TA’SIROTNING BO’SAG’A KUCHI, REOBAZA VA XRONAKSIYA

TA’SIROTNING BO’SAG’A KUCHI, REOBAZA VA XRONAKSIYA
Membrana potensialini kritik darajaga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bolgan ta‘sirot kuchi ta‘sirot bo‘sag‘asi deyiladi. Bo‘sag‘a miqdoridan kuchsizroq bolgan ta‘sir
bo‘sag‘adan past, bo‘sag‘a miqdoridan kuchliroq bolgan rag‘batlar esa bo‘sag‘adan yuqori ta‘sirlovchi deb ataladi. Bo‘sag‘aning mutloq miqdori qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning xossalariga va fiziologik holatiga, ta‘sirot berish usuliga bog‘liq. Ta‘sirot bo‘sag‘a kuchiga ega bolsada, juda qisqa vaqt ta‘sir etsa, qo‘zg‘alish ro‘q bermaydi.
Demak, qo‘zg‘alish vujudga keltiradigan ta‘sirot, birinchidan, eng kam (bo‘sag‘a)
kuchga ega bolishi kerak, ikkinchidan, u ma‘lum qqisqa vaqt davomida ta‘sir etishi zarur. Elektr tokining qo‘zg‘alish paydo qiladigan eng kam kuchi reobaza deyiladi. Bir reobazaga teng elektr toki bilan ta‘sirlab, harakat potensiali olish uchun zarur bolgan
eng kam vaqt foydali vaqt, deb ataladi. Bo‘sag‘a kuchi bilan ta‘sirlash vaqtida foydali
vaqtdan ko‘paytirish paydo bolgan qo‘zg‘alishni miqdoriga ta‘sir qilmaydi – demak vaqtni uzaytirish befoyda. Ma‘lum chegarada tokni kuchaytirish vaqtning qisqarishiga olib keladi. Amalda foydali vaqtni aniqlash qiyin, chunki reobaza miqdori membrenaning faoliy holatiga bog‘liq holda o‘z-o‘zidan o‘zgarib turadi. Shu sababdan, boshqa shartli miqdorni – xronaksiyani aniqlash rasm bolgan. Xronaksiya – ikki reobazaga teng elektr
toki bilan to‘qimaga ta‘sir etib, uni qo‘zg‘atish uchun sarflangan eng kam vaqtni
bildiradi.
―Bor yoki yo‘q qonuni‖. Bo‘sag‘adan past ta‘sirotlar uzoq vaqt davom etsa ham
qo‘zg‘alishga sabab bola olmaydi (samara yo‘q); bo‘sag‘a kuchiga ega bolgan ta‘sirot
esa eng katta miqdordagi qo‘zg‘alishni vujudga keltiradi (samara bor). Bu qonun yakka
nerv yoki muskul tolalarida mikroelektrodlar yordamida potensiallar qayd qilinganida
yaqqol ko‘rinadi. Shuni esda tutish kerakki, ―Yo‘q‖, yani bo‘sag‘adan past kuchga ega
bolgan stimul ham membranada ma‘lum o‘zgarishlarni, masalan, lokal javobni sodir qiladi. ―Bor‖ning miqdori ham o‘zgarmas emas - qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning faoliy holatiga qarab u ma‘lum chegarada oshib yoki kamayib turadi. LABILLIK To‘qimalar qo‘zg‘aluvchanligini baholashda ta‘sirot bo‘sag‘asi, foydali vaqt, xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ishlatiladi. Bu tushunchani ifodalagan N.Ye.Vvedenskiy labillik yoki funksional harakatchanlik deganda ―… mazkur apparatning fiziologilk faoliyatiga hamroh boladigan oddiy reaksiyalarning ozmi-
ko‘pmi tezligi‖ni tushungan. Olimning tasavvuriga ko‘ra, qozg‘aluvchanlik to‘qimaga
tez-tez ketma-ket beriladigan ta‘sirotlar tufayli shu to‘qima 1 sekundda qancha ko‘p
harakat potensialini yuzaga chiqara olsa, o‘shancha harakat potensialining miqdori
labillik oichovi hisoblanadi. Ixtiyoriy harakatlarni vujudga keltiruvchi harakatlantiruvchi
nerv tolalaridan o‘tdigan impulslar soni bir sekundda 50 tadan oshmaydi. Sezuvchi nnerv
tolalari o‘tkazishi mumkin bolgan impulslar soni 1 sekundda 1000 tadan ortiq. Demak, sezuvchi tolalarning labilligi harakatlantiruvchi tolalarnikiga nisbatan anchagina yuqori. 22 To‘qimalarning labilligi ularning faoliy holatiga qarab o‘zgarib turadi. Uning oshishi yoki kamayishi ham membrananing ionlar uchunn o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga va bu o‘zgarishlar natijasida taraqqiy etadigan refrakterlikka bog‘liq. REFRAKTERLIK Qo‘zg‘alish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, mahalliy javob vaqtida nerv tolasining qo‘zg‘aluvchanligi biroz oshadi. Harakat potensiali cho‘qqiga ko‘tarilganida tola qo‘zg‘aluvchanligi mutloq yo‘qoladi. Repolyarizatsiya boshlanishi bilan, qo‘zg‘aluvchanlik asta sekin tiklanadi. Membrana qo‘zg‘aluvchanligi umuman yo‘qolgan vaqt mutloq refrakterlik davri, deb atalgan. Bu holatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli toia inaktivatsiyalangani, kaliy uchun membrana q‘tkazuvchanligi oshgani sabab boladi. Repolyarizatsiya natriy
kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy oqimining sekinlashishiga olib keladi.
Natijada qo‘zg‘aluvchanlik sekin tiklanadi. Bu vaqqtni refrakterlikning nisbiy davri
deymiz.
Nerv tolalarida mutloq refrakterlik davrining davomiyligi 1 ms dan kam, nisbiy
refrakterlik esa 5-10 ms davom etishi mumkin. Odamning yurak muskuli tolalari olinsa,
bu fazalarning davomiyligi 270 ms (mutloq refrakterlik) va 30 ms (nisbiy refrakterlik)
tashkil qiladi. Juda qisqa mutloq refrakterlikka ega bolgan nerv tolasi 1 sekundda 1000 ta harakat potensialini vujudga keltirishi mumkin, yurak muskuli esa shu vaqt davomida faqat 3-4 marta qo‘zg;alish qobiliyatiga ega. Demak, nerv tolasining labilligi yurak miskulinikiga nisbbatan 250-300 marta yuqori. Nerv yoki muskul tolalarining qo‘zg‘alishi iz potensiali bilan tugasa, bu davrda ham qo‘zg‘aluvchanlik o‘zgaradi. Iz depolyarizatsiyalanish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlik odatdagidan biroz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida esa biroz past boladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *