UMUMIY KO’RIK. ES-HUSh VARIANTLARI. TANA TUZILIShI

Ko’rik (constitute) – bemor organizmi ko’rinishi va funksiyasini ko’rish orqali olingan ma’lumotga asoslangan klinik tekshirish usuli.

Umumiy ko’rik o’tkazganda baholash kerak:

1. Bemorning umumiy ko’rinishi.

1.1. Bemorni umumiy ahvoli

1.2. Bemor holati

1.3. Bemor es-hushi

1.4. Tana tuzilishi, konstitusiyasi

1.5. Bo’yi

1.6. Tana vazni, ovqatlanishi

1.7. qaddi-qomati

1.8. Yurishi

1.9. Boshi, yuzi, og’zi, burni, bo’yin ko’rinishi

2. Teri holati

3. Teri osti yog’ qatlami

4. Limfa tugunlari holati

5. Mushak tizimi holati

6. Suyak tizimi holati

7. Bo’g’imlar holati

 

Bolani umuiy ko’rikdan o’tkazish katta ahamiyatga ega, chunki bu paytda shifokor nafaqat bola ahvoli to’g’risida ma’lumot olishi, balki ko’p gollarda tashhis qo’yishi ham mumkin. Bolani ko’rayotganda bolaga bilan yaxshi muloqat o’rtanish va ba’zi bir qoidalarga rioya qilish lozim.​

Ko’rish texnikasi va qoidalari:

1. Bolani ko’rayotganingizda albatta yonida ota-onasi bo’lishi kerak. Bu bolani ancha tinchlantiradi.

2. Tabiiy kunduzgi yorug’lik mavjudligi. Agar sun’iy yorug’lik bo’lsa, kunduzgi chiroq bilan. Bemorni ko’rayotgan xonada harorat 20-22°S bo’lishi kerak.

3. Yorug’lik to’g’ridan va yondan tushishi kerak. To’g’ridan tushuvchi yorug’likda butun tana, uning a’zolari va ranglari aniqlanadi. Yondan tushuvchi yorug’likda ichki organlarharakati ko’rinadi.

4. Ko’krak yoshidagi bolalar maxsus yo’rgak stolida, katta yoshdagi bolalar esa kushetkada yoki krovatda ko’riladi. Ko’rik boshida pasient beligacha echintirib ko’riladi. Tanasi va ko’krak qafasi vertikal holatda, qorni vertikal va gorizonlal holatda ko’riladi.

5. Bolani ob’ektiv ko’rish ona bilan suhbat o’tkazilayotgan vaqtdayog boshlanadi. Bu vaqtda siz bolaning xarakati, atrofdagilarga bo’lgan munosabati, ovozini o’rganishingiz mumkin. Agar bola uxlabyotgan bo’lsa, uni uyg’otmang. Aksincha bola uxlab yotganda uning nafas olish soni va yurak urishini tekshirish yengillik tug’diradi. Uyqudagi bolani palpasiya qilishxam ko’p ma’lumot olishga yo’rdam beradi.

Bemor     ahvolining    turlari

➢ qoniqarli:

– bola harakatchan, atrofdagilar bilan qiziqadi;

– yaqqol ifodalanmagan lanjlik, kam harakat, bezovtalik;

– tana harorati normal yoki subfebril;

-teri rangi och-pushti yoki bir oz qizargan;

– boshqa organ va sistemalarda buzilishlar aniqlanmaydi yoki ular sezilarli emas.

➢ O’rta og’irlikda:

– yaqqol ifodalangan intoksikasiya belgilari – bola holsiz, gaplashgisi yo’q uyquchanlik;

– tana harorati 38-39 °S;

– terisi giperemiyalangan yoki sianotik;

– nafas olishi bir oz tezlashgan;

– taxikardiya;

– qayd qilish, ich ketish, maktabgacha yoshdagi bolalarda – qorni dam bo’lishi.

➢ Og’ir:

-hush buzilishining turli bosqichlari kuzatiladi​

– talvasa bo’lishi mumkin.

– tana xarorati 39-40 °S.

– terisi rangpar yoki sianotik, mikrosirkulyasiyaning buzilishi 

– hansirash

– taxikardiya yoki bradiaritmiya.

– oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar

– takroriy qayd qilishlar;

– ichak parezi natijasida qorinning dam bo’lishi;

– diareya.

– diurezning kamayishi.

 

Bemorning umumiy ahvoli uning o’zini his qilishi, ya’ni sub’ektiv hisdan farq qiladi. Shikoyatlari ko’p bo’lishiga qaramay bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo’lishi mumkin va aksincha.

Bemor   ahvolini   baholashning  klinik   mezonlari.

Bemor umumiy ahvolini baholash katta ahamiyatga ega. U davolash tadbirlarining hajmi va ketma-ketligini aniqlaydi, shuningdek kasallikning shu bosqichida kerakli qo’shimcha laborator-instrumental tekshirish usulidan foydalanish mumkin.Bemor ahvolini baholash, bu bemorni intensiv terapiya va jonlantirish bo’limiga gospitalizasiya qilishni hal qiladi, kasalni alohida boks, odatdagi palataga joylashtirish zarouratini aniqlashda yo’rdam beradi.Bemorni umumiy ahvoli og’irlik darajasi 4 ga bo’linadi: qoniqarli, o’rta og’irlikda, og’ir, shuningdek o’ta og’ir yoki terminal holat. Ahvolning og’irligini shifokor bemorni ko’rganda baholaydi, u faqatgina kun davomida emas, balki soat va sutkada ham o’zgarishi mumkin.

Katta yoshdagi bolalarda umumiy ahvolni baholash uchun ikkita asosiy mezon qo’llaniladi:

1.​Toksikoz sindromining rivojlanish darajasi

2.​U yoki bu tizim funksional buzilishining rivojlanish darajasi

quyidagi klinik belgilarning rivojlanishi va darajasi ketma-ketligiga qarab, toksikoz og’irligi belgilanadi: lanj (apatiya), kam harakatlanish (adinamiya), vaqti-vaqti bilan bezovtalik, uyg’uchanlik, stupor, sopor, koma, talvasa sindromi bilan almashinadi.

Bemor    holati    turlari:

Aktiv – bola o’zini erkin tutadi, vrach iltimosiga ko’ra holatini o’zgartira oladi.

Passiv (bemor xushsiz bo’lganda yoki o’ta xolsiz bo’lganda) – bemor harakatsiz, boshi va oyog-qo’llari osilib turadi.

Majburiy – bu bemorni og’riqdan xolos etuvchi holat (ba’zi bir kasalliklarda spesifik belgi hisoblanadi):

–  meningitda – boshini orqaga tashlab yonboshlab yotish, qorni ichiga tortilgan, oyoglari qorniga keltirilgan;

– o’tkir peritonitda – oyoglarini buklab orqasida yotish, har bir harakat qorinda kuchli og’riq chaqiradi;

– o’tkir pnevmoniyada – zararlangan o’pka tomonida yotadi, bunda zararlanmagan o’pka ekskursiyasi samaraliroq bo´ladi;

– bronxial astmaning og’ir xurujida – qo’llariga tirangan holda o’tirish yoki turish;

– yaqqol yurak yetishmovchiligida – o’tirish yoki yonboshlash.

Umumiy ko’rikda shuningdek bolaning gavdasiga, qadam bosishiga, yuzining ifodasiga e’tibor berish lozim. Sog’lom bola gavdasini tik tutadi, shahdam qadam bosadi, erkin harakat qiladi.

Hush xiralashining belgilari

1) bemorning parishonligi (atrofdagi olamni to’g’ri idrok hilaolmaslik).

2) makon va zamonda orientirni buzilishi.

3) o’z shaxsiga nisbatan orientirni buzilishi.

4)    fikrlarning poyma-poyligi

5) to’liq yoki qisman amneziya  

 

Hush    buzilishi    turlari

1. Stupor – karaxtlik holati, bunda bemor qisqa vaqt gaplashadi, lekin atrof-muhitda yomon orientasiya qiladi, savollarga sekin va kechikib javob beradi.

2. Sopor (uyg’uchanlik) – bemor uyquga ketgandek bo´ladi,  unga qaratilgan nutqqa reaksiyasi yo’q va savollarga “ha”, “yog” deb javob beradi, lekin palpasiya, perkussiya, ko’ruvga reaksiyasi bo´ladi.

3. Koma – hushni batamom yo’qolishi, reflekslar pastligi yoki yo’g’ligi.

Tana tuzilishi – organizm morfologik xususiyatlari to’plami, irsiy va orttirilgan xossalarga asoslangan (orttirilgan xossalari bemorni atrof-muhit holati bilan aniqlanadi). Konstitutsiya (lot.constitution-tuzilish) – bu organizm funksional va morfologik xususiyati yig’indisi, irsiy va orttirilgan xossalarga asoslangan, 

uning ekzogen va endogen omillarga ta’siri bilan aniqlanadi (M.V. Chernoruskiy).

Odam    organizmining   konstitusion   turlari

1. Normostenik

2. Astenik

3. Giperstenik​

 

Normostenik turi – tananing asosiy o’lchamlari proporsionalligi bilan ta’riflanadi, astenik va giperstenik tana tuzilishi turlari orasida oraliq holatni egallaydi.

Astenik turi –  tananing bo’yi uzunligi, ko’ndalangidan ustunlik qiladi, oyog-qo’llari tanasidan, ko’krak qafasi qornidan, yurak va parenximatoz organlar normostenik turiga nisbatan kichik ulchamda, o’pka uzunroq, ichaklar   qisqa, qorin pardasi uzun, diafragma pastda joylashgan.

Giperstenik turi – tana ko’ndalang  o’lchamlari uzunligidan ustunligi bilan ta’riflanadi. Gavdasi oyog-qo’llarga nisbatan uzunroq, qorin o’lchami bilinarli, diafragma yuqori joylashgan. hamma ichki a’zolari, asteniklarga nisbatan, o’pkadan tashqari, katta o’lchamda, ichaklari uzunroq,  devorlari  qalin.

Antropometriya – morfologik va funksional belgilarni o’lchashga asoslangan tekshirish usuli. Klinik antropometriya asosiy belgisi tana vazni va bo’y uzunligi hisoblanadi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *