XV asrning 2-yarmida Movaraunnahr va Xuroson. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi

O’zaro toju-taxt uchun kurash Abdullatifm razillik botqog*iga bolirib uni o’z otasining qotiliga aylantirdi. Garchi u taxt egasi bo’lsa-da, xalq uni “padarkush” (otasining qotili) sifatida la’natlar, Ulug’bek tarafdorlari unga dushmanlik ko’zi bilan qarar edi. Bunday bir paytda Abdullatif xurofotchi din ahllari, darveshlar guruhi bilan ham yaqinlashishga harakat qildi. Biroq qotil padarkush taxtda uzoq o’tira olgani yo’q. 1450-yilning 8-mayida, shahar handag’i yonida, Bog’inavdan nariroqda unga qarshi suiqasd qilinib o’ldiriladi. Bu xususda so’z yuritgan tarixchi Mirxond fitnachilar tap tortmasdan harakat qilib, uning kesilgan bashini Registondagi Ulug’bek o’zi qurdirgan inadrasa peshtog-iga
lamoyishkorona tarzda ilib qo’yadilar, deb ta’riflagan edi. Bu qotillikdan so’ng, tezda Samarqand taxtiga temuriylardan biri Mirzo Ulug’bekning jivani hamda kuyovi Mirzo Abduilo o’tiradi. Buxoroda esa hokimiyat iViironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo’liga o’tadi. Mirzo Abduilo o’zining bir yillik hukmronlik davrida mamlakatda barqarorlikni tikiashga, Mirzo Ulug’bekning madaniy sohadagi ishlarini davom erdrishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qiladi. U taxt uchun da’vogarlar Alouddavla va Abu Saidlar bilan kurash olib borib, Samarqandga qarshi yurish qilgan Abu Said qo’shinini tor-mor keltiradi.
231
www.ziyouz.com kutubxonasi

Abu Said Sirdaryo ortiga qochib, Dashti Qipchoq o’zbeklari xoni Abulxayrxortdan (1428-1468) taxtni egallash uchun yordam so’rab murojaat qiladi. 1451-yili yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog’idagi qattiq jangda Mirzo Abdullo o’ldirilib, taxt Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469) qo’liga o’tadi. Temuriylar davlatining Xuroson yerlari Shohruhning boshqa bir nevarasi. Boysunqurning o ‘g ‘li Abulqosim Bobur qo’lida saqlanib qolib,-u to vafoti (1457) ga qadar Hirot taxtini boshqarib turadi. Bu vaqtga kelib o’zaro siyosiy tarqoqlik yanada avj oladi. Birgina Xurosonning o’zi o’ndan ortiq qismga bo’linib ketadi. O’zaro taxt uchun muttasil kurashlar mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotiga katta zarar yetkazib, inqiroziy holatlarga sabab bo’la boshladi. Abulqosim Bobur
Xurosonni o’z qo’li ostida birlashtirishga, Shohruh davlatidagi madaniy hayotni tiklashga harakat qildi. Lekin 1454 yili uning Samarqandga yurishi muvaffaqiyatsiz tugab, 40 kunlik shahar qamalidan keyin u yana orqaga qaytishga majbur bo’Igan edi.
1457-yili Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etgandan so’ng Hirot taxti. Xuroson yerlari uchun kurash yana avj oldi. Bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said Mirzo 1457 yili Xurosonga yurish qilib Hirotni egallaydi. Shu tariqa Abu Said temuriylar davlatining ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Sulton Abu Said Mirzoning (1451-1469) hukmronlik davrida davlat hududlari kengayib, uning chegaralari Sharqiy Turkistondan to
Iroqqacha, Sirdaryodan to Hindiston chegaralarigacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga oldi. O’z hukmronligi davrida Abu Said doimiy ravishda hokimiyatini mustahkamlashga, isyonkor amaldor-noiblarni jazolashga asosiy e’tiborini qaratdi. Shuningdek, u birmuncha iqtisodiy va madaniy tadbirlar o’tkazishga ham urindi. Lekin, uning bu sohadagi ishlari o’zining yaxshi natijasini bera olmadi. Ma’rifat va madaniyat Ulug‘bek davridek gullab yashnamadi. Shuningdek, Abu Said Xuroson, Eron, Xorazmdagi siyosiy tarqoqlikiii ham butkul tugata olmadi. Hirot taxtiga da’vogarlardan biri Umarshayxning eVarasi, yosh temuriy shahzoda Sulton Husayn (1438-1506) Abul Qosim Bobur vafotidan (1457 y.) keyin Xuroson mulki uchun o’z harakatlarini boshlab yuborgan edi. U XV asr 60-yillaridan katta harbiy otryadga bosh bo’lib, 1461-1464-yillarda Hirot, Obivard, Niso, Mashhad va Xorazmda hokimiyat uchun goh muvaffaqiyatli goho
muvaffaqiyatsiz kurashlami olib bordi.
1469-yili erta bahorda temuriylarga avvaldan tegishli bo’lgan
G’arbiy eron yerlarini qaytarib olish maqsadida Sulton Abu Said Oqqo’yunlo’ turkmanlariga qarshi yurishni boshlaydi. Biroq,
232
www.ziyouz.com kutubxonasi

)’UU,W ,tU iiuiviuu иглш llCl,5Gtll ^ I-T_J/ i“f I\JJ *.\JIKW .IIW .. Ozarbayjonning Mug‘on dashtida jang vaqtida o’idiriladi. Abu Saidning o’g‘illari Sulton Husayn bilan toju-taxt uchun kurashishga botina olmay, Movaraunnahrga qaytib ketadilar. Sulton Husayn esa 1469-yi! 24-martda tantanali sur’atda Hirotga kirib keladi. Natijada temuriylar saltanati yana ikki qism: Xuroson va Movaraunnahrga bo’linib kctadi. Movaraunnahr esa ketma-ket sulton Abu Saidning o’g‘illari Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1496) hamda Mahmudning o ‘g ii Sulton Ali Mirzo (1496-1501)lar tomonidan mustaqil ravishda boshqarildi. Lekin ko’p holda ayniqsa Sulton Ahmadning davlat boshqaruvidagi kaltabin, uquvsiz va sustkashligi, Sulton Mahmud va Sulton Ali Mirzolaming davlat ishiarining o’z holiga tashlab, aysh-ishratga mukkalaridan ketganligi bois ushbu hukmdorlar davrida o’zaro tarqoqlik yanada kuchayadi. Ayrim viloyat noiblari, amirlarning ta’siri o’sib, ko’pincha ular mustaqil faoliyat yo’liga o’tib ola boshlaydilar. Siyosiy hayot, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ruhoniylarning, ayniqsa so‘fiylaming ta’siri yanada kuchayadi. Xususan, shu davrning ko’zga ko’ringan diniy arbobi Xoja !Jbaydulloh Ahror (1404-1490), mamlakatda ta’sirli shaxsga aylanib, o’zaro kurash nizolar vaqtida mamlakat tinchligini saqlash yo’lida bir uecha marotaba bu kurashlami to’xtatib qolishga muvaffaq bo’ldi. Bl-yurt tinehligi, osoyishtaligi yo’lidagi uning faoliyati, vatanparvarligi, albatta, e ’uhorga sazovordir.
Temuriylar davlatining janubida ahvol o’zgacha edi. Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) davlati o’z tarkibiga Xorazm, Xuroson, Eronning bir qismini olgan bo’lib, u temuriylar tarixida oxirgi yirik davlat arbobi bo’lib qoldi. Uning deyarli 40 yillik hukinronlik davri ham o’zaro kurashlardan xoli bo’lmasa-da, lekin mamlakatda iqtisodiy va madaniy hayot yuksak darajada saqlanib qoldi. Mamalakat obodligi, farovonligi, iqtisodiy hayotning bir ine’yorda kechishi, fan-madaniyatning yuksalishida o’z davrining tadbirli va oqil hukmdori Sulton Husaynning roll nihoyatda katta bo’ldi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *