Urush yillarida O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi

Yashin tezligida urush olib borish rejasiga ega bo’lgan nemis-fashist qo‘shinlari shiddat bilan Sharqqa qarab harakat qilar edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkiiotlar va boshqa moddiy boyliklarni mamlakat ichkarisiga-Sharqqa ko‘chirish boshlandi. O’rta Osiyo respublikalariga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 104 tasi (Leningrad to’qimachilik mashinalari zavodi, “Qizil-Oqsoy”, “Rosselmash”, Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi “Elektrokabel” va “Pod’yomnik” zavodlari, Temir yo’llar xalq komissarligining mashinasozlik zavodi, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, “Krasno’y put” zavodi, Kiyevdagi ‘Transsignal” zavodi, Stalingrad kimyo kombinati va boshqalar) O’zbekistonga; ulardan 55 ta korxona Toshkent va Toshkent viloyatiga, 14 ta zavod va fabrika Samarqandga, 22 tasi Farg’ona vodiysiga, ikkitasi Buxoro viloyatiga joylashtirildi. Bu korxonalami joylashtirish, montaj qilish va g’oyat qisqa muddatlarda ishga tushirish vazifasini tashkiliy jihatdan ta’minlash ishi bilan maxsus komissiya shug’ullandi.
Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalami tiklashda talabalar, o’quvchi, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar katta kuch g’ayrat bilan tinim bilmay mehnat qildilar va qisqa kunlarda, ya’ni “Rosselmash” 25 kunda, “Qizil Oqsoy” zavodi bu yerga yetib kelganidan keyin oradan 29 кил o‘tganda ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi. 1941 yil dekabrga kelib evakuatsiya qilingan korxonalaming qariyb 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat korxonalari mahsulot chiqara boshladi.
Elektr energiyasi va yoqilg’i ishiab chiqarish, ko‘mir, qora va rangli metall bazalarini tashkil etish,kimyo sanoatini rivojlantirish, qurilish materiallarini ishiab chiqarishni ko’paytirish urush yillaridagi 0‘zbekiston sanoatining asosiy yo’nalishlari edi. Harbiy ishiab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zarurati sanoat qurilishini ko’paytirishni talab qilar edi. Asosiy qurilish ishlari hashar usuli bilan. olib borildi. Elektr energiyasi
379
www.ziyouz.com kutubxonasi

ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 7 ta yirik va 30 ga yaqin kichik GESlar qurildi. Ayniqsa, O’zbekistonning eng yirik gidroclektrostansiyasi bo’lib qolgan Farhod GESi qurilishi umumxalq qurilishga aylantirib, 10 oy ichida Sirdaryo to’silib, GES ishga tushirildi. Salar, Quyi Bo‘zsuv, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Qibray GESlari ham muddatidan oldin qurilib ishga tushirildi. Bu respublikada elektr cncrgiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirdi. Elektr energiyasi 1940 yilga qaraganda 1943 yilda 3,5 barovarga oshdi, 1945 yilda esa 1187 million kilovatt soatga ko‘paydi.
Respublikada ko’mir, ncft konlaridagi ish suratlarini ko‘paytirish, yangi konlarni ochish borasida ham samarali ishlar olib borildi. Natijada 1945 yilga kelganda 1940 yildagiga nisbatan 30 marta ko‘proq, ya’ni 103 million tonna ko‘mir qazib olindi. Urush yillarida respublikada “Chuqurlangar”, “Tolmozor”, “Naymon”, “Shahrixon-Xo‘jaobod’\ ” Janubiy Olamushuk” va boshqa yangi neft konlari ishga tushirilishi bilan birga Farg‘ona vodiysida ishlab turgan “Andijon”, “Polvontosh”, “Changartosh”, “ Chimyon”, neft konlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlari natijasida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta
ko‘paydi.
Volfram, molibden, mis va oltin zahiralarining topilishi natijasida
0‘zbekiston rangli metallar sanoati yaratildi. Olmaliqda mis koni, Langarda molibden fabrikasi ishga tushirildi. Chirchiq elektr kimyo kombinatining ikkinchi navbati, Qo‘qon tukqorish (aralash meneral o‘g‘itlar) zavodining superfosfat zavodiga aylantirib ishga tushirilishi bilan respublika kimyo sanoatida ham sezilarli rivojlanish ko‘zga tashlandi.
O’zSSSR XKS ning 1942-yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavodini qurish to‘g‘risidagi qarorini bajarishga 30 mingdan ko‘proq kishi jalb etilib, 1944-yil 5-martda O’zbekistonning birinchi metalurgiya zavodi ishga tushirildi. 1945-yil fevralda Bekobod metalurgiya zavodining ikkinchi navbati ham mahsulot bera boshladi.
Urush yillarida qurilish materiallari, to‘qimachilik va poyafzal, oziq-ovqat va mahalliy sanoat tarmoqlari ham rivojlandi.
Sanoatning yangi yo‘nalishlarining paydo boMishi, zavod va fabrika tarmoqlarining kengayishi kadrlarga boMgan talabni ham oshirdi. Shuningdek, ko‘p minglab tajribali ishchilaming frontga ketishi ham zavod va fabrikalaFda ishchilar sonining qisqarishiga olib keldi. Natijada kasbga ega boMmagan kishilami ham ishga jalb qilib, ishlab chiqarish jarayonida kasb o‘rgatila boshlandi. Ayniqsa 1942 yil 13 fevraldagi 0‘zSSR Oliy Soveti Prezidumining farmoni bilan ishlamayotgan
380
www.ziyouz.com kutubxonasi

mehnatga Iayoqatli ayollar, o’Smir yoshlar, nafaqaxo’rlar hisobiga ishchilar safi to Idirildi. 1942 yilga kelib respublika sanoat korxonalarida ishlayotgan xotin-qizlar 63,5 % ni tashkil qilgan. Respublika ishchilar sinfining o’sishida salmoqli o’rin tutgan yoshlami kasbga o’rgatish uchun 1942-yil oxirida 31 ta FZO (fabrika-zavod ta’limi) maktabi ochildi. Omuman 15 ta hunar maktabi va 45 ta FZO maktablari yoshlarga kasb mahoratlarini o‘rgatdi. Ayniqsa qisqa kurslarda ishchilami ommaviy tayyorlash, yakka tartibda va brigada usullarida shogirdlami tayyorlash bu davrda keng yoyildi. Natijada urushning ikki yili davomida O’zbekistonda 105673 nafar ommaviy kasbdagi sanoat ishchilar! tayyorlangan bo’lib, shundan 73 ming nafari bevosita ishlab chiqarish jarayonida hunar egalladi. Ishchilar sinfining umumiy soni urush oxirlariga kelib 196,2 ming kishiga yetdi-ki, bu urush boshlangandagi sonidan 54,6 mingga ko‘pdir. Ochlik, charchoq, toliqish, qiyin sharoitlarga qaramasdan ilg‘or ishchilar kunlik normalarini 300-400, hatta 500 foizga qadar bajargan vaqtlari ham bo‘lardi. Bularga: QirgMzboyev, Hamroyev, Yusupov,
Nishonov kabi “Yangi turmush” artelining ishchilarini sanab o’tish mumkin.
Respublika ishchilari front orqasidagi og‘ir mehnatda haqiqiy jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Sharoit og‘ir, oziq-ovqat yetishmas, siyosiy vaziyat og‘ir, berilgan rejani qattiq talab qilish ko’pchilikni toliqtirar, ba’zilar bardosh berolmasdan halok bo’lardilar. Shunga qaramasdan 1943-yilga kelganda SSSR harbiy ishlab chiqarishda Germaniyaga yetib, hatto o’tib ketishida mamlakat ichkarisidagi ishchilarning xizmati juda katta bo‘ldi. Urush yillarida 0 ‘zbekistonda vujudga kelgan harbiy sanoat kopleksi tomonidan front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotlar, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 biriikdan iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 mln. radio lampa, qariyib 300 mingta parashyut, 5 ta bronepoyezd, 18 ta harbiy sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 dona ko‘chma oshxona va 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdilar. Bu O‘zbeidstonliklaming
fashist-bosqinchilarini tor-mor etishga, g’alabaga qo‘shgan katta hissasi bo’ldi.
Urush yillarida respublikamizda 280 ta yangi konconaning qurilib ishga tushurilishi natijasida 1945-yilga kelib, sanoat ishlab chiqarishi urush arafasidagiga nisbatan deyarli ikki barabar ortdi, neft qazib olish 4,
381
www.ziyouz.com kutubxonasi

metall ishiab chiqarish 4,8, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 baravar, ko‘mir qaztb chiqarish 30, energiya ishiab chiqarish 2,42 ko‘paygan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikada transport va aloqa vositalarining uzluksiz va unumli ishlashini tashkil qilishga alohida e’tibor berildi. Muhim va asosiy transport vositasi hisoblangan temir yo‘1 ham harbiy holatga o’tkazildi. Joriy qilingan poyezdlar harakatining yangi grafigiga asosan harbiy yuklami birinchi navbatda to’xtovsiz-o’tkazib yuborish ko‘zda tutildi.
Mamlakat sharqi va 0‘rta Osiyo respublikalarini Markaz bilan bog‘lab turishda Toshkent temir yo’li katta abamiyat kasb etdi. Ko‘chirib keltirilayotgan sanoat korxonaiaming asbob uskunalarini G‘arbdan Sharqqa, Sharqdan G‘arbga esa qurol-aslaha, o‘q-dorilar, oziq-ovqat, qo‘shinlami yetkazib berishda u katta rol o‘ynadi.
0‘zbekiston temir yo‘Harming fidokorona mehnati natijasida 1941- 1942 yillar davomida ko‘chirilgan sanoat korxonalarining asbob- uskunaiari ortilgan 17,5 ming vagon tashib berildi. Front orqasi bilan front o‘rtasidagi asosiy a’loqa vositasi bo‘1ib xizmat qilgan temir yo‘l tarmoqlari 1941-1945-yillarda 2 baravar uzaydi. Avtotransport vositasi ham urush yillarida yuk tashish va aloqa vositasi sifatida muhim o‘rin tutdi. 1945-yilda respublika avtotransportida tashilgan yukning hajmi 1940-yildagiga nisbatan 2 baravar o‘sdi.
Urush yillarida front orqasida og‘ir, qiyin sharoitda mehnat qilishlariga, ishchi kuchining yetishmasligiga qaramasdan Ittifoqning mudofaa qurilishlari va sanoat kotxonalariga 155 mingdan ortiq o‘zbekistonlik jalb qilingan. Ular RSFSR ning Urol, Sibirdagi zavodlari, qurilishda, asosan toshko‘mir, qora va rangli metallurgiya korxonalarida mehnat qilishgan. Bu yordam xalqlaming hamkortigini o‘zaro yanada mustahkamladi. .
Nemis-fashistlami tor-mor keltirish uchun olib borilgan umumxalq kurashiga o’zbek dehqonlari ham munosib hissa qo‘shdilar. Ular oldiga front va mamlakat ichkarisidagi aholmi qishloq xo‘jalik,mahsuloti bilan, sanoatni xom- ashyo bilan taminlash vazifasi qo’yildi Buning uchun qishloq xo‘jaligini ham harbiy izga o‘tkazish, don, kartoshka, sabzavotlar va texnika ekinlarini ko‘paytirish lozim edi. Chorvadorlar ham anniya va aholmi go‘sht-sut mahsulotlari bilan ta’minlashlari zarur edi.
Markaz ko’rsatmalari bilan asosan paxta ekishga moslashtirilgan, qishloq xo4jaligidagi yaxshi texnika vositalari, otlar front uchun olib ketilgan, tajribali dehqonlaming ko’pchiligi front va front orqasidagi ishlarga jalb qilingan bir paytda yuqoridagi vazifani bajarish yanada
382
www.ziyouz.com kutubxonasi

mushkullashar edi. Stalincha ma’muriyat 0 ‘zbekistonga oziq-ovqat bilan “o‘z-o‘zini ta’minlash” vazifasini qo‘yar ekan, mudofaa sanoati uchun g‘oyat muhim boMgan xom ashyo-paxta yetishtirishni kamaytirmaslikni talab qildi. Buning ustiga dehqonlami qishloq xo‘jalik mashinalari bilan ta’minlash to‘xtalishi bilan bir paytda mexanizatorlarning soni ham qisqardi, ya’ni urush arafasida 0 ‘zbekistonda 27 888mexanizator boMgan boMsa, 1942 yilda ulaming soni 2775 kishiga tushib qoldi, keyinchalik yanada kamaydi. Ular o’mida ayollar, bolalar, keksalar mehnat qila boshladilar. Ketmon va omochlar asosiy ish quroliga aylanib qoldi. “Mehnat intizomini mustahkamlash” sohasida haddan oshishlar avj oldi.
12 yoshdan boshlab mehnat kuni belgilanib, uni bajarmaganlaming oilasi sudga berilgan. Lekin qattiq qiyinchiliklarga qaramay o’zbek dehqonlari o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani sharaf bilan bajardilar.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, suvdan foydalanishni yaxshiiash va yangi yerlami o‘zlashtirish bilan bogMiqdir. Urush yillarida hashar yoMi bilan 0 ‘zbekistonda shimoliy Tdshkent, yuqori Chirchiq, shimoliy Farg‘ona, So‘g‘x-Shohimardon, Uchqo‘rg‘on kanallari, Rudasoy, Kattaqo‘rg‘on suv omborlari qurilib ishga tushirilishi yangi .yerlami o‘zlashtirishga imkon berdi. 1942-1943 yillarda 0‘zbekistonda sug‘orilib ekin ekiladigan yerlar maydoni 546 ming gektargako‘paydi.
Urush yillarida 0 ‘zbekiston dehqonlari qand lavlagi, kungaboqar kabi oziq-ovqat ekinlari, zigMr va kanop kabi texnika ekinlarini yetishtirishni o‘zlashtirdilar, makkajo‘xori, kunjut ekishni ko‘paytirdilar. Samarqand, Farg’ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridagi hosildor va suv bilan yaxshi ta’minlangan yangi yerlar ham qand lavlagi yetishtirishga ajratildi. Qishloq mehnatkashlari 1565 ming sentner qand lavlagi yetishtirgan 1945 yilda respublikadagi Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo‘qon, Yangiyo‘1 qand zavodlarinigina emas, balki boshqa respublikalami ham qand lavlagi bilan ta’miniash imkoniga ega boMdi. Bu bilan O’zbekiston mamlakatda yetishtiriladigan qandning to’rtdan birini ishlab chiqarishga erishgan boMsa, 1942-yilda SSSR dagi kunjut ekiladigan maydonning 50 foizi 0 ‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan edi
Urush yillarida 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaiigida ipakchilik, qorakoMchilik alohida ahamiyat kasb etgan boMsa, meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirish ham salmoqli o’ringa ega edi. 1942-
1943-yillarga kelganda sabzavot maydonlari urush arafasiga qaraganda 12,5 ming, uzumzorlar maydoni 5,1 ming gektarga ko‘paydi.
383
www.ziyouz.com kutubxonasi

Paxta yetishtirishni ko‘paytirish urush yillaridagi 0 ‘zbekiston dehqonlarining oldidagi eng muhim vazifalardan biri boMib qolaverdi. Obyektiv sabablarga ko’ra 1942-1943 yillardagi paxta topshirish rejalari bajarilmay qoldi. Lekin urush davri sharoitidagi texnika vositalari, ishchi kuchining yetishmovchiligi, mineral o‘g‘itlaming kamligi sababli ro‘y bergan bu holatni Markaz tan olishni istamadi va o‘sha paytdagi 0 ‘zbekiston rahbari UsmonYusupov qattiq ogohlantirish oidi 1944 yil yanvarida o‘tkazilgan respublika paxtakorlarining birinchi quriltoyida paxtachilikni yuksaltirish vazifalari to‘g‘risidagi fikr almashuv va ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida 0‘zbekiston yillik paxta tayyorlash rejasini 101,4 foizga bajardi.
Urush yillarida 0 ‘zbekiston qishloq mehnatkashlari 4 mln. 148 ming t. paxta, 82 mln pud g‘alla, 540671 pilla, 195 ining t. sholi, 57 ming 4441meva, 36 ming t. quruq meva, 159 ming 3001. go’sht, 22 ming 300 t jun va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bilan dushman ustidan qilingan g’alabaga munosib hissa qo‘shgan bo’lsa, nemis-fashist okkupantlaridan ozod qilingan hududlarda qishloq xo‘jaligini tiklash ishlari uchun texnika va ishchi kuchlari bilan yordam berib, o‘zbek xalqi o‘zining insonparvarlik, do‘stlik, birodarlik tuyg‘ularini namoyon etdi.1943 yilda 0 ‘zbekistondan ozod qilingan tumanlarga 1152 ta traktor, 25 ta kombayn, 1138 ta plug, 379 ta seyelka, kabi texnikalar, Ukraina va Stavropol o‘lkasiga 1596 nafar kombayinchi, 41 nafar mexanik, 30 nafar agronom, 11 nafar buxgaiter yuborildi. RSFSR, Ukraina, Belorussiya, Boltiq bo‘yi respublikalarining xalq ho‘jaligini tiklashda minglab
0‘zbekistonliklar faol ishtirok etdilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *