O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”,
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil
2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari
ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
- Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari bilan barcha ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki
boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni tanishtirish varaqasi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
(A.Kamalov)ga:
barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi
o‘rinlarda – Qoidalar)ga izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, zamon talablari asosida
Qoidalarni takomillashtirib, zarur holatlarda unga o‘zgartirish hamda
qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritib borish vazifalari yuklatilsin. - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
boshliqlari:
bir hafta muddatda Qoidalarni tizimdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim
muassasalariga yetkazsin;
Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir umumiy o‘rta
ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv
kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqilishi
hamda tasdiqlanishini nazoratga olsin;
Qoidalarning maqsad va vazifalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasaning
barcha ta’lim oluvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari,
pedagog va texnik xodimlarni maktab rahbariyati tomonidan tanishtirilishini
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385 IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385 IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385
hamda Qoidalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye)
qismiga alohida stend shaklida joylashtirilishini ta’minlasin. - Axborot xizmati (D.Sobirova) mazkur buyruq bilan tasdiqlanayotgan
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalarini
vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritsin. - Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining
ichki tartib va odob-axloq Qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi
246-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. - Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari D.Kenjayev
zimmasiga yuklatilsin.
Vazir X.Umarova
Toshkent sh.,
2023-yil 31-avgust,
282-son
2
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi
282-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalari
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”,
“Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz
maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarorlari va umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida umumiy
o‘rta taʼlim muassasasining rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda
oʻquvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari (keyingi o‘rinlarda
- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari) uchun ishlab chiqildi.
1-bob. Umumiy qoidalar
- Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) umumiy oʻrta taʼlim
muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun odob-axloq tamoyillari,
xulq-atvor meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Qoidalar umumiy oʻrta taʼlim muassasasida (keyingi
oʻrinlarda – taʼlim muassasasi) taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini
taʼminlash, oʻqituvchi mavqeyining daxlsizligini eʼtirof etish, doʻstona
va ishchanlik muhitini yaratish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv dasturini
muvaffaqiyatli oʻzlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish,
odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. - Mazkur Qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi
taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari
uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
3 - Qoidalarning maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom ijtimoiy-psixologik
muhitni shakllantirish, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida
taʼlim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq
madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, oʻquvchilar sogʻligʻini saqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashga imkon beradigan doʻstona ish muhitini
yaratish va taʼlim muassasasi mulkini asrab-avaylashdan iborat. - Qoidalar taʼlim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan
tashqari mashgʻulotlar paytida, taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq tadbirlarda ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining oʻzlarini tutishni tartibga soladigan me’yorlar
toʻplami hisoblanadi. - Mazkur Qoida talablari ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim
muassasasi hududi doirasida majburiy hisoblanadi.
2-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
Qoidalarga rioya qilishi - Taʼlim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro
ishonch, izzat-hurmat, xavfsiz, doʻstona muhitni yaratish ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. - Taʼlim muassasalari har bir oʻquvchiga eʼtiborli va odilona munosabatda
boʻladi, taʼlim-tarbiya jarayonida barcha oʻquvchilarning bilim olishlari uchun teng
imkoniyatlarni yaratadi.
Taʼlim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari:
taʼlim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan muammolarni, shu jumladan,
intizom bilan bogʻliq muammolarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va qonun
osti hujjatlariga va ushbu Qoidalarga koʻra hal etadi;
oʻquvchilarning jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanish darajasi,
ularning shaxsiy hayotini hurmat qilish, ota-onalarining (oila) qonuniy
manfaatlarini hisobga olish, oʻquvchi haqidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligini
saqlashga amal qilishi kerak. - Oʻquvchini oʻquv jarayonida ishtirok etishidan chetlatish, uni oʻz kuchi
bilan erishgan imtiyozidan mahrum qilish, asossiz imtiyoz berishga yoʻl
qo‘yilmaydi. - Taʼlim muassasasi hududida har bir ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini
ovozsiz holatga keltirishlari, ta’lim muassasalarida ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda (maktab foyesi, ma’naviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa
qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi, ta’lim muassasasining
binosiga kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari
tugagandan so‘ng qabul qilib olish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi.
Ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi
boshqa shaxslar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya
4
etilishini maktab rahbariyati, o‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish
qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan
nazorat qiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan
foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor
o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni
(smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab
direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari
ogohlantiriladi.
Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi
va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli
tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.
Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan
ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy
vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi
kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi
ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi. - Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasasida quyidagilarga
amal qilishlari lozim:
pedagog shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari;
oʻzaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik,
halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi (bulling) xatti-harakatlariga yoʻl
qoʻymaslik;
pedagog va oʻquvchilar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va
darsga oʻz vaqtida kelishlari;
taʼlim muassasasining hududi va yoʻlaklarida tartib bilan yurishlari;
bir-biri bilan salomlashishlari, bunda, oʻquvchilar pedagoglarga, kichik
yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi boʻlib salom berishlari (ushbu holatlarda
qoʻl berib soʻrashish istisno boʻlib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi
boʻlib qoʻl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʻl uzatishlari tavsiya etiladi);
pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida kasb etikasi hamda maktabning
ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari;
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Taʼlim muassasa ustavida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mehnat
faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa,
quyidagilar namunaviy talab sifatida tavsiya etiladi:
erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon
qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi), boʻyinbogʻ,
poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon
qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim
5
(imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa
(harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak, past poshnali yoki
poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
(Taʼlim muassasa Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog
xodimlari formasining rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi
mumkin).
umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanaviy shakllarga va maʼnaviy-axloqiy
tarbiyaga zid keladigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida
jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari
oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi
hududida oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno)
kiyimlarida boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi
boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi:
tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan
boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan
boʻlishi;
erkaklarning soqoli olingan boʻlishi;
ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki
metall buyumlar taqib yurmasligi;
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl
qoʻymasliklari;
pedagoglar oʻzining pedagogik va psixologik sohadagi bilim
va ko‘nikmalarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga malakasini hamda
professionallik darajasini oshirishga koʻmak beradigan tadbirlarda muntazam
ishtirok etishi;
pedagoglar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal
qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishi lozim. - Taʼlim muassasasi hududida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
munosabatlari oʻzaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim,
biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zoʻravonlikni (bulling) aks
ettiruvchi va kamsituvchi (diskriminatsiya) xatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi;
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi
dars jarayoniga aralashishi mumkin emas, tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan
bahsli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)
hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal
etiladi;
tomonlar bahsli vaziyatlar yuzasidan kelishuvga erishmagan holatlarda
oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakili va taʼlim muassasasiga biriktirilgan ichki
ishlar organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi;
6
taʼlim muassasasi oʻquvchi manfaatlari yoʻlida barcha maʼlumotni
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga yetkazadi;
pedagog taʼlim muassasasi, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarda
pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim. - Pedagoglar dars mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng besh daqiqa ichida
oʻquvchilarning davomatini aniqlash, surunkali va muntazam dars qoldirayotgan
oʻquvchilar haqida muassasa rahbariyatiga yozma ravishda ma’lumot taqdim etishi
talab etiladi. - Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar:
oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish
holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama
qilmaslik;
oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;
chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oz vaqtida
muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy
adovatga bormaslik;
taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari
va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik;
oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona
munosabatda boʻlish;
taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va
bunday holatlarni oldini olish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim
muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli
odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot
boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat”
xurujlaridan ogoh etib borish;
mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf
soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish. - Oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar:
a) taʼlim muassasasining binosi va uning hududida:
dars jadvalida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha barcha darsliklar va oʻquv
qurollari sigʻadigan oʻquvchi uchun mos boʻlgan sumkadan foydalanish;
taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin,
maktab ustavida belgilangan oʻquvchilar libosida kelish;
toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;
taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport
va faollar zallarini toza tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;
chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan
idishlarga tashlash;
7
taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot
dunyosi va hokazolar) va oʻquv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya
jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga zarar yetkazmaslik;
oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat
koʻrsatish;
oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda
salom berish;
taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash.
b) dars mashgʻulotlarida:
tegishli darslik va zarur oʻquv qurollari bilan ishtirok etish;
darslarda oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga
chalgʻimaslik;
oʻqituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi boʻlganda
qoʻlini koʻtarib ruxsat soʻrash;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish.
d) tanaffusda:
oʻz oʻqish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
navbatdagi dars boʻladigan sinf xonasiga oʻz vaqtida oʻtish;
fan oʻqituvchisining koʻrsatmasi boʻyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash.
e) taʼlim muassasasining oshxonasida:
ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
taomlarni olishda navbatga turish va imkoni boricha ijtimoiy masofani
saqlash;
pedagoglar, oʻzidan kichiklarga va qizlarga hurmat koʻrsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʻzida isteʼmol qilish;
ovqatlangandan soʻng idishlarni yigʻishtirib qoʻyish.
f) taʼlim muassasasining kutubxonasida:
kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada boʻlish;
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
g) sport zali (majmuasi)da:
sport zaliga xos boʻlgan kiyim va poyabzalda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta
topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilish. - Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil
bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq
koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil
taqinchoqlar taqishi;
8
oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish
(diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil
(jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;
qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos
boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim
muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan
munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli
xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining
kamerasi orqali tasvirga olishi;
taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan
maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh
xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy
maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni
targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio
va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;
taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida
belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi. - Pedagog va xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish,
ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki
kiritmaslik;
“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf
xonasida ushlab turish;
dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki
mahsulotlarini isteʼmol qilish;
muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi
boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik
ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish. - Tajribali ustozlar va yosh oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi
oʻzaro munosabatlari “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida tartibga solinadi. - Taʼlim muassasasida dars mashgʻulotlarining boshlanishi va tugashi
maktab Ustavida ko‘rsatilgan qoʻngʻiroqlar jadvali asosida amalga oshiriladi. - Taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan dars mashgʻulotlari boshlanishida:
oʻqituvchi sinfga kirib kelishi bilan oʻquvchilar hurmat yuzasidan
oʻrinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili
yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) deb salom berishlari;
oʻqituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli
tilda salomlashish) deb alik olishlari va uning ruxsatidan soʻng oʻquvchilar
9
oʻrinlariga oʻtirishlari, bunda 1-4-sinf oʻquvchilari oʻquv kunining birinchi dars
soatida, 5-11-sinf oʻquvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan oʻqituvchisiga xuddi
shunday tartibda munosabatda boʻlishi lozim. - Taʼlim muassasasida “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalinganda oʻquvchilar
pedagogning ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. Oʻz navbatida, pedagog dars
mavzusini akademik soat reglamentiga muvofiq toʻgʻri taqsimlashi talab etiladi.
Pedagog sinfdan chiqayotganda oʻquvchilar oʻrinlaridan turishlari,
“Xayr, salomat boʻling!” deb hurmat koʻrsatishlari kerak.
3-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi - Oʻquv yili davomida Qoidalarga toʻliq rioya qilgan, taʼlim muassasasida
maʼnaviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga
xizmat qilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagicha moddiy
va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantiriladi:
taʼlim muassasasi buyrugʻi bilan “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” eʼlon
qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
maktabdan tashqari topilgan mablagʻlar hisobidan qimmatbaho va esdalik
sovgʻalar bilan mukofotlash;
muassasaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilish;
“Eng faol oʻquvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasini berish;
oʻquvchilarning uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla
fuqarolar yigʻiniga tashakkurnoma yuborish. - Pedagog va xodimlarga Qoidalarni buzganida ularga nisbatan
muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari
qoʻllaniladi. - Oʻquvchilar tomonidan Qoidalar buzilganida, ularga nisbatan quyidagi
choralar koʻriladi:
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini ogʻzaki yoki yozma ogohlantirish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchini muassasa ichki
nazorat roʻyxatiga olish:
oʻquvchi bilan vazirlikning 2020-yil 18-dekabrdagi 308-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida shugʻullanish;
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini muassasaga taklif qilish,
muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog ishtirokida suhbat oʻtkazish;
farzandi tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgan ta’lim
oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining ish joyiga yoki mahalla
fuqarolar yigʻiniga maʼlumot yuborish. - Mazkur Qoidalarga rioya etmaganlik holatlari taʼlim muassasasidagi
Kuzatuv kengashlarida muhokama qilib boriladi.
10
4-bob. Yakuniy qoidalar - Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari ushbu Qoidalar bilan har yangi
oʻquv yili boshlanishida “Sinf soatlari”, “Ota-onalar majlisi” va “Pedagogik
kengash”da tanishtiriladi. - Mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir
umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat
va Kuzatuv kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab
chiqadi hamda tasdiqlaydi, uning ijrosi shaxsan maktab rahbari tomonidan
taʼminlanadi. - Qoidalarda aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan
muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.