Tayanch xarakat apparati. Sklet va muskul tuzilishi va vazifalari.

Harakat barcha tirik mavjudotlar, jumladan odamning hayotida ham muhum ahamiyatga ega. Hayvonlarni o ̳simliklardan ajratib turadigan asosiy belgi fazoda faol harakatlanishdir. Harakat hayvonni atrofdagi tashqi muhitga moslashtiruvchi asosiy reaksiyalardan bo ̳lib, harakat apparati ishtirokida yuzaga chiqadi.
Odamning skeleti 200 dan ortiq skeletdan tashkil topgan, shulardan 95 tasi juft suyaklar, qolgani toq. Skelet og ̳irligi 5 – 6 kg ga keladi va erkaklarda umumiy gavda og ̳irligining 10%, ayollarda esa 8,5% tashkil etadi.
Mushaklar (musculi) odam harakat apparatining aktiv qismidir. Suyaklar, boylamlar, fastsiyalar uning passiv qismini tashkil qiladi.
Gavdamizning skelet mushaklarining hammasi: bosh, tana va qo ̳l – oyoqlarning mushaklari ko ̳ndalang, targ ̳il mushak to ̳qimasidan tashkil topgan. Ko ̳ndalang targ ̳il mushaklarning qisqarishi bizning ihtiyorimizga, bizning ongimizga bog ̳liq, shu munosabat bilan bunday mushaklar ihtiyoriy muskulatura deb ataladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *