yordamchi moddalarni qand donalariga bir necha marotaba qavat-qavat qilib
    oʻrash (drajelash) yoʻli bilan olinadi. Yordamchi modda sifatida shakar, kraxmal, bugʻdoy
    uni, kakao, shokolad, oziq-ovqat laklari, boʻyoqlari va boshqalar ishlatiladi. Hozirgi paytda
    vitaminlar va ba‘zi bir dori moddalari draje shaklida chiqariladi. Ular sharsimon koʻrinishli,
    silliq har-xil yoqimli rangli yuzaga ega boʻladilar. Drajening ogʻirligi 0,1 dan – 0,5 gacha
    boʻlib, 1,0 dan oshmasligi kerak. Drajelar 30 daqiqada parchalanib ketishi kerak.
    Barcha drajelar ofisinaldir.
    Drajega retsept yozishning faqat bir usuli mavjud. Rp.: belgisidan soʻngra qaratqich kelishigi
    birlik sonda, bosh harfda dori shaklini (Dragee) koʻrsatishdan boshlanib, soʻngra qaratqich
    kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, bir marotabalik dozasi (grammlarda), ikkinchi
    satrda – D.t.d.N. … in tabulettis (shunday dozalardan … tasini drajelarda ber), uchinchi satrda
    esa signatura S. yoziladi.
    Misol. Tarkibida 0,025 aminazin boʻlgan 20 ta drajega retsept yozilsin va 1 ta drajedan ichish
    buyurilsin.
    Rp.: Dragee Aminazini 0,025
    D.t.d.N. 20
    S. 1 ta drajedan ichilsin.
    Misol. Tarkibida 0,05 diazolin boʻlgan 20 ta drajega retsept yozilsin va 1 ta drajedan ichish
    buyurilsin.
    Rp.: Dragee Diazolini 0,05
    D. t. d N. 20
    S. Kuniga 1 drajedan ichilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  29. 25 mg dan diprazin (Diprazinum) saqlovchi 20 draje. Kuniga 1 drajedan 2 mahal
    ichishga buyurilsin.
  30. 0,2 dan ibuprofen (Ibuprofenum) saqlovchi 50 draje. Kuniga 1 drajedan 2 mahal ichishga
    buyurilsin.
  31. 50 mg dan midokalm (Midocalmum) saqlovchi 30 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal
    ichishga buyurilsin.
  32. 4 mg dan bromgeksin (Bromhexinum) saqlovchi 50 draje. Kuniga 2 drajedan 3 mahal
    ichishga buyurilsin.
  33. 100 mg dan diazolin (Diazolinum) saqlovchi 20 draje. Kuniga 1 drajedan 1 mahal
    ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
    Tijoriy nomli murakkab tarkibli drajelar
    Bir necha dori moddadan iborat boʻlgan drajelarning tarkibini retseptda yozish noqulay, shu
    sababli ular maxsus savdo nomi bilan ataladi.
    52
    Manbaa: @pharma_baza
    Bunday drajelar uchun retsept Rp.: dan soʻngra qaratqich kelishigi koʻplik sonda, bosh harf
    bilan Dragee soʻzi, keyin bosh kelishik birlik sonda qoʻshtirnoq ichida drajening nomi,
    soʻngra soni yoziladi, biroq dozasi koʻrsatilmaydi, ikkinchi satrda D.S. yoziladi.
    Rp.: Dragee «Pananginum» N. 50
    D.S. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ichilsin.
    Ba‘zi hollarda dorilar ta‘sirini uzaytirish uchun ularni mikrodraje holida tayyorlanadi, ya‘ni
    dorilar oʻlchami kichik boʻlgan granulalarga aylantirib ustidan himoya pardasi bilan oʻraladi.
    Mikrodrajelar alohida dori shakli sifatida qoʻllanilmaydi, lekin ulardan tabletkalar,
    spansulalar va boshqa dori shaklini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  34. «Eskuzan» («Escuzanum») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqatdan oldin ichishga
    buyurilsin.
  35. «Festal» («Festalum») 60 draje. Kuniga 2 drajedan 3 mahal ovqat paytida ichishga
    buyurilsin.
  36. «Panzinorm-forte» («Panzinorm-forte») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat
    paytida ichishga buyurilsin.
  37. «Meksaza» («Mexasa») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat paytida yoki darrov
    ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
  38. «Ferropleks» («Ferroplex») 100 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat paytida yoki
    darrov ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
    KUKUNLAR (Pulveres)
    Kukun – (poroshok, bosh kelishik birlik sonda – Pulvis, qaratqich kelishik birlik sonda –
    Pulveris) sochiluvchanlik xossasiga ega boʻlgan, sirtga ishlatish yoki ichish uchun
    buyuriladigan qattiq dori shakli.
    Kukunlar dozalarga taqsimlangan (Pulveres divisi) va taqsimlanmagan (Pulveres indivisi),
    shuningdek ofisinal va magistral boʻladi.
    Kukunlar tarkibiga koʻra ikki xil boʻladi.
  39. Oddiy kukunlar – Pulveres simplices – tarkibi bitta dori moddasidan iborat.
  40. Murakkab kukunlar – Pulveres compositi – tarkibi ikkita va undan ortiq dori moddadan
    iborat.
    Kukunlar maydalanish darajasiga koʻra uchga boʻlinadi:
  • yirik (Pulveres grossi),
  • mayda (Pulveres subtiles), va
  • juda mayda kukunlar (Pulveres subtilissimi).
    Kukun shaklida har xil sun‘iy moddalar, mikroorganizmlar mahsulotlari, oʻsimlik va
    hayvonlardan olingan birikmalar qoʻllanishi mumkin.
    Ammo, kukun shaklida gigroskopik (kalsiy xlorid, natriy bromid, kaliy asetat va boshqalar),
    bir-biri bilan aralashganda suyuq yoki nam massa hosil qiladigan (antipirin va xinin kabi),
    53
    Manbaa: @pharma_baza
    oson parchalanuvchi (kumish nitratning organik moddalar bilan aralashmasi) yoki portlovchi
    moddalarni qoʻllash mumkin emas.
    Sirtga ishlatiladigan kukunlar – juda maydalangan koʻrinishda boʻlib, dozalarga
    taqsimlanmagan holda 5,0 dan 100,0 gacha miqdorda, asosan kuchli ta‘sirga ega bolmagan
    va aniq dozalash talab qilinmaydigan kukunlar uchun yozib beriladi.
    Retseptda Rp.: dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi,
    maydalanganlik darajasi va umumiy miqdori yoziladi, ikkinchi satrda D.S. koʻrsatiladi. Agar
    kukun murakkab boʻlsa, M.f. pulvis – aralashtir keyin D.S. yozilib unda ishlatilishi
    koʻrsatiladi. Retseptda dori shakli koʻrsatilmaydi.
  1. Oddiy kukunlar yozishga misol: Streptosidning juda mayda kukunidan jarohat yuzasiga
    sepish uchun 20,0 yozib berilsin.
    Rp.: Pulveris Streptocidi subtilissimi 20,0
    D.S. Jarohat yuzasiga sepish uchun.
  2. Murakkab kukunlar yozishga misol: Tarkibida 250000 TB boʻlgan benzilpenisillinning
    natriyli tuzi va 5,0 etazol saqlagan kukun burunga purkash uchun yozib berilsin.
    Rp.: Benzylpenicillini-natrii 250 000 TB
    Aethazoli 5,0
    M.f. pulvis
    D.S. Burunga purkash uchun.
    Ichish uchun beriladigan kukunlar – retseptlarda dozalarga taqsimlanmagan va dozalarga
    taqsimlangan koʻrinishda yozib beriladi. Ichish uchun dozalarga taqsimlanmagan shaklida
    aniq dozasi ahamiyatga ega boʻlmagan yoki terapevtik dozasi katta boʻlgan moddalar yozib
    berilishi mumkin.
  3. Oddiy taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol: 30,0 magniy oksidi kukuni uchun
    retsept yozing. 1/4 choy qoshigʻidan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin.
    Rp.: Pulveris Magnesii oxydi 30,0
    D.S. 1/4 choy qoshigʻida kuniga 2 mahal ichilsin.
  4. Murakkab, taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol:
    40,0 magniy oksidi va 10,0 choy sodasidan iborat kukun yozing. 1/3 choy qoshigʻida
    kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
    Rp.: Magnesii oxydi 40,0
    Natrii hydrocarbonatis 10,0
    M.f. pulvis
    D.S. 1/3 choy qoshigʻidan kuniga 3 mahal ichilsin.
    Dozalarga taqsimlangan kukunlar bir martalik dozasi alohida qogʻozchalarga oʻralgan holda
    10, 20, 30 marta qabul qilish uchun qogʻoz xaltachaga solib beriladi.
    Retseptda Rp.: dan keyin dori moddaning nomi, miqdori D.t.d.N. dan keyin kukunlar soni va
    S. dan keyin qanday ichish kerakligi yoziladi.
    54
    Manbaa: @pharma_baza
    Dozalarga taqsimlangan kukunlarning ogʻirligi 0,1 dan 1,0 gacha (oʻrtacha 0,3 – 0,6) boʻladi.
  5. Oddiy kukunlarga misollar:
    Asetilsalisil kislotasining (td = 0,5) 10 ta kukuniga retsept yozilsin. 1 ta kukundan ichish
    uchun buyurilsin.
    Rp.: Pulveris Acidi acetylsalicylici 0,5
    D.t.d.N. 10
    S. 1 ta kukundan bosh ogʻriganda ichilsin.
  6. Murakkab kukunlarga misollar:
    Analgin (td = 0,5) va Koffein-natriy benzoati (td = 0,1) dan iborat 10 ta kukunga retsept
    yozilsin. 1 kukundan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin.
    Rp.: Analgini 0,5
    Coffeinum-natrii benzoatis 0,1
    M.f. pulvis
    D.t.d.N. 10
    S. 1 ta kukundan kuniga 2 mahal ichilsin.
    Agar dori moddasining dozasi 0,1 dan kam boʻlsa, uning oʻrtacha ogʻirligini 0,3 – 0,6 ga
    yetkazish uchun yordamchi indifferent moddalar (constituens) qoʻshiladi. Sochmalar uchun
    toʻldiruvchi sifatida oddiy shakar – Saccharus, choy sodasi – Natrii hydrocarbonas va
    boshqalar ishlatiladi.
  7. Dozasi 0,1 dan kam kukunlar:
    Kodein fosfatining (td – 0,025) 12 ta kukuniga retsept yozilsin, 1 ta kukundan kuniga 3
    mahal ichish buyurilsin:
    Rp.: Codeini phosphatis 0,015
    Natrii hydrocarbonatis 0,3
    M.f. pulvis
    D.t.d.N. 12
    S. 1 ta kukundan ichish uchun.
    Tarkibida uchuvchan yoki hidli moddalar boʻlsa, yoki ular gigroskopik boʻlsa kukunlar
    mumlangan (charta cerata) yoki parafinlangan (charta paraffinata) qogʻozga oʻralgan holda
    beriladi. Bu haqda retseptda kerakli koʻrsatma yoziladi.
    Misol.
    Rp.: Camphorae tritae 0,3
    D.t.d.N. 12 in charta cerata
    S. 1 ta kukundan ichilsin.
    KAPSULALAR
    Kapsula bosh kelishik birlik sonda – Capsula,
    joʻnalish kelishigi koʻplik sonda – Capsulis.
    55
    Manbaa: @pharma_baza
    Kapsulalar ichiga dozalangan kukun, granula, xamirsimon, suyuq, ichish uchun
    moʻljallangan dori vositalarini joylashtirish uchun qobiq boʻlib, keyingi vaqtda keng
    qoʻllanilmoqda.
    Kapsulalarga dorilarni joylashtirishdan maqsad, ularnihg noxush hidini, achchiq ta‘mini
    maskirovka qilish, shilliq qavatlarga qitiqlovchi xossasini bartaraf etishdir. Shu bilan birga
    kapsula ichidagi dorilar tashqi ta‘sirotlardan (yorugʻlik, havo, me‘da shirasining kislotali
    muhiti va boshqalar) himoyalanadi. Kapsulalar asosan zavodlarda kraxmal, bugʻdoy uni va
    jelatinadan tayyorlanadi. Kapsulalar yaxshi tashqi koʻrinishga ega boʻlib, ularga har xil shakl
    va yoqimli rang berish mumkin. Ularni yutish oson. Keyingi vaqtlarda biopolimerlardan
    mikrokapsulalar tayyorlanmoqda (5 – 500 mk).
    Kraxmaldan tayyorlangan (Capsulae amylaceaeis oblatae) kapsulalar silindrik shaklda, oq
    rangli, hidsiz, ta‘msiz boʻlib, oblatka deb ham ataladi. Qopqoqchasi bir oz kattaroq boʻladi.
    Unga 0,25 dan 1,0 gacha kukun joylashtirish mumkin. Suvga tekkanda tez yumshaydi, lekin
    parchalanmaydi.
    Jelatin kapsulalar (Capsulae gelatinosae) tayyorlash uchun hayvon yelimining eng yaxshi
    navlari ishlatiladi. Ular choʻzinchoq, tuxumsimon yoki yumaloq shaklda boʻlib har xil
    oʻlchamga ega boʻlishlari, ichiga 0,1 dan 1,5 gacha dori vositasi joylanishi mumkin.
    Jelatin kapsulalari 3 xil boʻladi:
    a) yumshoq yoki elastik – Capsulae gelatinosae molles s. elasticae;
    b) qattiq (spansula ham deyiladi) – Capsulae gelatinosae durae;
    v) qopqoqli – Capsulae gelatinosae operculatae.
    Jelatin kapsulalarni faqat ichakda parchalanishini ta‘minlash uchun ularga formaldegid bugʻi
    yoki etil spirti bilan ishlov beriladi. Ular glyutoid kapsulalar (Сapsulae glutoidales) deb
    ataladi.
    Kapsulalarda beriladigan dori moddalariga retsept yozishda Rp.: dan keyin dori moddaning
    nomi va miqdori, D.t.d.N. dan keyin albatta dori moddasini kapsulada berish kerakligi
    koʻrsatiladi – in Сapsulis gelatinosis (yoki amylaceis) yoziladi va S. da qoʻllanilishi
    koʻrsatiladi.
    Misol. Tarkibida 0,1 dan bromkamfora va 0,05 dan xinidin sulfat boʻlgan 20 ta kukun,
    qopqoqchali jelatin kapsulalarda yozib berilsin. 1 ta kapsuladan ichish belgilansin.
    Rp.: Bromcamphorae 0,1
    Chinidini sulfatis 0,05
    M.f. pulvis
    D.t.d.N. 20 in capsulis gelatinosis
    S. 1 ta kapsuladan ichilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  8. 75 mg dan ambrobene (Ambrobene) saqlovchi 20 retard kapsula. Har kuni ovqatdan
    soʻngra 1 kapsuladan, yetarli miqdordagi iliq suyuqlik bilan ichish buyurilsin.
  9. 20 mg dan ifiral (Ifiral) saqlovchi 30 kapsula. Kuniga 1 kapsuladan 4 mahal ingalyasiya
    uchun buyurilsin.
    56
    Manbaa: @pharma_baza
  10. 0,5 ampisillin (Ampicillin) saqlovchi 20 kapsula. Kuniga 1 kapsuladan 3 mahal ichish
    uchun buyurilsin.
  11. 120 mg dan kardiket (Kardiket) saqlovchi 20 retard kapsula. Kuniga 1 kapsuladan
    ichishga buyurilsin.
  12. 1,0 dan kanakunjut moyi (oleum Ricini) saqlovchi 15 kapsula. Barcha kapsulalarni bir
    marotabada ichish buyurilsin.
  13. 5 mg dan platifillin gidro-tartrat (Plathyphyllini hydrotartras) va 2 mg dan papaverin
    gidroxloridi (Papaverini hydrochloridum) saqlovchi 10 oblatka. Kuniga 1 oblatkadan 3
    mahal ichishga buyurilsin.
  14. 0,5 dan erkak paporotnik (Filix mas) quyuq ekstrakti saqlovchi 12 kapsula. Barcha
    kapsulalarni 30 daqiqia mobaynida och qoringa ichish buyurilsin.
  15. 5000 XB dan retinol asetat (Retinoli acetas) saqlovchi 25 kapsula. Sutkasiga 1 kapsuladan
    ichishga buyurilsin.
  16. 0,2 ml 50 % tokoferol asetatning (Tocopheroli acetas) yogʻdagi eritmasini saqlovchi 30
    kapsula. Kuniga 1 kapsuladan ichish buyurilsin.
  17. 0,1 ml 10 % fitomenadion (Phytomenadionum) yogʻli eritmasini saqlovchi 20 kapsula.
    Kuniga 1 kapsuladan 3 mahal ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
    Murakkab tarkibli tijoriy nomga ega kapsulalar. Murakkab tarkibli kapsulalar, odatda,
    tarkibidagi dori moddalarni birma-bir sanamaslik maqsadida savdo nomlari bilan ataladi.
    Bunday kapsulalarga retsept savdo nomi bilan yuritiladigan murakkab tarkibli tabletkalar
    bilan bir xil tarzda yoziladi. Rp.: belgisidan soʻngra qaratqich kelishigi, koʻplik sonda bosh
    harflar bilan Capsularum soʻzini yozishdan boshlanadi, keyin qoʻshtirnoq ichida, katta
    harflarda dori vositasining nomi va miqdori koʻrsatiladi. Doza koʻrsatilmaydi. Ikkinchi satr
    D. S belgisi bilan boshlanadi va signatura yoziladi.
    Rp.: Capsularum «Madopar-125» N. 20
    D.S. Kuniga 1 kapsuadan 2 mahal ichilsin.
    Quyidagilarga retsept yozing:
  18. 100 kapsula «Klonakom-P» («Klonacom-P»). Kuniga 2 kapsuladan 3 mahal ichishga
    buyurilsin.
  19. 10 kapsula «Kodipront» («Kodipront»). Kuniga 1 kapsuladan 2 mahal ichishga buyurilsin.
  20. 6 kapsula «Kontak» («Contac»). 1 kapsuladan ertalab va kechqurun uyqudan oldin biroz
    miqdordagi suyuqlik bilan ichishga buyurilsin.
  21. 30 kapsula «Layfpak multimineral» («Lifepac multimineral»). Kuniga 1 kapsula ovqatdan
    oldin ichishga buyurilsin.
  22. 50 kapsula «Lipostabil» («Lipostabil»). Kuniga 2 kapsuladan 3 mahal ichishga buyurilsin.
    GRANULALAR
    Granula bosh kelishik birlik sonda – Granulum,
    qaratqich kelishik birlik sonda – Granuli,
    qaratqich kelishik koʻplik sonda – Granulorum
    Qattiq dori moddaning bir xildagi dumaloq, silindrsimon yoki oval shaklidagi mayda
    zarrachalari (bolakchalar yoki donachalar) korinishidagi ichish uchum moʻljallangan qattiq
    57
    Manbaa: @pharma_baza
    dori shaklidir. Granulalar ofisinaldir, oʻlchami 0,2 mm dan 0,3 mm gacha boʻladi. Granulalar
    bir xil rangda boʻlib, 15 daqiqa mobaynida parchalanishlari kerak. Yordamchi moddalar
    sifatida shakar, choy sodasi, kraxmal, glyukoza, talk va boshqalar olinadi. Odatda, yoqimsiz
    hid beradigan, ta‘mi yoqimsiz va mahalliy ta‘sirlantirishga ega boʻlgan dori moddalari
    granulalarda chiqariladi. Granulalar odatda choy qoshiqlar bilan ichish uchun tavsiya etiladi.
    Misol. Natriy paraaminosalisilatning granulasidan 100,0 yozilsin. 1 choy qoshiqdan
    ovqatdan soʻng ichish buyurilsin.
    Rp.: Granulorum Natrii paraaminosalicylatis 100,0
    D.S. 1 choy qoshiqdan ovqatdan keyin ichilsin.
    HAPDORI (PILYULA)
    Hapdori bosh kelishik birlik sonda – Pilula,
    qaratqich kelishik birlik sonda – Pilulae.
    Hapdorilar dozalarga boʻlingan, bir xildagi plastik mahsulotdan tayyorlangan, sharsimon
    shakldagi ichish uchun moʻljallangan qattiq dori shakli boʻlib, ularning ogʻirligi 0,1 dan 0,5
    gacha boʻladi.
    Agar hapdori ogʻirligi 0,5 dan katta boʻlsa bolyus deb ataladi, 0,1 dan kam boʻlsa –
    granulalar deb ataladi.
    Hapdorilar tayyorlash uchun hapdori asosi, koʻpincha organik kukunlar va quyuq ekstraktlar
    ishlatiladi: Extractum et pulvis radicis Glycyrrhizae, Extractum et pulvis radicis Gentianae,
    Extractum et pulvis radicis Taraxaci. Ushbu shakl beruvchi moddalar Massae pilularum deb
    yuritiladi.
    Hozirda hapdorilar tabletka, draje, kapsulalar tomonidan ―siqib chiqarilgan‖ boʻlib, nisbatan
    kam qoʻllaniladi. Hapdorilar dorixonada ex tempore tayyorlanadi. Yordamchi vosita sifatida
    hapdorilar tayyorlashda kraxmal (Amylum), oq tuproq (Bolus Alba), sink oksidi (Zinci
    oxydum), gliserin (Glycerinum) qoʻllaniladi.
    Retseptda 25 – 30 hapdori yoziladi, chunki hapdori tayyorlaydigan uskuna shu miqdorga
    moʻljallangan, shuning uchun ham hapdorilardagi dori moddasining miqdori tayyorlanadigan
    hapdorilar soniga qarab belgilanadi (25 – 30; 50 – 60).
    Misol. Tarkibida 0,001 strixnin nitrati saqlagan 30 ta hapdori yozilsin. 1 hapdoridan ichilsin.
    Hisob: 0,001 x 30 = 0,03
    Rp.: Strychnini nitratis 0,03
    Massae pilularum q.s. (quantum satis – qancha kerak boʻlsa)
    M.f. pilulae N.30
    D.S. 1 ta hapdoridan ichilsin.
    Hozirgi vaqtda qattiq dori shaklida tabletkalar, drajelar, kapsulalar, kukunlar, granulalar va
    hapdorilardan tashqari yangi qattiq dori shakllari qoʻllanilmoqda, jumladan karamellar va
    troshlar.
    KARAMELLAR (Karamel)
    Qattiq dori shakli boʻlib, dori moddasini shakar bilan aralashtirish yoʻli orqali olinadi. Ularni
    tayyorlashda rangi va organoleptik xossalariga ahamiyat berish kerak. Karamellar ogʻiz
    boʻshligʻi va tomoq shilliq qavati kasalliklarida mahalliy ishlatiladi va to soʻrilib ketguncha
    ogʻizda saqlanadi.
    58
    Manbaa: @pharma_baza
    Masalan, zamburugʻlarga va bakteriyalarga qarshi ta‘sirga ega boʻlgan Dekamin preparati
    shunday karamellar shaklida qoʻllaniladi.
    KULCHA DORI yoki TROSHE
    Troshe (bosh kelishik birlik sonda – Trochiscius, qaratqich kelishik birlik sonda – Trochisci)
    yassi shaklda zich xususiyatga ega boʻlgan qattiq dori shakli. Ular qand va shilimshiq bilan
    dori moddasini aralashtirish yoʻli bilan olinadi. Ular ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati
    kasalliklarida ishlatiladi. Gohida ovqat hazm qilish yoʻllari kasalliklarida ham ichishga
    tavsiya etiladi.
    YANGI DORI SHAKLLARI
    Koʻz plyonkalari va aerozollar. Koʻz plyonkalari bosh kelishik koʻplik sonda –
    Membranulae ophthalmicae, s. Lamellae, oʻrin payt kelishigi koʻplik sonda – Membranulas
    ophthalmicas, s. Lamellas.
    Koʻz plyonkalari koʻz suyuqligi (yoshida) eriydigan va tarkibida ma‘lum dori miqdori
    boʻlgan, oʻlchami 9 x 4,5 va 0,35 mm ga teng steril polimorf plyonkalar hisoblanadi. Koʻz
    tomchilariga nisbatan afzalligi quyidagicha: dori uzoqroq saqlanadi, sterilligi saqlanadi va
    mustahkamdir.
    Misol. Tarkibida pilokarpin gidroxloridi boʻlgan 30 ta koʻz plyonkasi yozilsin. 1 plyonkadan
    pastki qovoq ostiga sutkasiga 1 mahal qoʻyish buyurilsin.
    Rp.: Membranulas ophthalmicas cum
    Pilocarpini hydrochlorido N.30
    D.S. Pastki qovoq ostiga 1 plyonkadan har kuni qoʻyilsin.
    Retseptura boʻyicha topshiriqlar bajarish – retsept yozish:
  23. Аnalgin (Analginum) 5 dg dan kukunda;
  24. Рapaverin gidroxlorid (Papaverinum gidrochloridum) md 2 sg va temisal td 3 dg dan
    kukunda;
  25. Тoza kodein (Codeinum) md 5 sg dan tabletka va kukunda;
  26. Nitrogliserin (Nitroglycerinum) 5 dmg dan tabletkada;
  27. Riboflavin (Riboflavinum) 2 mg dan drajeda;
  28. Levomisetin (Laevomicetinum) 5 sg dan kapsulada.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *