Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda 

— Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qoʻyilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda toʻgʻridan toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:

1.         Radioelektron sanoat buyumlari va kompyuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish.

2.         Yengil sanoat:

3.         Ipakchilik sanoati:

4.         Qurilish materiallari sanoati:

5.         Parranda goʻshti va tuxum yetishtirish.

6.         Oziq-ovqat sanoati:

7.         Sut-goʻsht mahsulotlari sanoati:

8.         Kimyo-farmatsevtika sanoati:

Ushbu korxonalar asosiy faoliyati boʻyicha daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya soligʻi, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yoʻl fondiga majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod etiladi.

Qayd etilgan soliq imtiyozlari toʻgʻridan-toʻgʻri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:

— 300 ming AQSH dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;

— 3 mln. AQSH dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;

— 10 mln. AQSH dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.

Bunda qayd etilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

— yuqorida qayd etilgan korxonalarni mehnat koʻp hududlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

— xorijiy sarmoyadorlar tomonidan shaxsiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini taqdim etmagan holda amalga oshirish;

— xorijiy ishtirokchilarning korxona Ustav kapitalidagi hissasi 50 foizdan kam boʻlmasligi kerak;

— qayd etilgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng shaxsiy toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar kiritish;

— xorijiy sarmoyalarni erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna koʻrinishida kiritish;

— ushbu imtiyozlar taqdim etilishi natijasida olingan daromadni ulardan foydalanish muddati davomida korxonani yanada rivojlantirish uchun qayta sarmoya kiritishga yoʻnaltirish.

Bundan tashqari, 2003-yil 1-iyulidan 2009-yil 1-yanvariga qadar “Oʻzbekengilsanoat” DAK xorijiy investitsiyaoar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari (tayyor kiyimlar (tikuvchilik, toʻqimachilik va teri mahsulotlari), paypoq va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hozirgi “Oʻzengilsanoat” uyushmasi) byudjetga barcha turdagi soliq va yigʻimlar toʻlashdan ozod etiladi, qoʻshimcha qiymat soligʻi bundan mustasno.

— Baʼzi hollarda tuzilayotgan sarmoya shartnomalari asosida xorijiy sarmoyadorlarga qoʻshimcha kafolatlar va qoʻyidagi tarmoqlarga sarmoya kiritishda huquqlarni himoya qilishga doir chora-tadbilar taqdim etilishi mumkin:

— barqaror iqtisodiy oʻsish, mamlakat iqtisodiyotining progressiv tarkibiy oʻzgarishlarini taʼminlovchi ustuvor tarmoqlar;

— respublika eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirish, uning dunyoning xoʻjalik faoliyatiga integratsiyasini taʼminlovchi ustuvor loyihalar;

— Xom-ashyo va materiallarni qayta ishlash, isteʼmol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan kichik va oʻrta tadbirkorlik sohalaridagi loyihalar.

Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam koʻrsatish, maxsus soliq va toʻlov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini oʻtkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *