TINDIRMA (Tinctura)

Tindirma bosh kelishik birlik sonda – Tinctura,
qaratqich kelishik birlik sonda – Tincturae.
Tindirmalar deb oʻsimliklardan tayyorlangan, ozmi-koʻpmi rangli boʻlgan, suyuq, tiniq
spirtli, spirt-suvli yoki spirt-efirli ajratmalarga aytiladi. Ularni tayyorlash uchun koʻproq
26
Manbaa: @pharma_baza
70% yoki 40% etil spirti qoʻllaniladi, chunki unda dori tarkibidagi asosiy ta‘sir etuvchi
birikma yaxshi eriydi. Shu bilan bir qatorda spirt yaxshi konservasiyalash xossasiga ega. Shu
tufayli damlama va qaynatmalarga nisbatan tindirmalar turgʻun dori shakli boʻlib, xona
haroratida berk idishlarda uzoq saqlash mumkin. Tindirmalar ofisinal preparatlar hisoblanib,
Farmakopeya asosida farmasevtik korxonalarda tayyorlanadi va dorixonalarda tayyor xolatda
boʻladi.
Tindirmalar boʻlinmagan dori shakli boʻlib, har bir qabul uchun bemor oʻzi ajratib oladi.
Tindirmalarga retsept yozishning faqat bitta, ofisinal usuli boʻlib, u Tinctura soʻzidan
boshlanadi, keyin oʻsimlikning nomi va tindirmaning miqdori millilitrlarda koʻrsatiladi.
Tindirmalar tomchilar bilan taqsimlanadi va asosan ichish uchun beriladi. Ammo ba‘zi
hollarda sirtga ishlatish (chayqash) uchun berilishi mumkin.
Misol; td = 20 tomchi boʻlgan Valeriana tindirmasiga retsept yozilsin, 20 tomchidan ichish
uchun buyurilsin.
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
D.S. 20 tomchidan ichilsin.
Tindirmalarni oʻzaro aralashtirib, 1 ta retseptda yozib berish mumkin.
Misol. td = 20 tomchi boʻlgan valeriana tindirmasi va td = 10 tomchi boʻlgan marvaridgul
tindirmasining aralashmasiga retsept yozib berilsin va 30 tomchidan ichish buyurilsin.
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
Tincturae Convallariae 10 ml
M.D.S. 30 tomchidan ichilsin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *