Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha MALAKA TALABLARI

I-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Qo‘llanish sohasi

  1. Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari (keyingi
    o‘rinlarda – Malaka talablari deb ataladi) umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining negizi
    hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning bosqichlarini, o‘quv
    fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
  2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda umumiy
    o‘rta ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
  3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan
    holda o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirliklar tomonidan belgilangan tartibda
    tasdiqlanadi.
    2-§. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari
  4. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat ta’lim standartiga
    asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    Standart darajalari Darajalarning nomlanishi
    A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi
    A1+ Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich
    darajasi
    A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi
    A2+ Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
    B1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi
    B1+ Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan darajasi
    3-§. Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablarining tuzilishi
  5. Umumiy o‘rta ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari:
    o‘quv fanini o‘rganishning bosqichlari;
    tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar;
    o‘quv fanining maqsad va vazifalari;
    umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmuni;
    umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha majburiy
    tayyorgarlik darajalari hamda ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan
    talablarni belgilab beradi.
    4-§. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar
  6. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi
    va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi
    tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
    Kommunikativ kompetensiya – ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda
    o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy
    moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
    tutadi.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi – mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab
    topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlashni, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini
    ta’minlash, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi – doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy,
    ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-
    o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib
    borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini
    egallashni nazarda tutadi.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi – jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa
    va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch
    va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy
    madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli
    hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish,
    orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini
    shakllantirishni nazarda tutadi.
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
    foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy
    va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy
    olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga
    olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
    tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
    Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda
    fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    II-bob. Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari
    1-§. Ona tili fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini
    o‘qitish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi
    Daraja
    nomlanishi
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    A1 boshlang‘ich darajasi
    Ona tili fanini o‘rganishning
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A1+ ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf
    Ona tili fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Ona tili fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A2+ ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf
    Ona tili fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    bitiruvchilari
    11-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    B1 Ona tili fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili
    Ona tili fanini o‘rganishning
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    B1+
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf
    bitiruvchilari
    Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi —
    o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati
    shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq
    madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
    o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma
    shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
    o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya,
    so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq
    uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
    ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta
    olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha)
    bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
  7. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
    A1
    Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
    matnni tushunib o‘qiy oladi;
    og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
    65 – 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
    xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal
    qiladi;
    imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;
    do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
    A1+
    sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
    matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
    70 – 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
    7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
    A2
    tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi;
    so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
    so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi;
    140 – 160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20 – 25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon,
    insho) yoza oladi,
    bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi;
    matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
    husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi;
    ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza oladi.
    A2+
    ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna
    oladi;
    turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib,
    to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi;
    tanish mavzuda taqdimot qila oladi;
    160 – 180 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
    o‘qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 – 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon,
    insho) yarata oladi;
    ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza oladi.
    B1
    Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy
    axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini
    idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini
    anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
    Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik,
    grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
    O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi,
    his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.
    Yozish: fikr ifodasi mantiqan izchil, tinish belgilari, nutqda kirish va kiritmalar, ko‘chirma
    gaplar, tilning ifoda vositalari, fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan
    foydalanadi.
    Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy
    xatlarni farqlaydi.
    30 – 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi.
    B1+
    Tinglab tushunish: ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlarni tinglab
    tushunadi. Nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab tushunadi.
    Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik,
    grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
    O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi uslubiy
    vositalarning ahamiyatini his qiladi
    Yozish: fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi, bir
    fikrni turli shaklda ifodalaydi. Ijodiy va badiiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga
    amal qiladi. Ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi.
    35 – 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.
  8. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika,
    grammatika va uslubiyatga oid):
    A1
    ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;
    mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
    yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
    A1+
    so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
    gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay
    oladi.
    A2
    talaffuz va imloda tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi kabi hodisalardan
    o‘rinli foydalana oladi;
    o‘zlashtirilgan leksik birliklarni gap tarkibida qo‘llay oladi;
    fonetik, leksik va grammatik tahlil qila oladi;
    fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
    matnda tilning ifoda vositalaridan foydalana oladi.
    A2+
    tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi;
    leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana oladi.
    Lingvistik kompetensiya (fonetika, leksika, grammatika):
    B1, B1+
    Fonetika: fonemalar tasnifi va uslubiyatini tushuna oladi, fonetik o‘zgarishlarni orfoepik
    qoidalar nuqtai nazaridan tahlil qila oladi, ohang va urg‘uni nutqda qo‘llay oladi.
    Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi,
    ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini
    izohlay oladi.
    Grammatika: so‘z turkumlari, undov, modal va taqlid so‘zlar, ularning otlashishi hamda
    uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z birikmasi, gap va uning grammatik
    belgilari, dialogik nutq belgilari, gap bo‘lagining tiplari, sodda va qo‘shma gaplar ma’nodoshligini,
    sintaktik qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va
    muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.
    B1+
    Fonetika: fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tushuntira oladi, ohang
    va urg‘uning nutqdagi ahamiyatini, yozuv tamoyillarini izohlay oladi.
    Leksika: o‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini tushuntira oladi.
    Grammatika: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib, izohlay
    oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.
    2-§. Adabiyot fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) adabiyot fanini
    o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    A1 Adabiyot fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot
    Adabiyot fanini o‘rganishning
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    A1+
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf
    darajasi
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Adabiyot fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot
    Adabiyot fanini o‘rganishning
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    A2+
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    11-sinf bitiruvchilari B1 Adabiyot fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot
    Adabiyot fanini o‘rganishning
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    B1+
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf
    bitiruvchilari
    Adabiyot fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning
    ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash,
    obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
    o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson
    tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
    orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
    umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
    o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini
    ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
    yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy
    rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda adabiyot fanining
    mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    Adabiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
    malaka talablari
  9. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish,
    fikrni yozma bayon qilish).
    A1
    ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi;
    ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlari, hikoya,
    she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera oladi;
    yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladi;
    matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy oladi;
    bir daqiqada 50 — 55 so‘zni o‘qiy oladi;
    monologik va dialogik nutqda o‘z fikrini aniq ifodalay oladi;
    o‘rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi;
    maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
    kichik hajmdagi 8 — 10 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
    A1+
    bir daqiqada 55 — 60 so‘zni o‘qiy oladi;
    asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi;
    kichik hajmdagi 10 — 12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
    A2
    badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunadi, tegishli
    munosabat bildira oladi;
    nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini tushuna
    oladi;
    badiiy asar syujetini qayta so‘zlab bera oladi;
    turli janr va hajmdagi 8 — 10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta
    oladi;
    adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni biladi va ushbu
    yo‘nalishlarda insho (5 — 7 sahifa) yoza oladi;
    adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat va ijodiy matn
    yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, publitsistik asarlardan o‘rinli
    foydalana oladi;
    maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, turli janrdagi adabiyotlarni tanlab mutolaa
    qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
    A2+
    Turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
    turli janr va hajmdagi 10 — 12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta
    oladi;
    badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi.
    B1
    Badiiy ijod namunalari (nasriy, she’riy, dramatik asar)ni ifodali o‘qiy oladi, ularning
    ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va idrok eta oladi;
    badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga tushuntirib
    bera oladi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi;
    shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlay oladi,
    o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
    xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalana oladi;
    turli janr va hajmdagi 12 — 14 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta
    oladi.
    B1+
    o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining janr xususiyatlarini ajrata oladi;
    musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z bilan ifodalay
    oladi;
    adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarni tushuntira
    oladi;
    turli janr va hajmdagi 14 — 18 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta
    oladi.
  10. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
    A1
    matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;
    asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
    xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;
    o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi;
    asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
    o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
    A1+
    mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini
    tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.
    A2
    xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini (nasriy, she’riy,
    dramatik asar yoki ulardan olingan parchani) farqlaydi va tahlil qila oladi;
    badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topib, tahlilda foydalana
    oladi;
    asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
    badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
    asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat bildiradi,
    baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
    xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va uning
    qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
    musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z bilan ifodalab
    bera oladi.
    A2+
    asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
    adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga mustaqil va ijodiy
    munosabat bildira oladi.
    asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
    B1
    badiiy ijod namunalarini (nasriy, she’riy, dramatik asarni) ifodali o‘qiydi, ularning ijtimoiy
    hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va idrok etadi;
    badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga tushuntirib
    beradi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildiradi;
    shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlaydi, o‘z
    fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
    xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalanadi;
    she’riy matn yoki uning parchasini ifodali yod ayta oladi.
    B1+
    o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o‘qiydi, she’riy san’at turlari, janr
    xususiyatlarini ajrata oladi;
    musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z bilan ifodalay
    oladi;
    adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarini tushuntira
    oladi;
    asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
    3-§. O‘zbek tili fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib
    boriladigan ta’lim muassasalari uchun) fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    A1 O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili
    O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf
    darajasi
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A2+ ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf
    O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    11-sinf bitiruvchilari B1 O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    B1+ ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf
    O‘zbek tili fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    bitiruvchilari
    O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi:
    o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda
    mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z
    munosabatini bildirish;
    o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy hayoti, jahon
    madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish
    orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tili fani
    bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy
    kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan
    lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan
    bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan tayanch
    kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    O‘zbek tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan
    malaka talablari
  11. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
    A1
    sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi;
    berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi;
    matn ( topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar ma’nosini
    lug‘at yordamida tushuna oladi;
    sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi;
    o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi;
    mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi;
    audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini tushunib, gapira
    oladi;
    topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini so‘zlab bera
    oladi;
    o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
    o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6 — 8 ta gap bilan izchil bayon qila oladi;
    so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza
    oladi;
    o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma ma’lumotlarini to‘g‘ri
    yoza oladi;
    25 — 30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi.
    A1+
    savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni tushuna oladi;
    so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
    xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan
    olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi, mavzu yuzasidan
    yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi.
    A2
    audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi
    yangiliklarni tushuna oladi;
    o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta oladi;
    suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri
    qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
    suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish, nutqini
    sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi;
    ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va mazmunini
    so‘zlay oladi;
    o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
    matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 — 75 so‘z tezligida o‘qiy
    oladi;
    70 — 80 so‘zdan iborat matn asosida diktant;
    90 — 100 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi;
    11 — 15 gap hajmida matn tuza oladi;
    ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza oladi.
    A2+
    ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib bera oladi,
    unga munosabat bildira oladi;
    o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi.
    B1
    shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushuna oladi;
    ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni
    tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, o‘z rejalarini tushuntira oladi;
    bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab bera oladi;
    kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi taassuroti
    va unga munosabatini bayon qila oladi;
    o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 1500 ta so‘zni va 50 dan ortiq iboralarni nutqida qo‘llay
    oladi;
    90 — 100 so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2 — 2,5 bet hajmida ijodiy matn
    tuza oladi.
    B1+
    Kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar va film haqidagi taassuroti
    va munosabatini bayon qila oladi;
    ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlar va boshqa yozma
    topshiriqlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yoza oladi;
    kasb-hunarga oid lug‘at minimumini, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini, ma’nodosh,
    shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi.
  12. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika
    va uslubiyat):
    A1
    o‘zbek tilining nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va husnixat talablari asosida yoza
    oladi;
    fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan sodda grammatik vositalarni og‘zaki va yozma
    nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    sodda gaplar tuza oladi.
    A1+
    inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay
    oladi;
    sodda matn tuza oladi.
    A2
    o‘zbek tilidagi mustaqil so‘zlar, ularning yasalishi va morfologik shakllarini nutqda to‘g‘ri
    qo‘llay oladi;
    gaplarni ma’noli bo‘laklarga ajrata oladi;
    gaplarda tinish belgilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    grammatik atamalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    yasama (sodda, qo‘shma, juft) so‘zlar va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni og‘zaki
    va yozma nutqda qo‘llay oladi;
    so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo
    qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi.
    A2+
    kasb-hunarga oid leksikani og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi vositalarni nutqda qo‘llay
    oladi;
    sodda gaplar tarkibida uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay
    oladi.
    B1
    kasb-hunarga oid lug‘at minimumi, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda to‘g‘ri
    qo‘llay oladi;
    murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni
    biladi;
    o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
    ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni to‘g‘ri yoza oladi.
    B1+
    Mutaxassislik sohasidagi matnlar va suhbatlar mazmunini, atamalar ma’nosini tushuna
    oladi;
    murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni
    farqlay oladi;
    mutaxassislikka oid mavzularda ma’ruzalar qila oladi;
    bitiruv malakaviy ishi va uning qisqa mazmunini yoza oladi.
    4-§. Rus tili fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘rganish bosqichlari (ta’lim rus tilidan
    boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun)
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-
    sinf bitiruvchilari A1 Rus tili fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani
    Rus tili fanini o‘rganishning
    chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    maktablarning 4-sinf bitiruvchilari
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Rus tili fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani
    Rus tili fanini o‘rganishning
    chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan
    A2+
    kuchaytirilgan tayanch
    maktablarning 9 sinf bitiruvchilari
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    B1 Rus tili fanini o‘rganishning
    11-sinf bitiruvchilari
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani
    B1+ Rus tili fanini o‘rganishning
    chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan
    kuchaytirilgan umumiy
    maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
    darajasi
    Rus tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning maqsadi:
    o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda rus
    tilida mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, rus tilida eshitilgan axborotni idrok etish,
    voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish;
    adabiyotning eng sara namunalari, jahon va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk
    allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
    malakasini rivojlantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun rus tili fani
    bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy
    kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarning rus tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan
    lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarning bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim,
    ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
    Rus tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka
    talablari
  13. Nutqiy kompetensiya
    A1
    sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
    savol va ta’kidlovlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi;
    sodda savollar tuza oladi va ularga javob bera oladi;
    yashash joyi, oilasi, do‘stlari va tanishlari haqida ma’lumot bera oladi;
    o‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida so‘zlab bera oladi;
    tanish mavzularda qisqa xabar bera oladi;
    bir daqiqada 30 — 35 ta so‘zni ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
    shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi;
    shaxsiy ma’lumotlar (ismi va otasining ismi, yashash manzili va hokazo) bilan sodda
    so‘rovnomani to‘ldira oladi;
    she’r va hikoyalar, qo‘shiqlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi.
    A1+
    xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan
    olingan hikoya, she’rlarni va ulardan berilgan parchalarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab
    bera oladi.
    A2
    o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi;
    kerakli ma’lumotni tegishli manbalardan topa oladi;
    ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni, rasmiy
    xatlarning asosiy turlarini, texnik qurilmalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va
    hokazolardan foydalanish yuzasidan berilgan yo‘riqnomalarni tushuna oladi;
    sodda iboralar orqali narsa-buyumlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi;
    kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirisha oladi;
    sodda iboralar yordamida odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi;
    kundalik turmushini, tarjimai holini yoza oladi.
    A2+
    kundalik mavzulardagi muhim ma’lumotlarni tushuna oladi;
    turli ommaviy vaziyatlarda muloqotga kirisha oladi;
    oldindan rejalashtirilgan tanish mavzular yuzasidan qisqa muloqotga kirisha oladi;
    tadbir, voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumotlar bera oladi;
    rejalar, tadbirlar, odatlar, maqsadlarni ifodalay oladi;
    faktlarga asoslangan matnlarda, masalan, broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan, veb-
    saytlardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi;
    ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini matnga qarab aniqlay oladi;
    og‘zaki xabar yoza oladi.
    B1
    ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarni tushuna oladi;
    kasbiy sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushuna oladi;
    asosiy rasmiy ish qog‘ozlarining turlarini biladi va ular haqida qisqacha axborot bera oladi.
    B1+
    qisqa hajmli matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila oladi;
    kundalik hayotiy faoliyatda va shaxsiy ehtiyojiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ommaviy
    axborot vositalari va veb-saytlardan topa oladi;
    kasbiy sohasi bo‘yicha qisqacha taqdimot tayyorlashni biladi.
  14. Lingvistik kompetensiya
    A1
    rus tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi;
    muloqot vaziyatlarida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlaydi, oddiy grammatik
    shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalana oladi;
    voqea va hodisalarni tasvirlashda, hikoyalarni bayon qilishda gaplarni to‘g‘ri ketma-ketlikda
    bog‘lay oladi;
    kommunikativ vaziyatlarda lug‘atlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalana oladi;
    baynalmilal so‘zlar va boshqa tildan olingan o‘zlashtirma so‘zlarni tushuna oladi va o‘z
    o‘rnida ishlata oladi.
    A1+
    kommunikativ vaziyatlarda oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan foydalana
    oladi;
    fe’l shakllari va o‘rganilgan sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay
    oladi, hikoyalar hamda voqealarni bayon qila oladi.
    A2
    so‘z yasashning turli usullarini farqlay oladi;
    sodda bog‘lovchilar yordamida so‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni bog‘lay oladi;
    fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi,
    hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ta’riflay oladi.
    A2+
    kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik tuzilmalarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.
    B1
    so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini biladi;
    kasb sohasiga oid so‘z, so‘z birikmalaridan o‘rinli foydalanib, hikoya qila oladi;
    badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarning asosiy xususiyatlarini biladi va matnda
    ularni ma’nolaridan aniqlay oladi.
    B1+
    turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha oladi;
    o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzadi va bayon
    yoza oladi.
    5-§. Tarix fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    5-sinf bitiruvchilari A1 Tarix fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Tarix fani chuqur o‘rganiladigan
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining
    A1+ Tarix fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
    5-sinf bitiruvchilari
    Tarix fanini o‘rganishning tayanch
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning
    9-sinf bitiruvchilari A2
    darajasi (eng qadimgi davrdan XX
    asr boshlarigacha)
    Tarix fani chuqur o‘rganiladigan
    Tarix fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining
    A2+
    kuchaytirilgan tayanch darajasi.
    9-sinf bitiruvchilari
    Tarix fanini o‘rganishning tayanch
    darajasi davom ettiriladi (XX asr
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning
    11-sinf bitiruvchilari B1
    boshlaridan hozirgi kungacha
    bo‘lgan davr). Tarix fanini
    o‘rganishning umumiy darajasi.
    Tarix fani chuqur o‘rganiladigan
    Tarix fanini
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining
    B1+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    11-sinf bitiruvchilari
    umumiy darajasi.
    Tarix fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p
    millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini
    tarbiyalash;
    o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini
    anglatish;
    o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni
    shakllantirishdan iboratdir.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
    o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini
    anglatish;
    ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris
    bo‘lishga o‘rgatish;
    o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash,
    shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar
    ruhida tarbiyalashdan iborat.
    Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka
    talablari
  15. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish
    kompetensiyasi
    A1
    tarixda yil hisobini biladi;
    tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.
    A1+
    tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi.
    A2
    tarixda davr va yil hisobini biladi;
    tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
    O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat
    tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;
    o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
    davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
    o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq
    topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;
    mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa
    qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.
    B1
    tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
    O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat
    tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy
    jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot
    bera oladi;
    o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
    davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
    mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy
    qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining
    tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;
    jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi;
    tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi
    va xulosa chiqaradi.
    B1+
    O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat
    tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma
    ma’lumot bera oldi;
    voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa
    chiqaradi, munosabat bildiradi;
    davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar,
    ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma
    ma’lumot bera oladi;
    tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.
    2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi
    A1
    tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi;
    fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira
    oladi.
    A2
    eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim
    bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;
    qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
    tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida
    munosabat bildira oladi.
    B1
    XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim
    bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;
    tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan
    foydalana oladi;
    tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan
    foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
    B1+
    tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi,
    xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;
    mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar
    tayyorlay oladi;
    o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.
    6-§. Davlat va huquq asoslari fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida davlat va huquq asoslari fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumta’lim maktablarining
    Davlat va huquq asoslari fanini
    8-sinf bitiruvchilari A1
    o‘rganishning boshlang‘ich
    darajasi
    Umumta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Davlat va huquq asoslari fanini
    o‘rganishning tayanch darajasi
    Davlat va huquq asoslari fani chuqur
    Davlat va huquq asoslari fanini
    o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    A2+
    umumta’lim maktablarining 9-sinf
    tayanch darajasi
    bitiruvchilari
    Davlat va huquq asoslari fani chuqur
    Huquqshunoslik fanini
    o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan
    o‘rganishning umumiy darajasi
    B1
    umumta’lim maktablarining 11-sinf
    bitiruvchilari
    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi:
    davlat va huquq asoslari fani o‘quvchilarga huquqiy bilimlar berish orqali ularda huquqiy
    ong va huquqiy tafakkurni shakllantirish;
    o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid
    kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid umumiy kompetensiyalarni
    shakllantirishdan iboratdir.
    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
    o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish
    ko‘nikmasini hosil qilish;
    o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish
    va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha ta’lim
    muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
  16. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi
    A1
    Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi
    huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;
    huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;
    axloq va huquq qoidalarini biladi;
    bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi
    tushunchalarning mazmunini bila oladi.
    A2
    Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida
    ma’lumot bera oladi;
    inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;
    hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat
    va uning asoslarini tushuntira oladi;
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida
    belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;
    O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga
    yetmaganlarning huquqlarini biladi;
    huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;
    huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;
    kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab,
    maqbul qaror qabul qila oladi.
    A2+
    huquq manbalarini biladi;
    voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira
    oladi;
    huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.
    B1
    jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini
    tushuntira oladi;
    xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;
    davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;
    tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;
    o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.
  17. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi
    A1
    axloq va huquq qoidalariga amal qiladi;
    fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan
    huquqlarini hurmat qiladi;
    huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;
    huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni
    tuza oladi.
    A2
    voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi;
    o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch
    va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi);
    o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;
    qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;
    korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.
    A2+
    huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;
    huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta
    oladi.
    B1
    fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
    huquq manbalaridan foydalana oladi;
    o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;
    huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;
    korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi,
    unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish
    ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
    jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;
    huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
    7-§. Iqtisodiy bilim asoslari fani
    Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanini o‘rganish
    bosqichlari
    Ta’lim
    bosqichi Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Iqtisodiy bilim asoslarini
    Umumiy
    o‘rta ta’lim
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A1
    o‘rganishning boshlang‘ich
    darajasi
    Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanining maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy
    maqsadi:
    o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
    ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul
    yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy
    vazifasi:
    o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom
    ettirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni shakllantirish;
    tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, ongli ravishda kasb
    tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
  18. Iqtisodiy savodxonlik kompetensiyasi
    A1
    asosiy iqtisodiy tushunchalarning mazmun va mohiyatini zarur vaziyatlarda bayon qilib bera
    oladi;
    iqtisodiyotga oid asosiy atamalarni hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda o‘z o‘rnida, og‘zaki yoki
    yozma nutqda qo‘llay oladi;
    iqtisodiy hodisa va jarayonlarni shaxs va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan tahlil qila
    oladi;
    bozor iqtisodiyotining amal qilishi qonuniyatlarini tushuntira oladi;
    odatiy va noodatiy hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
    muammolarga maqbul yechim topa oladi;
    asosiy milliy va xalqaro darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda modellar,
    diagrammalar, jadvallar, chizmalar, iqtisodiy xaritalar kabi iqtisodiy tahlil vositalaridan o‘rinli
    foydalana oladi;
    iqtisodiy ta’limga oid bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.
  19. Iqtisodiy madaniyatga ega bo‘lish kompetensiyasi
    A1
    o‘z ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarga maqbul ravishda egalik qiladi, ulardan samarali
    foydalanadi va tasarruf eta oladi;
    ijtimoiy ne’matlarga tejamkor va oqilona munosabatda bo‘ladi;
    iqtisodiy faoliyati jarayonida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga ustuvor munosabatda
    bo‘ladi;
    iste’molchi huquqlari, burchlari va majburiyatlarini biladi va ularga amal qiladi;
    shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlikda ro‘yobga chiqarish
    usul va vositalarini biladi;
    mavjud iqtisodiy va ta’limiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladi, eng maqbul yechim topa
    biladi;
    iqtisodiy munosabatlarga amaldagi qonunchilik doirasida kirisha oladi.
    8-§. Matematika fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich
    4-sinf bitiruvchilari A1 Matematika fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Matematika fani chuqur o‘rganiladigan
    Matematika fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim
    kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
    A1+
    muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf
    bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumta’lim maktablarining 9-sinf
    A2 Matematika fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Matematika fani chuqur o‘rganiladigan
    Matematika fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim
    A2+
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumta’lim maktablarining 11-sinf
    B1 Matematika fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Matematika fani chuqur o‘rganiladigan
    Matematika fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumta’lim
    B1+
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari
    Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom
    ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
    jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan,
    tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
    milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona
    foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy
    qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar
    haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
    inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-
    iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli
    qo‘llashga o‘rgatish;
    o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish
    ko‘nikmalarini shakllantirish;
    fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy
    qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
    Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
  20. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
    A1
    berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli
    ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
    sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
    sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
    tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;
    obyektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;
    sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar
    shaklida tasvirlay oladi.
    A1+
    arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli
    masalalarni yecha oladi;
    bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha
    oladi;
    sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
    elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab
    topadi, foydalana oladi.
    A2
    natural, butun va ratsional sonlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli
    ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
    foizlar, proporsiyalar va kasrlarga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;
    ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun ko‘rsatkichli darajalar, sodda radikallar, sodda
    trigonometrik ifodalarni o‘z ichiga olgan formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik
    hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda qo‘llay oladi;
    sodda ketma-ketliklar (jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalar) va funksiyalarni
    taniy oladi hamda tahlil qila oladi;
    tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar
    usullaridan foydalanib masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
    sodda fazoviy jismlarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qiladi, sharhlay oladi,
    sirtlarining yuzalari va hajmlarini tayyor formulalardan foydalanib hisoblay oladi;
    sodda kombinatorik masalalarni yecha oladi;
    amaliy vaziyatlarda hodisalarning ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini hisoblay oladi
    va baholay oladi.
    A2+
    sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga,
    juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi;
    ayniyatlarga, ko‘phadlarga, tenglamalar va tengsizliklarga oid nostandart masalalarni yecha
    oladi;
    uchburchaklar haqidagi klassik teoremalardan va murakkab bo‘lmagan yassi figuralar
    xossalaridan foydalanib geometrik masalalarni yecha oladi;
    graflarga, to‘plamlar, obyektlarning takrorsiz kombinatsiyalariga oid masalalarni yecha
    oladi;
    sodda amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini topa oladi, ro‘y
    berish-bermaslik imkoniyatlari bo‘yicha taqqoslay oladi;
    turli manbalardan ma’lumotlarni izlab topadi, dastlabki ishlov bera oladi.
    B1
    kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
    formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni
    bajara oladi;
    o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq
    va taqribiy yecha oladi;
    turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar
    grafiklarini tasvirlay oladi;
    murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi;
    o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor
    va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik
    tasdiqlarni isbotlay oladi;
    sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
    mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlar nazariyasi, kombinatorikaga oid amaliy
    va o‘quv masalalarni yecha oladi.
    B1+
    sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;
    nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi;
    sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi;
    o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha
    oladi;
    kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
    amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi
    va tahlil qila oladi;
    sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
  21. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
    A1
    ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi,
    rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;
    zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
    o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja
    asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
    matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;
    mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.
    A1+
    o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi;
    o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini
    tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
    A2
    masalalar yechishda, nazariy tasdiqlarni asoslashda isbotlashning sodda ketma-ketligini tuza
    oladi, mulohazalarning mantiqiy to‘g‘riligini baholay oladi;
    o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar, algoritmlar, ma’lumotlar manbalarini va zarur
    hollarda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
    o‘rganilayotgan matematik vaziyatda bilishning asosiy usullaridan (masalan, klassifikatsiya,
    analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish) foydalana oladi;
    masala yechimiga ijodiy yondasha oladi, yechimga yaqinlashish darajasini va olingan
    natijani baholay oladi hamda zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
    mustaqil ravishda o‘z bilimlarini oshiradi, yangi g‘oyalarni yaratadi va qabul qila oladi.
    A2+
    nostandart matematik holatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish,
    deduksiya va induksiya usullaridan foydalana oladi;
    qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi.
    B1
    murakkab bo‘lmagan hodisa va jarayonlarni matematik modellashtira oladi;
    o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va amaliy masala
    yechishda qo‘llay oladi;
    standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya
    va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
    B1+
    nostandart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya
    va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
    9-§. Informatika va axborot texnologiyalari fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini
    o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Informatika va axborot
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    5-sinf bitiruvchilari A1
    texnologiyalari fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    informatika va axborot texnologiyalari
    Informatika va axborot
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A1+
    texnologiyalari fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf
    kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
    bitiruvchilari
    9-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    A2 Informatika va axborot texnologiya
    fanini o‘rganishning tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    informatika va axborot texnologiyalari
    Informatika va axborot texnologiya
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    A2+
    fanini o‘rganishning kuchaytirilgan
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf
    tayanch darajasi
    bitiruvchilari
    Informatika va axborot texnologiya
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    11-sinf bitiruvchilari B1
    fanini o‘rganishning umumiy
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    informatika va axborot texnologiyalari
    Informatika va axborot texnologiya
    fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va
    B1+
    fanini kuchaytirilgan umumiy
    ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf
    darajasi
    bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini
    o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini
    o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari
    bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan
    iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari
    ta’limining asosiy vazifalari:
    o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida
    bilimlar berish;
    kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda
    to‘g‘ri bajara olish;
    algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
    kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda
    amaliyotda qulay olishga o‘rgatish;
    o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy
    fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali
    ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’limtarbiya
    olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni
    shakllantirish.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
  22. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
    A1
    informatika fani va uning rivojlanish tarixini biladi;
    kompyuterni to‘g‘ri ishga tushiradi va o‘chira oladi;
    kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi;
    kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarini biladi, ulardan foydalana oladi;
    axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
    operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi. Sodda grafik muharriri va uning
    imkoniyatlarini biladi;
    izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
    matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi, izlab topilgan matnli
    axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
    matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi
    tushunchalarini biladi, amalda qo‘llay oladi.
    A1+
    axborotlarni kodlashga doir sodda misollar keltira oladi, amaliy mashqlarni bajara oladi;
    kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari hamda ularning vazifalarini biladi, ulardan
    foydalana oladi;
    matn protsessorining sahifada ustunlar, gipermurojaat, kolontitul, ekranni suratga olish kabi
    imkoniyatlarini amalda qo‘llay oladi.
    A2
    axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
    axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;
    kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini
    biladi;
    axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida
    bilimga ega bo‘ladi;
    elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a
    oladi;
    internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi;
    taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi;
    elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi;
    kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy
    masalalarni yecha oladi;
    turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;
    elektron jadvallarda turli axborotlarni saqlay oladi.
    A2+
    axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi;
    axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi;
    kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
    turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi.
    B1
    axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;
    axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
    axborotlashgan jamiyat, axborot sistemalari haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
    multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
    grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning
    turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;
    tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to‘plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
    ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida bilimga ega
    bo‘ladi;
    kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi.
    B1+
    axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi;
    zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi;
    o‘zining sohasiga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi
    va ulardan foydalana oladi.
  23. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
    A1
    sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;
    grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
    matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;
    matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritish, tahrir qilish va
    saqlashni bajara oladi;
    matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtirish va
    formatlashni biladi;
    matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi.
    A1+
    sodda grafik muharriri yordamida murakkab bo‘lmagan rasm va tasvirlar chiza oladi, ular
    ustida grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
    matn protsessorida sahifaga ustunlar, gipermurojaat, diagramma, kolontitul, yozuv, ekran
    suratini joylashtira oladi, ularni tahrir qilish va formatlash imkoniyatlarini qo‘llay oladi.
    A2
    operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi;
    taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi;
    elektron jadvallarda elektron jadval imkoniyatlaridan foydalanib hujjatlar hosil qila oladi;
    elektron jadval elementlari ustida formatlash amallarini bajara oladi;
    elektron jadvallarda ma’lumotlar ombori va diagrammalar hosil qilib, turli amallarni bajara
    oladi;
    elektron jadvallar funksiyalaridan foydalanib sodda hisoblashlarni bajara oladi;
    axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni
    mustaqil bajara oladi;
    kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi;
    turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;
    dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir sodda dasturlar tuza oladi;
    media-savodxonlik bilimiga ega bo‘ladi;
    elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi;
    web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi.
    A2+
    elektron jadval funksiyalaridan foydalanib matematik, fizik va iqtisodiy yo‘nalishlarda
    hisoblashni va mantiqiy masalalarni hal eta oladi;
    tarkibiy web-sahifa ko‘rinishida axborot resurslarini tayyorlay oladi;
    dasturlash texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanib sodda dasturiy ta’minot hosil qila
    oladi.
    B1
    Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
    turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda
    tayyorlay oladi;
    rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;
    turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta
    ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;
    ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish
    uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;
    kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;
    web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;
    maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi
    va hisobotlar tayyorlay oladi;
    turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;
    obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza
    oladi.
    B1+
    rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;
    maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila
    oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;
    amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs
    tayyorlay oladi.
  24. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
    A1
    axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana
    oladi.
    A1+
    maxsus dastur yoki usul yordamida lokal tarmoq orqali turli shaklda saqlangan axborotlarni
    uzata oladi.
    A2
    axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan
    va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
    elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;
    axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi,
    media-savodxonlik talablariga rioya qiladi.
    A2+
    axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan
    va olinadigan axborotlar hajmini kichraytirish imkoniyatlaridan foydalana oladi.
    B1
    axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;
    axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;
    axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;
    matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata
    oladi.
    B1+
    axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar
    imkoniyatlaridan foydalana oladi;
    matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi
    sifatida saytga joylashtira oladi.
    10-§. Fizika, Astronomiya fani
    Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf
    o‘quvchilari A1 Fizika fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va
    Fizika fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    maktablarining 6-sinf o‘quvchilari
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Fizika fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va
    Fizika fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A2+
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf
    B1 Fizika, astronomiya fanlarini
    o‘rganishning umumiy darajasi
    Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va
    Fizika, astronomiya fanlarini
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    B1+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    maktablarining 11-sinf bitiruvchilari
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning asosiy
    maqsadi:
    fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni
    haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib
    toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim
    olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida
    foydalanishga o‘rgatish;
    o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
    o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy
    faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
    rivojlantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning vazifalari:
    o‘quvchilarda atrof olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularni hosil qilish,
    tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda
    asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan
    ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali
    o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar
    yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy
    va madaniy merosini avaylab asrash umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.
    Fizika, astronomiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
  25. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
    A1
    fizik jarayon va hodisalarni kuzata oladi, ularning mohiyati haqidagi dastlabki
    tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
    mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalari va oddiy mexanizmlarga oid dastlabki
    tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlarni, bog‘lanish
    formulalarini biladi va ulardan masalalar yechishda foydalana oladi.
    A1+
    fizik jarayon va hodisalarni ongli ravishda kuzata oladi, ularning mohiyatini tushuntirib bera
    oladi;
    fizik hodisalarga oid tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklarini,
    qonuniyatlarni, bog‘lanish formulalarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi va ulardan kundalik
    turmushda foydalana oladi.
    A2
    kuzatish natijalarini umumlashtirishda va bayon qilishda tegishli fizik kattaliklardan
    foydalana oladi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar ko‘rinishida yozadi
    va tushuntirib bera oladi;
    mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, optika, atom va yadro
    fizikasi asoslariga oid tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlari,
    bog‘lanish formulalarini biladi va amaliyotda foydalana oladi va ulardan kundalik turmushda
    foydalana oladi.
    A2+
    kuzatish natijalarini umumlashtirib, ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar
    ko‘rinishida yoza oladi va xulosa chiqara oladi;
    fizik qonuniyatlar va ularning bog‘lanish formulalari asosida amaliy tusdagi va muammoli
    masalalarni yecha oladi.
    B1
    fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ni, matematik ifodalarini
    mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi;
    mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, tebranishlar
    va to‘lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi asoslariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar,
    atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, bog‘lanish formulalarni biladi
    va ularni amaliyotda qo‘llay oladi.
    astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzata oladi, olgan bilimlarini tushuntira
    oladi;
    olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila
    oladi;
    osmon jismlarini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini
    tushunadi va tushuntirib bera oladi.
    B1+
    fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar tizimi (SI)ni, matematik ifodalarini
    mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi. Olingan nazariy va amaliy bilimlardan fan,
    texnika va kundalik turmushda foydalana oladi. Fizik qonun, qoida va qonuniyatlarning matematik
    ifodasini bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkaza oladi va tushuntirib bera oladi.
    fizika bo‘limlariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar
    va ularning birliklari, qonuniyatlarini ta’lim yo‘nalishlari (klassifikatsiyasi) bo‘yicha amaliyotda
    qo‘llay oladi.
    astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzatadi, tahlil qiladi va olgan bilimlarini
    tushuntira oladi;
    olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila
    oladi;
    osmon jismlari, ularning ko‘rinma harakatini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni
    hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Tegishli qonunlarga doir
    masalalarni yecha oladi.
  26. Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish
    kompetensiyasi
    A1
    amaliy topshiriqlarni bajaradi, tegishli fizik kattaliklarni o‘lchaydi, natijalarini jadval
    ko‘rinishda yozadi va xulosalar chiqara oladi;
    fizik tushuncha va kattaliklar birliklarini biladi va mazkur kattalikni boshqa kattaliklar bilan
    formulalar orqali bog‘lay oladi.
    A1+
    tajriba o‘tkaza oladi, tegishli fizik kattaliklarni o‘lchaydi, natijalarini umumlashtiradi,
    xulosalar chiqara oladi;
    fizik kattaliklarni bir xil tizimga keltirishni biladi, kattaliklarni formulalar orqali bog‘laydi
    hamda tushuntirib bera oladi.
    A2
    laboratoriya tajribalarini o‘tkazadi, natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlaydi,
    xulosalar chiqara oladi;
    fizik kattaliklarni bir xil tizimga keltirishni biladi;
    fizik kattaliklarni o‘lchashdagi xatoliklarni hisoblay oladi.
    A2+
    bevosita aniqlanadigan kattaliklarni fizik asboblar vositasida o‘lchay oladi va bilvosita
    aniqlanadigan fizik kattaliklarni va ularni o‘lchashdagi xatoliklarni hisoblay oladi.
    B1
    mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni solishtiradi, natijalarini jadval
    va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi, tegishli xulosalar chiqara oladi;
    fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi.
    oyni kuzatish orqali uning sirt obyektlari (tog‘lar, dengizlar va kraterlar) haqida bilimlarga
    ega bo‘ladi;
    planetalarning koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt obyektlari
    haqida xulosalar bera oladi.
    Nazariy bilimlar asosida osmon jismlarigacha bo‘lgan masofa, ularning o‘lchami
    va massasini hisoblashga doir masalalar yecha oladi.
    B1+
    mustaqil ravishda tajriba qurilmalarini yig‘adi, tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni
    solishtira oladi, tahlil qila oladi;
    natijalarni jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi va tegishli xulosalar chiqara oladi;
    fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi.
    Fizik kattaliklarning bevosita o‘lchangan va bilvosita hisoblab topilgan qiymatlarini
    solishtira oladi, o‘lchash va hisoblash xatoliklarini aniqlay oladi;
    fizik kattaliklarni o‘lchovchi asboblarning ishlash prinsipini biladi;
    tadqiqotchilik xususiyatlarini namoyon qila oladi.
    Osmon jismlarini kuzatish orqali ularning sirt obyektlari haqida bilimlarga ega bo‘ladi;
    osmon jismlarining koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt
    obyektlari haqida xulosalar bera oladi.
    3.Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi
    A1
    fizik tushunchalar, qoidalar, qonunlar va formulalardan foydalanib sodda masalalarni yecha
    oladi;
    o‘lchov asboblari va jihozlardan (sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka,
    dinamometr, termometr, barometr, manometr va shu kabilardan) foydalana oladi, fizik asboblar
    bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
    A1+
    fizik hodisalarga doir masalalarni yecha oladi;
    fizik o‘lchov asboblaridan amaliyotda va kundalik turmushda foydalana oladi.
    A2
    fizik qonunlar va formulalardan foydalanib amaliy va sifatga doir masalalar yecha oladi;
    o‘lchov asboblari va jihozlardan (psixrometr, elektrometr, ampermetr, voltmetr, ommetr,
    mikrofon, lupa, ko‘zoynak va shu kabilardan) foydalana oladi, fizik asboblar bilan ishlash
    jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.
    A2+
    fizik qonuniyatlardan, o‘lchov asboblari va jihozlardan amaliyotda, texnika hamda hayotiy
    faoliyatda foydalana oladi;
    fizika asboblarining o‘lchash xatoligini baholay oladi.
    B1
    fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi;
    fanga oid oddiy darajadagi masalalarni yecha oladi.
    o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr,
    lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson
    g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele,
    fotorezistorlar, kompyuter, videoproyektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning
    o‘lchash xatoligini baholay oladi, fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi
    qoidalariga rioya qiladi.
    Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini biladi va ulardan foydalana
    oladi;
    katta va kichik ayiq yulduzlariga tayanib olam qutbini topa oladi;
    olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi;
    joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi.
    B1+
    fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalariga tatbiq eta oladi;
    fanga oid o‘rtacha darajadagi masalalarni yecha oladi.
    o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr,
    lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson
    g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele,
    fotorezistorlar, kompyuter, videoproyektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning
    o‘lchash chegarasi va xatoligini baholay oladi, fizik jihozlarning ishlash prinsipini tushuntirib bera
    oladi, fizika asboblari bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
    Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini, ishlash prinsipini biladi
    va ulardan foydalana oladi;
    Osmon jismlari joylashuviga ko‘ra olam qutbini topa oladi;
    olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi;
    joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi.
    11-§. Kimyo fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf
    A1 Kimyo fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan
    Kimyo fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    maktablarining 7-sinf bitiruvchilari
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Kimyo fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A2+ Kimyo fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf
    B1 Kimyo fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    B1+ Kimyo fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    maktablarining 11-sinf bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlariga va hayotiy tajribalariga tayangan holda
    kimyo o‘quv fanining eng muhim kimyoviy tushunchalari hamda kimyo o‘quv xonasida ishlash
    xavfsizligi bilan tanishtirish;
    o‘quvchilarda tayanch va kimyo o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
    tabiatda sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlar asosida sodir
    bo‘lishini, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik
    moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom
    ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga
    o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika
    taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan
    hissalari bilan tanishtirish;
    tabiatdagi kimyoviy jarayonlar, hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, anorganik moddalarning
    xossalari, olinish usullari, ularga oid masalalarni yechish, tajribalar o‘tkazish, eng muhim anorganik
    va organik moddalarning ahamiyati, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri haqidagi
    bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish
    kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish.
    Kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
    malaka talablari
  27. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
    A1
    kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar,
    hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
    modda, uning tuzilishi, tarkibi va ayrim xossalarini biladi;
    kimyoviy element, valentlik, formula, reaksiya turlarini tuza biladi va tushuntira oladi;
    kimyoviy qonuniyatlar, atom-molekulyar ta’limot haqidagi dastlabki bilimlarni tushuntira
    oladi;
    eng muhim anorganik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi
    va ularni tushuntira oladi;
    uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladi va unga
    amal qiladi.
    A1+
    turli moddalar hajmi, massasi, formulasini topishni, mavzu doirasida tajribalar bajarishni,
    masalalar yechishni biladi.
    A2
    kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari,
    oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi
    va tushuntira oladi;
    metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi
    va ularni tushuntira oladi;
    organik birikmalar haqida umumiy tushunchalarga ega, ularning ahamiyati, ishlatilish
    sohalari haqida biladi va tushuntira oladi;
    nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara
    oladi;
    buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan
    hissalari haqida biladi va tushuntira oladi.
    A2+
    anorganik moddalar orasidagi bog‘lanish, reaksiyaning oxirigacha borish shartlarini biladi
    va tushuntira oladi.
    B1
    umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik
    birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid
    bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;
    organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi
    haqida biladi va tushuntira oladi;
    B1+
    kolloid va dag‘al dispers sistemalar, eritmalarning konsentratsiyalarga bog‘liqligi,
    oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya
    va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuli
    va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi;
    elektroliz qonunlari, PN va PONni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti
    bo‘yicha masalalar yecha oladi;
    organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar
    tuzilishiga bog‘liqligini tushuntira oladi.
  28. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
    A1
    kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
    kimyoviy jarayon va hodisalarni kimyoga tegishli terminlar asosida ifodalay oladi;
    kimyoviy reaksiya turlari nomlari, ularga oid tenglamalarni yoza oladi.
    A1+
    molyar massa, molyar hajm, Avogadro soni o‘rtasidagi bog‘liqlikni formulalar asosida
    tushuntiradi va yozma ifodalay oladi.
    A2
    kichik va katta davr elementlarini, kimyoviy bog‘lanish turlarini yozma va og‘zaki ifodalay
    oladi;
    kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiyalanishini, ion almashinish tenglamalarini yoza oladi.
    A2+
    atomda elektronlarning pog‘onachalar bo‘yicha joylashishini va davriy qonunni tushuntira
    oladi;
    modda kristall panjaralari va ularning bir-biridan farqini izohlay oladi.
    B1
    organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari,
    izomerlarining travial, IYuPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
    organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar
    tenglamalarini yoza oladi;
    moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan
    ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi.
    B1+
    atomlarning tuzilishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko‘ra farqlarini ifodalay oladi;
    organik birikmalar sinflarini formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning
    kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi.
  29. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
    A1
    kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
    maktab laboratoriya jihozlari bilan ishlash xavfsizlik qoidalarini biladi va ularga amal qiladi.
    A1+
    eritmalar bobi mavzulariga, kimyoviy elementlar va moddalarning ekvivalentini topishga
    doir masalalarni yecha oladi;
    o‘rganilgan mavzular asosidagi laboratoriya tajribalarini bajara oladi;
    eritmalardan kundalik turmushda hayotiy faoliyatda foydalana oladi;
    A2
    anorganik birikmalarning kimyoviy xossalariga oid sodda turdagi masalalarni yecha oladi;
    O’zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ular haqidagi ma’lumotlarga ega
    bo‘ladi va ishlab chiqarish jarayonlari, moddalardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi;
    organik birikmalar namunalari to‘plami asosidagi turli organik mahsulotlar haqida
    tushunchaga ega;
    kimyoviy qonuniyatlar asosida o‘rganilganlaridan kundalik turmushda, hayotiy faoliyatda
    foydalana oladi.
    A2+
    eritma turlari va ularni tayyorlash tajribalarini amalda bajara oladi;
    kimyoviy bog‘lanish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, element, birikmalarning
    xossalariga oid masalalarni yecha oladi.
    B1
    organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organik birikmalarning
    laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olish va xossalarini o‘rganishga oid amaliy
    va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi;
    kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi;
    kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi.
    B1+
    tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;
    amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarni bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza
    oladi;
    organik birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishning elektron nazariyasi, alkanlarda almashinish
    reaksiyasining radikal mexanizmi, galogenlash reaksiyasining energetik balansi, nukleofil
    reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar,
    uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha
    oladi;
    kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
    12-§. Biologiya
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    5-sinf bitiruvchilari A1 Biologiya fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Biologiya fanini o‘rganishning
    biologiya fani chuqur o‘rganiladigan
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    sinflar va ixtisoslashtirilgan
    darajasi
    maktablarning 5-sinf bitiruvchilari
    Biologiya fanini
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2
    o‘rganishning tayanch
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Biologiya fanini o‘rganishning
    biologiya fani chuqur o‘rganiladigan
    A2+
    kuchaytirilgan
    sinflar va ixtisoslashtirilgan
    tayanch darajasi
    maktablarning 9-sinf bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    11-sinf bitiruvchilari B1 Biologiya fanini o‘rganishning
    umumiy darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    biologiya fani chuqur o‘rganiladigan
    B1+ sinflar va ixtisoslashtirilgan
    Biologiya fanini o‘rganishning
    kuchaytirilgan umumiy darajasi
    maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi:
    o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro
    munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish,
    o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan
    iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning vazifalari:
    asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;
    tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari
    haqida ma’lumot berish;
    organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;
    o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush
    tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;
    biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan
    bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
    tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod
    ongiga singdirish;
    biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda
    yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish
    orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan
    bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
    Biologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
    malaka talablari
  30. Biologik obyektlari tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash
    kompetensiyasi
    A1
    tabiiy obyektlari taniydi (hujayra, o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalar, odam
    organizmi, tirik organizmlarning tuzilish darajalari), ularning tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni
    anglaydi, biologik jarayonlar modda va energiya almashinuvi, oziqlanish, nafas olish, ayirish,
    ta’sirlanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning boshqarilishi mohiyatini yorita
    oladi, qiyoslaydi, umumiy va farqli jihatlarini aniqlay oladi.
    A1+
    tirik organizmlarning xilma-xilligini biladi, ularga xos belgilarni tasavvur qila oladi,
    organizmlarga xos belgilarni qiyoslay oladi, umumiy va farqli jihatlarini tushuntirib bera oladi.
    A2
    atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning
    mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan muammolarini
    anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida g‘oyalarni ilgari sura oladi, o‘z fikrini bayon eta oladi
    va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan
    xulosalar chiqara oladi.
    biologik axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop
    adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar)
    bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay
    oladi.
    A2+
    genetika asoslaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash yuzasidan masala
    va mashqlar yecha oladi va ularni amalda qo‘llay oladi.
    B1
    biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik
    xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar,
    gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi,
    tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi;
    biologik obyekt, hodisa, jarayonlar (tur — asosiy sistematik birlik; tur mezonlari;
    evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy
    tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga
    moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini
    tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.
    tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik
    omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq
    to‘ri, biosfera — global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada
    insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini
    tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi;
    axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar,
    biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay
    oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.
    B1+
    tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar,
    biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan
    bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.
  31. Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa
    qilish kompetensiyasi
    A1
    maktab tajriba maydonida va sinf xonalarida o‘stirilayotgan o‘simliklarni taniydi,
    maktabning tirik burchagidagi va tabiatdagi hayvonlarni kuzata oladi. Tajriba maydonlarida
    o‘stirilayotgan o‘simliklarda tajribalar o‘tkaza oladi va xulosalar chiqara oladi. Biologiya xonasida
    mavjud didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari bilan ishlay oladi, vaqtinchalik
    preparat tayyorlay oladi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni biladi.
    A1+
    maktab tajriba maydonida o‘stirilayotgan o‘simliklar va uning organlaridan gerbariy
    tayyorlay oladi, umurtqasiz hayvonlardan kolleksiyalar to‘plash yo‘llarini biladi va ularni izohlay
    oladi, tayyorlangan kolleksiyalarni tushuntira oladi va xulosalar chiqara oladi.
    A2
    biologik obyektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini
    o‘rganish uchun tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib boradi, ma’lumotlar
    to‘playdi, natijalarni qayd etadi, olingan natijalarni tahlil qila oladi, umumlashtiradi, xulosa qila
    oladi.
    A2+
    tabiatda organizmlarning moslanishi va tarqalishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar
    asosida ularni himoya qilish yo‘llarini biladi va tushuntira oladi.
    B1
    atrof muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra
    tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni
    aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd
    etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi;
    didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay
    oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik
    qoidalariga rioya qiladi.
    B1+
    biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba
    va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya
    mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.
  32. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya
    A1
    tabiatda o‘zini tutishning asosiy qoidalari va sog‘lom turmush tarzi asoslarini biladi,
    o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash qoidalarini biladi va o‘z organizmini nazorat qila oladi.
    A1+
    salomatlikni asrash va tabiatda o‘zini tutishning asosiy qoidalarini, organizmni chiniqtirish
    yo‘llarini biladi va unga amal qila oladi.
    A2
    odamda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish haqidagi ma’lumotlarni biladi;
    yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish maqsadida gigiyenik va ratsional
    ovqatlanish qoidalarini, organizmlarda parazitlik qiladigan hayvonlarning rivojlanish siklini
    o‘zlashtirgan holda ularga qarshi kurash usullarini biladi, yuqtirmaslik chora-tadbirlarini qo‘llay
    oladi, zaharli o‘simliklar va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini ola oladi, turli
    omillar va hayvonlar tomonidan jarohatlanganda, shamollaganda, kuyganda, oftob va sovuq
    urganda, suyak va paylar shikastlanganda, suvga cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish usullarini
    qo‘llay oladi;
    kun tartibiga rioya qiladi, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga
    oshirish yo‘llarini tushunadi, inson salomatligiga ekologik omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini,
    zararli odatlarning oqibatlarini tahlil qilib izohlay oladi;
    ta’lim muassasasi va mahallalarda obodonlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy
    foydali tadbirlarda faol qatnashadi, biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida xona o‘simliklarini,
    maktab tajriba yer maydonchasida madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarini parvarishlaydi
    va ko‘paytirishni bajara oladi;
    tabiat va boshqa insonlar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara
    oladi, tabiat go‘zalliklari va biologik obyektlarini estetik jihatdan baholay oladi.
    A2+
    ekologik omillarning tabiatga va inson salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini izohlaydi va
    ularni o‘zgalarga tushuntira oladi.
    B1
    sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash
    va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash,
    jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;
    ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik
    omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat
    va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;
    tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni
    ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.
    B1+
    tabiat — inson — jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi
    me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;
    sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal
    etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
    13-§. Tabiatshunoslik va geografiya fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya fanini o‘rganish
    bosqichlari
    Bitiruvchilar
    Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    A1 Tabiiyot fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Tabiiyot fani chuqur o‘rganiladigan
    Tabiiyot fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A1+
    kuchaytirilgan boshlang‘ich
    maktablarining 4-sinf bitiruvchilari
    darajasi
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf
    A2 Geografiya fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan
    Geografiya fanini o‘rganishning
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    A2+
    kuchaytirilgan tayanch darajasi
    maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf
    B1 Amaliy geografiya fanini
    o‘rganishning umumiy darajasi
    Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan
    Amaliy geografiya fanini
    ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
    B1+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    maktablarining 11-sinf bitiruvchilari
    umumiy darajasi
  33. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik, geografiya fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya o‘quv fanini
    o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy
    kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;
    jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer
    yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar
    haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy
    bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
    o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib,
    geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya fanini o‘qitishning
    asosiy vazifalari:
    o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni
    asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni
    kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy
    hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon
    talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan
    tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga
    o‘rgatishdan iborat.
    Tabiatshunoslik va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
    Tabiatshunoslik va geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur
    va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari:
  34. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish
    va tushuntirish kompetensiyasi:
    A1
    quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;
    yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi;
    tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;
    kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi,
    termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;
    ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi;
    O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta oladi.
    A1+
    Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va ayta oladi.
    A2
    Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada
    kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;
    tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr,
    flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;
    materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif
    bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi;
    yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil
    va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;
    jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik
    rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-
    geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;
    aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi
    va misollar bilan izohlay oladi;
    aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi
    migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;
    dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;
    geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir
    amaliy topshiriqlarni yecha oladi.
    A2+
    Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda
    jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan o‘z o‘lkasi tabiatida
    namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi;
    tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat,
    yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;
    statistik ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil qila
    oladi;
    turli ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini mustaqil
    ravishda tuza oladi;
    ishlab chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini ayta
    oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi.
    B1
    Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi
    va tushuntira oladi;
    geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari — bir butunlik, modda va energiya almashinuvi,
    ritmiklik, zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishini biladi;
    globallashuv ta’sirida jahon xo‘jaligi, dunyoning geosiyosiy tuzilishida ro‘y berayotgan
    o‘zgarishlarni biladi va tahlil qiladi, ularni misollar bilan izohlay oladi;
    insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
    jahonning yirik mintaqalari va turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir
    etuvchi geografik omillarni tushunadi va tushuntiradi;
    Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rnini biladi.
    B1+
    hozirgi zamonning dolzarb muammolari — suv, energetika, oziq-ovqat, xom ashyo
    muammolarining mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi, ularning rivojlangan va rivojlanayotgan
    mamlakatlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishlarini misollar bilan izohlay oladi;
    O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar,
    mintaqaviy siyosatning hududlar, jumladan o‘zi yashaydigan joydagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
    jarayonlariga ta’sirini biladi.
  35. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
    A1
    O‘zi yashaydigan joy (mahalla, qishloq, tuman, shahar) nomlarini biladi, u yerdagi geografik
    obyektlaring (tog‘, tekislik, suv havzalari va boshqalarning) nomlanishini og‘zaki va yozma
    ravishda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    O‘zbekistondagi viloyat va shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi.
    A1+
    Joy nomlarining o‘ziga xos mazmun va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ayta oladi.
    A2
    Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik obyektlar
    nomlarida aks etganligini ayta oladi;
    tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta oladi
    va to‘g‘ri yoza oladi;
    geografik obyektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi
    yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.
    A2+
    davlatlar, ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va shaharlar,
    tabiiy geografik obyektlaring tarixda turli nomlanganligini, geografik obyektlaring qayta nomlanish
    holatlarini misollar bilan izohlay oladi;
    geografik xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini ayta
    oladi va amaliyotda qo‘llaydi.
    B1
    dunyoning tabiiy va geosiyosiy mintaqalarning nomlarini izohlay oladi, bir-biriga yaqin
    geografik nomlarning (Lotin Amerika va Markaziy Amerika, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo
    va hokazolarning) o‘zaro farqini ayta oladi.
    B1+
    davlatlar, mintaqalar, shaharlar va boshqa obyektlaring nomlari tarixiy, madaniy va siyosiy
    mazmun-mohiyatga ega ekanligini biladi.
  36. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
    A1
    globus, dunyoning yarim sharlari xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalaridan
    geografik obyektlaring joylashgan o‘rnini ko‘rsata oladi;
    O‘zbekistonning tabiiy xaritasidan o‘zi yashaydigan hududni, mamlakatimizdagi eng baland
    tog‘lar, tekisliklar, daryolar va boshqa geografik obyektlari ko‘rsata oladi.
    A1+
    globus va geografik xaritalarning masshtablari yordamida geografik obyektlaring
    o‘lchamlarini hisoblab chiqara oladi.
    A2
    globus va geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va parallellar)
    yordamida geografik obyektlaring joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini hamda
    o‘lchamlarini aniqlay oladi;
    joy tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida, joylarda
    yo‘nalish olish, relyefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi;
    mavzuli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti
    va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi;
    o‘quv atlasi yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy,
    tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi va b.) xaritalarini
    tushira oladi.
    A2+
    xaritalarda qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan
    ishlay oladi;
    kartografik andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi;
    geografik xaritalardan foydalanib hududlarning kompleks geografik profillarini tuza oladi.
    B1
    geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning
    tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif beradi va qiyosiy tahlil qila oladi.
    B1+
    mavzuli xaritalar asosida ma’lum bir hududlarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi o‘rtasidagi
    bog‘liqlikni aniqlay oladi.
  37. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
    A1
    O‘zi yashaydigan joy tabiati, O‘zbekistondagi tabiat boyliklari, diqqatga sazovor tabiat
    obyektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi;
    tevarak atrofdagi tabiiy muhitni (suv, havo, tuproqni) asrab, ulardan tejamkorlik bilan
    foydalana oladi.
    A1+
    Mamlakatimizning cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni muhofaza
    qilish haqida biladi va aytib bera oladi.
    A2
    Tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik
    muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira oladi;
    tabiiy resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi;
    materiklar, turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar,
    ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va misollar bilan izohlay
    oladi.
    A2+
    Turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar
    bilan izohlay oladi.
    B1
    Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya va Okeaniya kabi
    yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini tahlil
    qila oladi;
    O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekologik muammolarning mohiyati
    va kelib chiqishi omillarini biladi, mintaqadagi yagona ekologik muhit, transchegaraviy ekologik
    muammolar mohiyatini tushunadi.
    B1+
    Xalqaro tashkilotlar va turli davlatlar tomonidan global ekologik muammolarni hal etishga
    qaratilgan xatti-harakatlar, bu boradagi tuzilgan va imzolangan xalqaro va davlatlararo shartnomalar
    haqida biladi va ayta oladi.
    14-§. Musiqa madaniyati fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standarti
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumta’lim maktablarining
    Musiqa madaniyati fanini
    boshlang‘ich 4-sinf
    A1
    o‘rganishning boshlang‘ich
    bitiruvchilari
    darajasi
    Umumta’lim maktablarining
    7-sinf bitiruvchilari A2 Musiqa madaniyati fanini
    o‘rganishning tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi:
    o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur,
    vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda
    jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi:
    musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni
    amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni,
    ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;
    o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish,
    tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
    Musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
  38. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
    A1
    musiqa san’at turlaridan biri ekanligini ajrata oladi;
    milliy musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
    oddiy musiqaga oid atamalarni bir-biridan ajrata oladi;
    musiqaning ifoda vositalaridan (o‘lchov-usullar, dinamik belgilar, repriza va boshqalardan)
    foydalana oladi.
    musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi.
    A2
    musiqa san’atning qadimiy turi ekanligi, o‘zbek xalq musiqasi asrlar davomida sayqal topib,
    rivojlanganligi, u xalqimizning boy madaniyati, milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirishi
    va umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi ekanligini tasavvur qila oladi;
    O‘zbekiston hududida mumtoz musiqaning mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning
    o‘xshashligi va o‘ziga xosligini farqlay oladi;
    har bir mahalliy uslubda o‘ziga xos ijrochilik uslublari va cholg‘u asboblarini farqlay oladi;
    Farg‘ona — Toshkent, Samarqand — Buxoro, Surxondaryo — Qashqadaryo, Xorazm
    ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlarini (maqom, doston, katta ashula, folklor
    musiqasini) va ularning mashhur ijrochilarini bila oladi;
    o‘zbek musiqasida sahnaviy musiqa asarlari, estrada janri, kino musiqasi va ularning o‘ziga
    xos xususiyatlarini farqlay oladi;
    jahon va sharq xalqlari mumtoz musiqa namunalarini bir-biridan farqlay oladi;
    orkestr, ansambl va xorga oid oddiy atamalarni farqlay oladi.
  39. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
    A1
    o‘rganilgan qo‘shiqlarni birgalikda kuylay oladi;
    jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi.
    dinamik belgilarga qarab ovozni to‘g‘ri yo‘naltira oladi.
    A2
    kuylashda dinamik belgilarga amal qiladi, o‘zi va o‘rtoqlari ijro etgan qo‘shiqlarning
    ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay oladi;
    o‘rganilgan qo‘shiqlarni sof ohangda kuylay oladi;
    kuylash madaniyatiga va mahoratiga ega bo‘la oladi;
    xorda kuylay oladi.
  40. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi
    A1
    kuyni tinglaydi va unga tavsif bera oladi;
    musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini
    topa oladi.
    A2
    musiqa janrlarining nomlarini ayta oladi va ijro uslubidan ularni farqlay oladi;
    o‘zbek xalq ommaviy va kasbiy musiqa janrlarining mahalliy uslubdagi sodda variantlarini
    tinglab ajrata oladi.
    15-§. Tasviriy san’at fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Tasviriy san’at o‘quv fanini
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1
    o‘rganishning boshlang‘ich
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Tasviriy san’at o‘quv fanini
    tasviriy san’at fani chuqur o‘rganiladigan
    A1+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    sinflar va ixtisoslashtirilgan
    boshlang‘ich darajasi
    maktablarning 4-sinf bitiruvchilari
    bitiruvchilari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf
    A2 Tasviriy san’at o‘quv fanini
    o‘rganishning tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Tasviriy san’at o‘quv fanini
    tasviriy san’at fanini chuqur o‘rganiladigan
    A2 +
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning
    tayanch darajasi
    7-sinf bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning maqsadi:
    o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish, badiiy tafakkurni yuksaltirish, estetik va
    emotsional sezgirlikni o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan bilimlarni egallash, ulardan
    kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning asosiy
    vazifalari:
    tasviriy va amaliy san’at asarlarini, badiiy hunarmandchilikni, me’morchilik va dizayn
    san’atiga oid tarixiy namunalar hamda zamonaviy san’at asarlarini tahlil qilishga va amaliy
    faoliyatida qo‘llashga o‘rgatish;
    naturaning xarakterli jihatlarini ko‘ra olishga, tahlil qilishga va tasvir yoki haykalni ishlash
    bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olishga o‘rgatish;
    texnika va texnologiyalarning takomillashib borishi asosida fanlar integratsiyasini hisobga
    olgan holda to‘g‘ri va ongli kasb tanlashga yo‘naltirish;
    tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
    Tasviriy san’at fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari
  41. Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish
    kompetensiyasi
    A1
    naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi;
    sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;
    naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi;
    tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi;
    perspektiva qoidalarini amaliy ishda qo‘llay oladi.
    A1+
    naturaning shakli, hajmi, tuzilishini tahlil qila oladi;
    tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;
    naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi.
    A2
    naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi;
    tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi;
    naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi;
    amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi;
    O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini tahlil qila oladi;
    naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
    A2+
    naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi;
    tasvirlashda perspektivaning qonuniyatlaridan foydalana oladi;
    naturani tasvirlashda kompozitsiya qonun va qoidalaridan foydalana oladi;
    O‘zbekiston va jahon tasviriy san’at asarlarini farqlaydi, idrok etadi va tahlil qila oladi;
    tasviriy san’atning tur va janrlari asosida amaliy ish bajara oladi.
  42. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi
    A1
    ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi;
    tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi;
    tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil
    qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
    A1+
    qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi;
    turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi;
    sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra
    oladi va tasvirlash layoqatiga egallay oladi.
    A2
    O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini biladi, tahlil qila oladi va undan ta’sirlana
    oladi;
    tasviriy san’atning janrlari, oqim va yo‘nalishlarini farqlay oladi;
    tasvir ishlash bosqichlariga amal qila oladi;
    naturaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligini farqlay oladi;
    tasvirlashda ishlatiladigan yordamchi chiziqlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    tasvir ishlashda soya-yorug‘ qismlarini ajratadi, ish jarayonida qo‘llay oladi;
    tasvir ishlash jarayonida asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
    plastilin yoki loy bilan ishlash bosqichlarini bajara oladi.
    A2+
    O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini badiiy tahlil qiladi va asar xususiyatini
    mazmunan ifodalay oladi;
    tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalarini biladi va ularni amalda qo‘llay oladi;
    amaliy san’atda rangshunoslik qoidalariga amal qila oladi;
    maxsus material va ish qurollaridan foydalana oladi.
    16-§. Chizmachilik fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumta’lim maktablarining 8-sinf
    bitiruvchilari A1 Chizmachilik fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumta’lim maktablarining 9-sinf
    bitiruvchilari A2 Chizmachilik fanini o‘rganishning
    tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning
    maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarning hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatda ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish,
    murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar
    vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
    chizmalar chizish va chizmani o‘qish qoidalariga amal qilish, grafik tafakkurini hayotda
    qo‘llay olish layoqatini shakllantirish;
    texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
    chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalardan, sodda elektron dasturlardan
    amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
    texnika va texnologiyalarning takomillashib borishini hisobga olgan holda ongli ravishda
    kasb tanlashga yo‘naltirish;
    chizmachilik ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri
    bajarishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
    Chizmachilik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
    malaka talablari
    Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish
    kompetensiyasi
    A1
    Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri
    chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proyeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini
    bir-biridan ajrata oladi;
    detal modellarini konstruksiyalay oladi;
    yaqqol tasvirlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasmlarni chiza oladi.
    A2
    Kesim, qirqim, shartlilik va soddalashtirish, loyihalash elementlari, boltli va shpilkali
    birikmalar, oddiy yig‘ish chizmalarini tuzadi va o‘qiy oladi;
    sodda buyumlarni konstruksiyalash, kinematik-radio va elektrik sxemalarni, qurilish
    chizmalarini chiza oladi, ular haqidagi fikrlarni og‘zaki va yozma bayon eta oladi.
  43. Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish
    kompetensiyasi
    A1
    Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni
    bajarish, proyeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proyeksiyalarni yasash hamda detalning
    eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
    A2
    Kesim va qirqim chizmalarni to‘g‘ri tasvirlay oladi;
    tarkibida loyihalash elementlari bo‘lgan chizmalarni bajara oladi;
    boltli va shpilkali birikmalarni chiza oladi;
    oddiy yig‘ish chizmalari hamda sodda buyumlarning konstruksiyalarini chizishda,
    sxemalarni, qurilish chizmalarini bajarishda ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
    17-§. Texnologiya fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajalari Daraja nomlanishi
    Texnologiya fanini
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1
    o‘rganishning boshlang‘ich
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Texnologiya fanini
    texnologiya o‘quv fani chuqur
    A1+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan
    boshlang‘ich darajasi
    maktablarning 4-sinf bitiruvchilari
    Texnologiya fanini
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf
    bitiruvchilari A2
    o‘rganishning tayanch
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    Texnologiya fanini
    texnologiya o‘quv fani chuqur
    A2+
    o‘rganishning kuchaytirilgan
    o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan
    tayanch darajasi
    maktablarning 9-sinf bitiruvchilari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanining maqsad va vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan
    operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash,
    kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha
    olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
    vazifalari:
    materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik
    jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
    texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini
    bilish;
    texnologik jarayonlarni boshqara olish hamda maxsus va umummehnat operatsiyalarini
    amaliyotda qo‘llay olish;
    texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
    texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot
    sifatini tahlil qilish;
    buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini,
    mahsulot sifatini baholash;
    ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya
    faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
    Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
  44. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish,
    texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi
    A1
    turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, yelimlash, sodda loyihalash
    ishlarini bajara oladi;
    tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi;
    turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish
    rejasini tuza oladi;
    sodda buyumlarni tika oladi;
    kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiy oladi;
    oddiy modellarni yasay oladi;
    o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-
    gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
    A1+
    sodda naqsh elementlarini chiza oladi;
    naqsh elementlaridan kompozitsiya tuza oladi;
    tabiiy materiallarda sodda naqsh elementlarini tasvirlay oladi;
    hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara oladi;
    kashtachilik yo‘nalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika oladi.
    A2
    tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi;
    materiallarni saralay oladi;
    buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi;
    materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi;
    detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi;
    buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;
    texnik obyektlari biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;
    kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi;
    harakatlanuvchi modellarni yasay oladi;
    asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi;
    xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi;
    elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi;
    sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;
    texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini biladi;
    sanoat sohalari bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘ladi;
    zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi;
    turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda
    texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.
    A2+
    mahsulot tarkibi, xossalari va xususiyatlarini aniqlaydi, tavsiflay oladi;
    xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha buyumlarni texnologik loyihalash va tayyorlashda
    texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;
    xom ashyolarga badiiy ishlov bera oladi;
    xalq hunarmandchiligi bilan uyg‘unlashgan kasb-hunarlarini sodda ish usullari vositasida
    qo‘llay oladi.
  45. Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion
    kompetensiya
    A1
    o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;
    egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya
    eta oladi.
    A1+
    hunarmandlarning qo‘l mehnatiga oid bilimini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni
    bajara oladi.
    A2
    hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi;
    o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi;
    mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi;
    A2+
    texnologik loyihalash va jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qila
    oladi;
    o‘z xato va kamchiliklarini anglay oladi, ko‘ra biladi va tuzatishga harakat qila oladi.
    18-§. Jismoniy tarbiya fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Standart
    darajalari Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Jismoniy tarbiya fanini o‘rganishning
    boshlang‘ich darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    9-sinf bitiruvchilari A2 Jismoniy tarbiya fanini
    o‘rganishning tayanch darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
    11-sinf bitiruvchilari B1 Jismoniy tarbiya fanining umumiy
    darajasi
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning maqsad va
    vazifalari
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning asosiy
    maqsadi:
    o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi
    to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay
    olish layoqatini shakllantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning asosiy
    vazifalari:
    sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish;
    jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
    sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;
    sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy
    tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
    Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
    qo‘yiladigan malaka talablari
  46. Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish
    kompetensiyasi
    A1
    kun tartibi qoidalariga rioya qila oladi;
    ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara oladi;
    saflanish va yurish qoidalarini bajara oladi;
    harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini biladi;
    jismoniy mashqlarni inson salomatligiga ta’sirini biladi;
    shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini biladi.
    A2
    Jismoniy mashqlarni bajarishda gigiyenik qoidalarni biladi;
    gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana oladi;
    engil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini biladi;
    basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini biladi;
    kurash elementlari hamda usullarini bajara oladi;
    qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara oladi;
    shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini biladi.
    o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini biladi.
    B1
    Jismoniy mashqlarni bajarishda o‘quv mashg‘uloti uchun qulay sharoitlarni yarata oladi;
    jismoniy mashqlar yordamida organizmning barcha guruhlarining funksiya tizimlarini
    to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantira oladi;
    jismoniy mashqlar yordamida asab tizimini mustahkamlaydi, modda almashuv jarayonini
    faollashtira oladi;
    gimnastika anjomlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalana oladi;
    engil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rni va ta’sirini biladi;
    shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol, suzish, badminton, stol tennisi
    va boshqa sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini biladi;
    kurash turlari, elementlari hamda usullarini bajara oladi.
  47. Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy
    sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi
    A1
    Jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish
    va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bog‘lay oladi;
    mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik,
    chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘ladi;
    mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi.
    A2
    Saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi,
    gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat
    saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini
    bajarish qoidalariga rioya qila oladi;
    hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik,
    tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘ladi;
    fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi.
    B1
    Buyum va buyumsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning bo‘g‘inlar
    va mushak guruhlariga ijobiy ta’siri va uni ketma-ketligi, osilish, tirmashish, muvozanat saqlash,
    tayanib va tayanmay sakrash, tortilish, akrobatika elementlari va ritmik gimnastika qoidalariga
    rioya qiladi;
    fazoviy harakatlar va uning bajarilish ketma-ketligiga amal qiladi;
    sport turlarining kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixini biladi;
    sport turlari bo‘yicha bajariladigan mashqlarining inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati
    haqidagi ma’lumotni biladi;
    respublika miqyosida o‘tkazilayotgan uch bosqichli sport musobaqa turlarini biladi.
  48. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
    A1
    Jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila oladi;
    jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay oladi;
    jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila oladi.
    A2
    Gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini
    tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana oladi;
    o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich
    bilimga ega bo‘ladi.
    B1
    Sport o‘yinlari, jihoz va anjomlarning nomlari, tuzilishi va o‘lchamlari haqida ma’lumotlarni
    biladi;
    sport o‘yinlariga oid jihoz va anjomlar, basketbol shchiti, halqa, to‘p, futbol darvozasi, to‘r,
    to‘p, bayroqlar, voleybol ustuni, hakamlar o‘tirish uchun maxsus joy, to‘ldirma to‘p, turli
    to‘siqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qila oladi;
    kurash turlari bo‘yicha anjom, jihozlarning nomlari, tuzilishi, o‘lchamlari haqida
    ma’lumotga ega bo‘ladi va foydalana oladi.
    respublikamizda joriy etilgan uch bosqichli sport musobaqalari haqida tushunchaga ega
    bo‘la oladi;
    kurashda xavfsizlik texnikasiga rioya qila oladi;
    shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladi.
    19-§. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini
    o‘rganish bosqichlari
    Bitiruvchilar Fanni o‘zlashtirish
    darajasi Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta ta’lim
    «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich
    maktablarining 11-sinf
    A1
    tayyorgarlik» fanini o‘rganishning
    bitiruvchilari
    boshlang‘ich darajasi
    Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari
    Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi:
    O‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini
    chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado
    etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek
    favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy
    ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi
    va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.
    Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining vazifalari:
    O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga ishonib
    topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni
    qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan
    favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon
    atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.
    Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
    bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
  49. Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi
    A1
    Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi,
    burchini sidqidildan ado etadi;
    harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini
    tushunadi;
    O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy
    talablarini biladi, harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida
    tushunchaga ega bo‘ladi;
    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini
    biladi va ularga amal qiladi;
    Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillarini biladi;
    harbiy boshqaruv organlari, shuningdek harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi
    boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘ladi;
    qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquqqa) doir asosiy talablarning
    mohiyatini tushunadi va ularga amal qiladi.
  50. Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish
    kompetensiyasi
    A1
    zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi
    harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qiladi;
    askarga biriktirilgan shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni
    asray oladi;
    harbiy ishga doir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi;
    axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchaga ega;
    chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalari namunalarining vazifasi, tuzilishi
    haqida tushunchalarga ega.
  51. Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi
    A1
    harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara
    olish malakasini egallaydi;
    to‘siqlarni yengib o‘ta oladi;
    qo‘l jangi usullarni bajara oladi;
    gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi;
    qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini egallaydi va unga amal qiladi.
  52. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi
    A1
    O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish
    Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega.
    favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutadi
    va oqilona tashabbus ko‘rsata oladi;
    ommaviy va oddiy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari va vositalari haqida biladi;
    Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtiradi, o‘ziga hamda yon
    atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa yordamni ko‘rsata oladi.
  53. Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi
    A1
    yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi;
    vatanparvarlik tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘la oladi;
    o‘zida harbiy xizmatchiga xos sifatlarni shakllantiradi;
    buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan