Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy hayoti

Urushdan keyingi yillarda 0 ‘zbekiston xalq xo‘jaligining
tinch qurilishga o‘tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatiar va xalqlarni birlashtirgan bo‘lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatiar orasida ajralish yuz berdi va ikki o‘rtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan so‘ng fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga katta hissa qo‘shgan 0‘zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo‘jaligini tinch qurilish yo’liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yctkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifelar turardi.
393
www.ziyouz.com kutubxonasi

Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron boMgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini ko’rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qo’rg’on5′ bilan ajralib,. mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilg’or tajribaiaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ITjahon urushida vayron boMgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlari birinchi navbatda, albatta, ”o‘z kuchiga tayanib, o‘z
imkoniyatlariga suyanib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarildi”,-deydi. Lekin, ulaming bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o’rin egallagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall planr’ asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatiarining iqtisodini o’nglab, hayot darajasini koMarishga, ilg‘or texnologiyalami joriy etishda hal qiluvchi kuch boMdi. Sovet davlatining g‘oyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkaianib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi.

  • 0 ‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o ‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo’ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o’zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
    Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga moMjallangan rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag1 ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari jumhuriyat
    iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. •Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o’rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 .kv. soat kuchga ega boMgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o’rinda boMib, .urushgacha .0‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvyatiga teng quvvat beradigan
    boMdi.
    394
    www.ziyouz.com kutubxonasi Qisqa davr oralig’ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan O’zbekiston xalqi ‘iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo’lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
    O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishiab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o’lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.
    Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo’jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o’tdi. O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to’g’risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o’nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshiriltnadi, shutting uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol bicmuncha o’zgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so’m ya’ni avvalgidan ikki baravar ko’p haq to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g’alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.
    Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.
    Keng iste’mol mollarini ishiab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo’ldi natijada Respublika aholisining yeagil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
    395
    www.ziyouz.com kutubxonasi Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o‘rtacha 20 so’mni tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich ishchilarda 64 so;m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. 0‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur bo’lgan 0‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bogMaridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga
    ko‘ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy moHari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo’jaliklarda chorva inollarining soni keskin kamaydi. Bunday zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinehi holat deb tushuntirildi.
    50-60 yillarda qo;riq va bo‘z yerlami o‘zlashtirishga va shu asosda paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. 0‘zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000 gcktarga yetdi.
    Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘z!ashtirish munosabati bilan Katta Farg‘ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog‘i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘1 magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1%0 yili respublikada sug’oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
    Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o‘g‘it ishlatilgan bo’lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to’kish va zaratkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o‘ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sogMigiga keskin yomon ta’sir qildi.
    Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr.dan, AQSh da 800 gr.dan to‘g‘ri kelgan bo’lsa, respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 1989 yil 25-45 kg.dan to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha boMsa, bu har bir kishiga 7-8 kg.ni tashkil etdi.
    Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mltd. so‘m mablag* ajratilgan bo’lib, shundan 17,1 mlrd. so‘mi sug’orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o‘zlashtirildi. 0 ‘zlashtirilgan
    396
    www.ziyouz.com kutubxonasi yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan boMib, 20yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
    Qishloq xo’jaligining ekstensiv yoMdan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug’orish texnologiyasiga qo’pol aralashuvi og‘ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
    1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug’orish tarmogM 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3hajmda suv to’playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buxilishi yer, suv, hattoki havoning zaharlanishiga olib keldi.
    Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlaming o’zlashtirilishi, tog‘ yon bag‘irlariga ekin ekilishi, o‘rmonlami shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko‘l suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orpl dengizi yaqin o‘tmishda dunyodagi eng katta ko’llardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yo‘lga qo’yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatinmg respublikadagi paxta yakka hokimligi siyosati, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.
    Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980 yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillaming boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to’xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
    Sanoat va qishloq xo‘jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarli o‘zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti eng og’ir bo‘lgan o‘zbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli ahvolda bo’ldi.
    O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil g‘alaba qilgan” davrda aholining jon boshiga hisobiaganda quyidagicha edi: go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66kilogramdan to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining iste’mol darajasi bu o‘rta hisobdan ko‘ra yana ham achinarli edi.
    Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo’jaligini boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g’alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga
    397
    www.ziyouz.com kutubxonasi nisbatan nolo‘g‘ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug’oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko‘rsatkich joylardagi rahbarlarning o‘zboshimchaligi bilan 10 solihgacha, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini g’oyat og’ir qilib qo‘ydi.
    1990 yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika aholisining 45 foizi jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so‘mdan kamroq daromadga ega edi. Bu esa kun kechirish uchun zarur boMgan eng past darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda kundalik hayotda hammaga kerak boMgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang yutkich va boshqalarni topish muammoga aylanib qoldi.
    50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga to‘sqinligi yanada kuchaydi. Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va ma’suliyati cheklanganligi sababli, 1953 yili respublika ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 3 1 foizni ishlab chiqargan boMsa, ittifoqqa bo‘ysungan korxonalarga 69 foiz to‘g‘ri keldi. 1956 yilida esa sanoat mahsulotlarining salmogM 55% foizga ko’tarildi.
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yoM qo‘yildi. Xususan Toshkent va Toshkent viloyalida yirik sanoat korxonalari qurilib, sanoat ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil dekabrda 0‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar Kengashining rayisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi.Shu davrdagi ko’plab ijobiy o‘zgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta boMdi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramog‘tdagi yuzlab sanoat korxonalari respublika ixtiyoriga o’tkazildi. 1960 yillarda O’zbekiston sanoatida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent (birinchi navbati) Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektrostansiyalari, gazli gaz
    koni shularjumlasidandir.
    1953 yili Setalontepa, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft
    konlarining ochiltshi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim
    qishloqlami gazlashtirish boshlandi.
    Respublika aholisining aksariyat ko’pchiligi tabiiy gazga
    muhtojligini qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishini gazlashtirish
    398
    www.ziyouz.com kutubxonasi asosida qayta qurish mumkin bo’lgan sharoitda chetga tabiiy gazni olib ketish avj oidi. C)‘/.bckislon tabiiy gazi sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Qozog’iston, Tojikiston, Boltiq bo‘yi mamlakatJari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo’natib turildi. Vaholanki, tabiiy gaz yetishtirish Respublikada yildan-yilga ortib bordi. Masalan, I960 yilda 447 mln m’ hajmda tabiiy gaz olingan bo’lsa, 1970 yilga kelib bu miqdor 32 mlrd. m3 ni tashkil qildi.
    Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zarafshon tizma tog‘lar konlari o’zlashtirildi.
    Mashinasozlikning qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959- 1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.
    Sobiq SSSRning 50-60 yillarda fan-texnika sohasidagi erishgan yutuqlarida 0 ‘zbekistonning qo‘shgan hissasi katta boMdi. Mahalliy aholining mashaqqatli mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho mahsulotlari sovet manilakatining iqtisodiy va harbiy kuch qudratini oshirishga bo‘ysundirildi. Urushdan avvalgi yillarda ham, Farg’ona vodiysida uranning bir necha manbalari ochiigan boiib, urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o’tkazilgan edi. 1948 yil yanvaridan 0 ‘rta Osiyodagi uran qidirish tashkilotlari yagona-Krasnogorskiy ekspeditsiyasiga birlashdi. 1951 yil ana shu “10-korxona’”deb nom olgan tashkilot bazasida Krasnoxolm ekspeditsiyasi tuzilib, ittifoq geologiya vazirligiga bo‘ysundiri!di. Qizilqumda 50-60 yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi. Navoiy, IJchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz kilometmi tashkil etgan temir yo‘l, avtomobi) yo‘Uari qurildi.
    Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida e’tibor berildi. Amudaryoning chap qirg‘oq!ari bo‘ylab 400 km masofaga Chorjo‘y-Urganch temir yo‘li qurildi. Bu bilan Ashxobad, Samarqand, Dushanbe, Toshkent va boshqa shaharlardan tovar, yoMovchi poyezdlari Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo‘l oidi.
    1966-1970 yillarda sanoatda zo’raki jadallashtirish natijasida yangi ( oltin, uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada kimyo tolasi, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqarishning butkul markazlashtirilishi ko‘p o‘tmay samara bermay qo’ydi. 70-yillardan boshlab yildan-yilga sanoat va qishloq xo’jalik rejalari bajarilmay qoldi.
    70-80 yillarning birinchi yarmida xalq xo’jaligini ishchi kadrlarga bo’lgan talabi ilmiy asoslangan tarzda o’rganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yildi, ba’zi
    399
    www.ziyouz.com kutubxonasi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayvorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi.
    Ikkinchi jahon urushi 0 ‘zbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko’rsatgan. Lekin, 1971 yildan – 1985 yillarga qadar O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga ko’paydi. Biroq, bu o’sish sun’iy ravishda. ya’ni respublikamizga tashqaridan ko‘plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobiga ro‘y berdi.
    Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o‘sganiga qaramay, respublikamiz bu ko’rsatkich bo‘yicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi ma’lumotga ko’ra, 13 o’rinda turar edi. O’zbekiston ishchilar sinfining milliy salmog’i jiharidan orqada qolraoqda edi: Masalan, o’zbeklar 1973-1983 yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5 transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni tashkil
    qilar edi.
    Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqehaiigi
    200 ming kishi bo’lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar jalb qilindi.
    Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi soni ortib bordi. Ularning soni 1983 yilda 836 ming nafami tashkil qildi.
    Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “o’zbek xalqi go‘yo ishlashga qodir emasligi” va shu munosabat bilan ko‘p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo‘qligidan emas, balki yuqorida ta’kidianganidek, asosan markazning maxsus yo’naltirilgan siyosati tufayli va qolavcrsa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog‘chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. 0‘n yillar davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil shug‘ullanish o‘miga milliy g’ururi toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar keltirish siyosatini ma’qul ko’rdilar.
    Respublika iqtisodiyotini ahvoli, jamiyatni boshqarish usullarini qayta ko‘rib chiqishni, ularni yangi sharoitga .moslashtirishni talab qilsa ham O’zkompartlya, uning qo’mitalari, urush davrining ish tajribasini
    400
    www.ziyouz.com kutubxonasi davom ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni o’z qo’lida mahkam ushlab, ma’muriy buyruqbozlik tizimini yanaham kuchaytirdi.
    Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli boMmagan xodimiar keldi. Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, to‘ra!archa yondashuv natijasida qabul qilinganlarning ko’pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg‘or ziyolilar, malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi. 0 ‘zbekiston SSR Oliy va mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan ro‘yxat va reja asosida deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda qatnashib, “yakdillik” bilan kommunistlaming vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik haqiqatga to‘g‘ri keladi, tushunish qiyin emas. SovetJar faoliyatida yuzakichilik, qog‘ozbozlik kuchaydi. Oliy Savetning, ayniqsa mahalliy sovetlaming sessiyalari vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar ko‘pincha muhokama qilinmay yoki hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo‘mitalari bajaradigan bo‘ldi. Sovetlarga deputat bo‘lib saylanganiaming aksariyat qismi jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga saylangan deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislaridi respublika manfaatlarini himoya qiladigan darajada faoliyat ko‘rsata olmasdi. Partiya va jamoat tashkilotlarining oliy organlariga a’zo bo’lib saylanganlar, bu tashkilotlaming anjumanlariga delegat bo’lib borganlar orasida ham o‘z vazifalarini tushunmaydigan, tushunsa ham uni ro‘yobga chiqarishni bilmaydiganlar, loqaydlar ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Bunday deputatlar va delegatlar ichida Respublikamiz nomiga dog*
    tushirganlar ham oz bo’lmadi.
    Respublika Oliy Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158
    deputat, II chaqiriq deputatlaridan esa 167 nafari qayta saylangan. Bular partiya, ma’muriy xo‘jalik xodimlari, jamoa xo‘jaligi rayislari boMgan. Bundan ko‘rinadiki, ma’muriy buyruqbozlik tizimi davrida deputatlik nomenklatura xodimlariga imtiyoz bo’lib xizmat qilgan. Yillar o’tishi bilan bunday deputatlar ishga to‘g‘anoq bo’la boshladilar.
    Partiya, sovet xodimlarining savodxonlik darajasini ko’tarishga qanchalik urinishmasin deputatlar orasida o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotlilar soni salmoqli ediki, bu respublika Oliy Kengashi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ba’zi deputatlar o‘rta ma’lumot bilan Oliy Kengashning doimiy qo’mitalari a’zosi ham bo’ldi.
    401
    www.ziyouz.com kutubxonasi 30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan rahbar partiya Va sovet xodimlarini saylash yo’lga qo‘yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz vakillari edi. Bunday ish yuritish 70 yillardan qaytadan yo’lga qo’yildi.
    Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O’zbekiston o’z hissasini qo‘shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili 0‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970 yil 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda O’zbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. Qorako‘1teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi to’rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar 0 ‘zbekiston nomidan emas “SSSRda ishlangan” degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi.
    Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 30 mamlakatga o’z mahsulotini chiqardi. Ko‘p yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo’lib, 1953 yildan boshlab O’zbekiston paxtasi Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi mamlakatlaming raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi vajami 35 davlatning bozorini egalladi.
    1960-70 yillari O’zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun minglab Oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo’limi ochildi. O’zbekistonning minglab mutaxassislari ko’pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlaming iqtisodiyotini
    rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdi. O’zbekistonlik mashinasozlar, paxtakorlar, suv xo’jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko’p mamlakatlarda o’zlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg’onistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida O’zbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar.
    “Feodalizmdan sotsializmga sakrab o’tish mumkinligi to’g’risidagi marksistik ta’limotni” O’zbekiston misolida isbotlash maqsadida, Osiyo va Afrika davlatlari uchun sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning
    402
    www.ziyouz.com kutubxonasi xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaytirildi, delagatsiyalar almashish borasida ishlarjonlantirildi.
    1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatiaridan, shu jumladan ilg‘or taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegatsiya 0‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ana shu davrda sobiq ittifoqning delegatsiyalari tarkibida 200 dan ortiq 0‘zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda bo’lib qaytdi. Bundan tashqari sa’nat va adabiyot xodimlari o’rtasida delegatsiyalar almashildi. Bu tadbirlar natijasida bizning o‘lkada “kazarma sotsializmi” o‘rnatilgani ham oshkora bo’ldi.
    Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining a’zosi Uilam Duglas 0 ‘zbekistonda bo’lib qaytgandan keyin “Luk “ jumalida 0 ‘rta Osiyo respublikaiaridagi hayotda Fransiyaning mustamlakachilik tamg’asi ko‘rinayapdi deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb qaraydi.
    0 ‘zbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Toshkent, Pokistonning Karachi, Liviyaning Tripoli, Hindistonning Patiala, AQShning Sietl, Marokashning Marokash, Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan birodarlashdi. 0 ‘sha davming muhim muammolari bo‘yicha Toshkentda xalqaro yig‘inlar, uchrashuylar va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda o‘ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar bo‘lib o‘tdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda 37ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani o‘tdi va bu yerda“ Toshkent ruhi” yuzaga kelib, xalqaro raiqyosda O’zbekistonning mavqeini oshiidi.
    O’zbekiston chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega boMsa ham bu imkoniyatdan to‘la foydalana olmasdi.
    Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76, 77,112, 122 moddalariga ko‘ra O’zbekiston chet davlatlar bilan alohalar o’rnatish, diplomatlar va elchilar tayinlash va chaqirib olish huquqlariga ega va xalqaro tashkilotlar bilan mustaqil aloqalari o’matish mumkin. Lekin, . amalda respublikaning xalqaro munosabatlari maikazda rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi. Chet davlatlardan birorta delegatsiyaning qabul qilinishi, jumhuriyatda o’tadigan uchrashuvlar, kengashlar, anjumaniar uchun “markazdan” ruxsat shart edi. Ittifoqchi respublikalaming, jumladan, O’zbekistonning teng huquqligi va mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunlar aslida qog’ozda qoldi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *