Temuriylar hukmronligi (1405-1506-yy.) davrida ilm-fan va madaniy hayot

Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, o’zaro kurashlar mamlakat ichki hayotiga salbiy ta’sir o’tkazgan bo’lsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo (Jlug‘bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-
www.ziyouz.com kutubxonasi
233

1469) davrlarida iehki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga e’tibor tufayli iimu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.
Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me’morlar, bastakoru-naqqoshiar guruhlari to’plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o’ziga xos madaniy markazlar rolini o’ynay boshlaydi. Tarixda ma’rifatparvar va oqilligi bilan nom chiqargan Shohruh (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, madaniyat, an’analari qayla jonlana boshlagan edi. Shahar qayta qurila boshlandi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning o’g‘li Boysunqur tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bo’lib qoldi. Bu yerda o’z davrining eng sara kitoblari qayta ko’chirilar, sotib olinar va sotilar edi. Bu paytda hukmdor va amaidorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, hattotlik san’ati, ayniqsa, o’z rivojini maromiga yetkazdi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham o’z
faoliyatini shu yerdan boshlagan edi.
Hirotlik va xurosonlik ko’plab badavlat zodagonlar, savdogarlar
ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh davrida yashagan taniqli zodagon Hoji Arslon tarxon o’zining ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi. Lekin, har holda hukmdorlar ichida ilm-fan, ma’rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs – bu o’zi ham buyuk olim bo’lgan Mirzo Ulug’bek hisoblanadi.
Mirzo Ulug‘bek uning zamondoshlari, muarrixtarning xabar berishlaricha sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy asarlaridan xabardor bo’lgan. Ulug’bek zamondoshi GMyosiddin Koshiyning yozishiga ko’ra, Mirzo Ulug‘bek o’ta zukko va juda ilmli shaxs bo’lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson bo’lgan. Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib bordi. U Movaraunnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqandda, 1433- yillarda GMjduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik
ishlariga bosh-qosh bo’lib, Go’ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualarini oxiriga yetkazadi. Marvda ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi. Hadisi sharifdagi “Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan iborasi Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o’yib yozdirib qo’yiladi. Xususan, u
234
www.ziyouz.com kutubxonasi

Samarqandga o’z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan.
Uning sa’yi-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olim lari Samarqandga yig’ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o’z zamonasining “Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Muhammad Hafoviylar va boshqa taniqli zotlar ham bor edi.
1420-vil Samarqand madrasasi ochilganda, unda 100 dan ziyod talaba o’qigan, madrasada 50 tadan ko’proq talabalar uchun maxsus hujralar mavjud bo’lgan. Zayniddin Vosifiyning yozishtcha, 1420-yil Samarqand madrasasi ochilganida unda 90 tadan oshiq olim qatnashgan. Ilk ma’ruzani Mavlono Hafoviy o’qigan vaqtida, uni faqat ikki kishi -Mirzo IJlug’bek va Qozizoda Rumiy tushungan xolos. Keyinchalik o’z zamonining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo’ja Axror va boshqalar ham Samarqand madrasalarida tahsil olganlar.
Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha boshqa madrasalar ham bo’lib (Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) u yerlarda ham salohiyatli olimlar dars berishar edi. 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida Mirzo Ulug‘bek rasadxona qurdiradi. Rasadxona o’sha davming noyob inshootlaridan bo’lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m.dan iborat 3 qavatli bino bo’lgan. Binoning ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus tekshirish xonalaridan iborat bo’lib, u yerlarda maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan.
Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezaigan bo’lib, xalq ichida shuning uchun “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi. Samoni kuzatish va o’rganish borasida G’iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o’lchov asbobi-ulkan sekstant o’rnatildi. Bu sekstant, o’z navbatida, Sharqdagi eng katta astronomik asbob o’lchovi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturiobiy, Abu Mahmud Xo’jandiy, usta Ibrohim) qo’li bilan ko’plab zaruriy astronomik o’lchov asboblari ham yasaldi va o’rnatildi. Rasadxona qoshida, shuningdek,
15.000 jilddan iborat boy kutubxona ham bo’lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorboglar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug’bek Samarqandda o’ziga xos astronomiya maktabini varatdi. Rasadxonada Ulug’bek bilan bir qatorda o’z zamonasining mashhur mateinatigi va astronomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‘iyosiddm Jamshid Koshiy, Ulug’bekning shogirdi o’z davrining “Ptolemey”i nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
235

(Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Rasadxonadagi tadqiqotlar natijasida 1018 ta yulduzning o’rni va hoiati (koordinatlari) aniqlanib, astronomik jadvali tuzildi. O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq o’lkalari bo’ylab joylashgan 683 geografik punktlaming Samarqand kenglik koordinatlari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug’bek maktabi yaratgan-uning darajali algebrali tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan.
Shu jihatdan buyuk olimning “Ziji jadidi Ko’ragoiiiy” (Ko’ragoniyning yangi astronomik. jadvali) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437-yil yozib tugatilgaa bo’lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi nalijalarni kiritib borgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, unda keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o’rni berilgan. Undan tashqari Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To’rt ulus tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag1ishlangan beshta risolasi.ham mavjuddir. Ulug’bekning o’ta salohiyatli olim bo’lganligini uning zamondoshlari Ci’iyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy,
Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Jumladan, o’zbek adabiyotining asoschisi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501)bu xususda:
Temurxon naslidin Sulton Ulug‘bek
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek, deb unga o’z ta’rifini bergan edi.
Ulug’bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyondasi o’zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug’bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko’plab taniqli olim va shoirlari, fuzaloi-ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug’bek davrida o’ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo’ldi. XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining muallifi llofizi Abro’, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki dengizning qo’shilishi va ikki saodatli yulduzning balqishi) -asarining
muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” (Jannat bog1lari) asarining muallifi Mirxond, “Habib us siyar” (Do’stga maktub) va boshqa qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug’bek yaratgan madaniy sharoitda o’sib ulg‘aydilar. Ulug‘bek davridaai madaniy markaz, keyinchalik
236
www.ziyouz.com kutubxonasi

“Ulug‘bek. akademiyasi” nomini olib, dastavval mashhur transuz yozuvchisi va olimi Voller (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1010-yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so’ng, \Hug’bek akademiyasi O’rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yu/aga keldi.
Mustaqillik tufayli buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning bizga qoidirib ketgan merosi haqiqiy jihatdan o’rganila boshlandi. 1994 yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavallud to’yi respublikamizda va jahonda keng nishonlandi. Qator ko’cha, tuman, shahar va inshootlarga Ulug‘bekning faxriy nomi berildi. Jumladan, Prezidentimiz farmoni bilan 1995 yili sobiq ToshDU, hozirgi O’zbekiston Miiliv Universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berildi.
Ulug‘bekning vafotidan so’ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan, uning poytaxti Hirotga ko’chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Bovqaro) (1469-1506) va ayniqsa, buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda beqiyos bo’ldi. Ma’rifatli hukmdor bo’imish Sulton Husayn (Boyqaro) butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o’zi ‘’Husayniy” taxallusi ostida g‘aza!lar yozgan. Bizning kunlargacha uning
she’riy “Devon’”! va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan.
Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq nihoyatda zakovatli va zehnli bola bo’lgan. Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o’zbek shoiri Lutfiy o’z vaqtida katta baho bergan edi. Yoshligidanoq u temuriy shahzoda Sulton Husayn bilan do’st bo’lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida btrga bo’lganlar, Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko’radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo’ladi va u yerda ikki yilcha turib, o’z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469-yili Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkandan so’ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik, so’ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko’rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy o’zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) maralakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o’rnatishga harakat qiladi. Uning hatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi. Suv
chiqarilib, ko’pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga shaxsan o’zi homiylik ко’rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va
237
www.ziyouz.com kutubxonasi

iitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari bir oz sovugan bo’lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo’lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to’n kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasiigini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o’zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo’ladi. Hirotdagi Inji! daryosi bo’yida uning qurilish ishlari uchun maxsus cr ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya’’ majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug’orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o’ylagan
Navoiy o’z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. Odamiy dersang demagtl odamiy,
Onikim yo’q xalq g‘amidin g‘ami,
deb, o’z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko’prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo’lgan vata’mirlanishgamuhtoj masjid, minora, rabot va boshqalami ta’miretib o ‘z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’m ir etgan Hirotdagi Jome” masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go’zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyondasi “Sharq Rafayli’’ nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan – Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan-Husayn Uddiy,
shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond,, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o’zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda 1483-1485-yillarda beshta dostondan iborat “Xamsa” asarini yozdi. Navoiy o’z ona tili ko’rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon etdi:
Tortib turk nazmida alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam,
degan edi shoirning o’zi. Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlar mavjuddir. Ular “Xazoyinul maoniy,!, “Lison ut tayr”, ‘‘Mahbub ul qulub’\ “Majolisun nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mezonul avzon” va boshqalardir. Bular o’z ichiga tarixiy, falsafiy, ahloqiv mezonlarni olib, ularda insoniya^a xos bo’kan barcha ijobiy
238
www.ziyouz.com kutubxonasi

liislailar ulug’lanadi. Navoiy o’z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o’sgan yeriga nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi.
Navoiyning o’zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk ramzdir. Ulug‘ shoirning o’lmas merosini o’rganish mustaqillik yillarida o’zining haqiqiy darajasiga chiqdi. Adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimi/.ning buyuk mukofoti ramzida Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O’lkamizda Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo’qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko’ra, 1991 yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko’tardi.
XV asrning zabardast o’zbek shoirtari ichida, shuningdek Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalaming ham nomlari ma’lum va mashhur bo’lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo’y shoir Lutfiy (1366-1465) bo’lgan. Uning o’z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo’lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro’ii” va g’azallar devoni yetib kelgan xolos.
Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili vafot etgan) Temur tarixiga bag1ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so’ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafamoma” asari yaratildi. Fors-tojik adabiyotida, ayniqsa, mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do’sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo’ldi. Jomiy va Navoiyning do’stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo’lib qoldi.
1499-yildan boshlab O ‘rta Osiyoga o ‘z yurishlarini boshlagan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va noittifoqlikdan foydalanib, Movaraunnahrga nisbatan istilochilik harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, shu vaqtdagi yagona movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega bo’lgan, keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobuming (1483-1530) sa’yi-harakatlari ham o’zining tcgishli natijasini bermadi. 1505-1506 yillarga kelib Shayboniyxon Xorazm va Movaraunnahrni to’liq egallaydi. Shayboniyxonga qarshi kurashish uchun yo’lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Husayn (1469- 1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Husaynning vorislari o’rtasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o’tadi. Qulay vaziyatdan foydalangan Shayboniyxon 1507-yili shahzodalami tor-mor
239
www.ziyouz.com kutubxonasi

etib, qattiq janglardan so’ng poytaxt Hirot va butun Xurosonni o’z qo’li ostiga oladi.
Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar saltanati o’z nihoyasiga yctadi. Temuriylaming oxirgi zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 1525-yilgi Panipal jangidan so’ng shimoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo’ladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik qilib, ko’p holda temuriylaming shon-shuhratini bu yerda tiklashga
muvaffaq bo’Iadilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *