Tibbiyot tarixi fani boshqa tibbiy bilimlar qatorida alohida o’rin tutadi. U tibbiyontni kengroq va chuqurroq o’rganadi. Tibbiyotning taraqqiyotqonunlarini ochadi.


Bo’lajak hakim (vrach)lar uchun tibbiyot tarixi fanini bilish muhim
ahamiyatga ega. Tibbiyot tarixi fani tibbiyotning mohiyatini to’g’ri tushunish va uning rivojlanish qonunlarini o’rganishda talabalarga dastur bo’lib xizmat qiladi. Ularning bilim darajasi va saviyasini yuksaltiradi. Talabalar tibbiyot tarixini o’rganib, insoniyat jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida yashagan tib olimlarining tibbiyot haqidagi fikr va mulohazalari bilan tanishadilar. Bu fikr va mulohazalar har bir davrda o’ziga xos tushuncha va g’oyaga ega bo’lgan. Umuman tibbiyot tarixi fani talabalarning kasbiy-e~~tik va ma’rifiy-ma’naviy jihatdan chuqur bilimli mutaxassislar bo’lIbYetishishlarida katta rol o’ynaydi.
TIBBIYOT TARIXI FANI
Tibbiyot tarixi fani tibbiyotning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog’liq ravishda o’rganadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot tibbiyotning rivojlanish darajasini belgilaydi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlarning hayoti asta-sekin rivojlangan edi. Shunga muYofiq o’sha davrdagi tibbiyot ham
juda past darajada rivojlangan. Odamlar yashash uchun hech narsa ishlab chiqarmay, tabiatdagi mavjud yemishlarni iste’mol qilib kun kechirganlar. Shuningdek, ular tibbiyot sohasida ham hech narsa kashf etmay, tabiatdagi mavjud shifobaxsh o’simliklardan foydalanganlar.
Keyingi davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning taraqqiyoti bilan birgalikda tibbiyot ham rivojlanib bordi. Tibbiyotning rivojlanishida boshqa fanlar, xususan, tabiiy-biologik bilimlar ham muhim rol o’ynadi. Masalan, botanika fani yangi-yangi shifobaxsh o’simliklarni kashf etib,
3

farmakologiya fanini boyitdi. Biologiya, mikrobiologiya, parazitologiya fanlari kasalliklar sabablarini aniqlash imkoniyatini berdi.
Tibbiyotning rivojlanishida texnikaviy fanlar ham muhim rol o’ynadilar. Masalan, mikroskopning kashf etilishi yangi dunyoni – mikroorganizmlar dunyosini ochdi. Rentgen nurlarining kashf etilishi tashxis usulini takomillashtirdi. Bu misollar shuni kO’rsatadiki, tibbiyotning rivojlanishi haqiqatan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning deyarli barcha sohalari bilan bog’liq va ular bilan birga rivojlanadi.
Tibbiyot tarixi fani umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi. Umumiy tibbiyot tarixi tibbiyotni bir butun, to’laligicha o’rganadi, uning taraqqiyot qonunlarini ochadi, insoniyat jamiyati taraqqiyotining har bir bosqichida tibbiyotning rivojlanish darajasini belgilaydi.
Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganadi.
Umumiy tibbiyot tarixi bilan xususiy tibbiyot tarOO o’rtasida ma’lum farq mavjud. Shu bilan birga ular bir-birlari bilan bog’liqdirlar. Umumiy va xususiy tibbiyot tarixi birlashib tibbiy:-tacWy bilimni tashkil etadi. Umumiy tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Xususiy tibbiyot tarixi esa har bir tibbiy fanning kirish qismida bayon etiladi. Masalan, talabalarga anatomiya fanidan dars berishda dastlab bu fanning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi bayon etiladi va h.k.
TIBBIYOT TARIXINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
Tibbiyot tarixi XIX asrda alohida fan sifatida shakllandL Lekin, tibbiyot tarixiga oid dastlabki asarlar ancha ilgari yozila boshlagan. Masalan, ,*”Qippokrat to’plami”, deb atalgan mashhur kitobga kiritilgan “Qadimgi tibbiyot haqida” nomli maqola tibbiyot tarixiga oid birinchi asar deb taxmin qilinadLBu asami Gippokratning o’zi yozgan.AsardaGippokrat tibbiyot masalalarida, o’tmishdagi har xil fikrlarga sharh beradi. Sharq mamlakatlarida tibbiyot tarixiga oid birinchi asarlar O’rta asrlarda paydo bo’ldi. Bu sohada bir qancha olimlar ijod qildilar. Tibbiyot tarOO sohasida barakali ijod qilgan olimlardan Abu! Hasan a!-Bayj),aQiy, Ib.n ~!J_,!-.U_s.ayQia, Ab-4 aalgjQnJll-::H.~Ji-IDln kabi mualliflami ko’rsatish mumkin. Bu mualliflaming asarlarida qadimgi zamonlarda yashagan mashhur hakimiaming hayoti va ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Masalan, biz Qll as.adarda. Abu Bakr ar-
~y, Abu Ali ibn Sino, S~arafutdil!i£~A~~l1~h·i~Y:”·N..ali~ilgdin Samarqa~iy, I~.I!1gjLl~niy kabi mashhur hakimlar haqida·ancha
tQlliq ma’lumotlar topamiZ:–
‘.
. ..
‘4

Tibbiyot tarixiga oid maxsus yozilgan asarlar XVIII-XIX asrlarda paydo boOla boshladi. Bu vaqtga kelib ayrim olimlar tibbiyot tarixi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu sohada Germaniyada K.8.pringel, V.R.Vunderlix, G.Pushman, Yu.Pagel, A.Girsh, Fransiyada E.Littre, Sh.Darambir, Rossiyada F.G.Politkovskiy, Ya.M.Govarov, S.G.Kovner, R.Rixter shug’ullandilar. R.Rixter “Rossiya tibbiyoti tarixi” nomli…!:!£h. jildlik !itob yozdi. Shunday qilib, tibblyot-fiiciXrasta~sekin maxsus fan sifatida shakllana bordi. 1835-yildan boshlab, dorilfununlarning tibbiyot fakultetlarida tibbiyot tarixi fani o’qitila boshladi. Shu munosabat bilan tibbiyot tarixidan darsliklar va qo’llanmalar chiqarildi. N.D.Lebedev, S.G.Kovner va L.Z.Moroxovets bu sohada d.w;.J1abki darsliklarni yaratdilar. Tibbiyot tarixining bilimdonlari – mutaxassislari yetishib chiqdilar.
XIX asrning oxirida mustaqil tibbiyot tarixi kafedralari ta’sis etildi. Masalan, 1894-yilda Moskva dorilfununining tibbiyot fakultetida tibbiyot tarixi kafedrasi ochildi. SoOng boshqa dorilfununlarda ham shunday kafedralar tashkil etildi. Shunday qilib, tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida shakllandi.
O’zbekistonda tibbiyot tarixi fani XX asrning 30- yillarida shakllana boshladi. 1930-yilda Samarqandda Tibbiyot oliygohi tashkil etildi. Shu yildan boshlab talabalarga tibbiyot tarixidan dars bera boshlandi. Lekin u vaqtda tibbiyot tarixi alohida fan sifatida shakllanmagan edi. Tibbiyot tarixidan leksiyalar qisqacha o’qilar edi.
O’zbekistonda birinchi mustaqil tibbiyot tarixi kafedrasi 1948-yili Toshkent Tibbiyot institutida tashkil etildi. SoOng shunday kafedralar O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham ochildi. Shundan keyin bu o’lkalarda tibbiyot tarixidan dars beruvchi mutaxassislar yetishib chiqdi. Hakimlar va ilmiy xodimlar bu fanga qiziqa boshladilar. Tibbiyot tarixiga oid dastlabki maqolalar paydo bo’ldi. Unga qiziquvchilar anchagina edi. Ular 1957- yilda tibbiyot tarixchilari jamiyatini tashkil etdilar. Shunday qilib O’zbekistonda va butun O’rta Osiyoda tibbiyot tarixi fani shakl topdi.
TIBBIYOT TARIXI FANINING BOSHQA TIBBIY BILIMLAR QATORIDA TUTGAN O’RNI
Tibbiyot tarixi fani boshqa tibbiy bilimlardan o’z oldiga qo’ygan maqsadi, vazifasi va metodologiyasi jihatidan farq qiladi. Boshqa tibbiy bilimlardan farqli o’laroq tibbiyotning umumiy rivojlanish yo’Hari va
“qonun-qoidalarini o’r.ganadi. Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifasi yer yuzida’tibbiyotning qachon va qanday kelib chiqqani, qanday yo’llarni , bosib o’tgani hainda’qanday natijalarga erishganini o’rganishdir. Boshqa , tibbiY’ bilimlar ham qisman tibbiyot tarixi bilan shug’uHanadilar, lekin
bu ishni o’z kasblari doirasida olib boradilar.
·5

Tibbiyot tarixi fani ijtimoiy fanlarga yaqin turadi. U tibbiyotni ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq holda o’rganadi. Tibbiyotning ayrim sohalari (masalan: Jarrohiya va h.k.) ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin. Lekin, tibbiyot ayrim mamlakatlar va davrlar bo’yicha to’laligicha olinsa, uning ijtimoiy omillar bilan bog’liqligi yaqqol ko’rinadi.
Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifasi tibbiyotning qanday sharoitda, qanday kelib chiqqani va rivojlanganini manbalarga asoslanib tushuntirib berishdir. Unda tibbiyotning kelib chiqishi va rivojalnishi haqidagi turli tushunchalar, fikrlar va nazariyalar tahlil qilinadi. Shu bilan birga tibbiyot ilmi sohasida qilingan yirik kashfiyotlar o’rganilib ularga baho beriladi. Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining rivojlanish tarixini o’rganish bilan shug’ullansa ham u umumiy tibbiyot tarixiga hissa qo’shadi. Xususiy tibbiyot tarixi umumiy tibbiyot tarixini boyitadi. Aslini olganda umumiy tibbiyot tarixi ta’lim darajasida xususiy tibbiyot tarixining yig’indisidir. Lekin, u oddiy yig’indi emas, balki yangi sifatdir. Umumiy tibbiyot tarixining o’z rivojlanish qonun-qoidalari bor. Xususiy tibbiyot tarixida bunday qonun va qoidalar mavjud emas. Tibbiyot tarixi fani, uning umumiy va xususiy qismlari hamda ayrim tibbiy bilimlarning har birining o’ziga xosligi bor. Shu bilan birga ular bir-birlari bilan bog’liqdirlar. Tibbiyot tarixi fani tibbiyotning mohiyatini va uning o’ziga xos xususiyatlarini tushunishda dastur bo’lib xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *