YUMSHOQ DORI SHAKLLARI

YUMSHOQ DORI SHAKLLARI
Yumshoq dori shakllariga quyidagilar kiradi: surtmalar, pastalar, kremlar, gellar, liniment-
lar, shamchalar, plastirlar.
SURTMALAR (Unguenta)
Surtma bosh kelishik birlik sonda – Unguentum,
Qaratqich kelishik birlik sonda – Unguenti.
Surtma – dozalanmagan yumshoq dori shakli boʻlib, asosan tana sirtiga surtish uchun
ishlatiladi. Yuqori darajada surtilish xususiyatiga ega boʻlgan gomogen massa, teri yoki
shilliq qavatlar yuzasida tekis, sidirilib ketmaydigan parda hosil qiladi. Surtmalar murakkab
dori shakli hisoblanadi, kamida 2 ta tarkibiy qism: shakl beruvchi (surtma asoslari –
constituens) hamda bir yoki bir necha ta‘sir koʻrsatuvchi moddalardan (basis) iborat boʻladi.
Shuningdek, stabilizatorlar, sirt-faol moddalar, konservantlar va boshqa yordamchi moddalar
saqlashi mumkin.
Shakl beruvchi moddalar yuqori darajada sifatli boʻlishi va quyidagi talablarga javob berishi
kerak: – quyosh nuri, havo harorati kabi tabiiy ta‘sirlarda buzilmaslik;
 antimikrobial barqarorlik;
 dori vositalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaslik, fiziko-kimyoviy barqarorlik;
 yumshoq konsistensiya, yuqori darajada surtilish va tana haroratida erib ketish;
 biologik zarar bermaslik, ba‘zi hollarda teridan yaxshi soʻrilish;
 tannarxi arzon boʻlishi.
Shuni ta‘kidlash joizki, surtma asoslari shakl beruvchi vazifasini oʻtash bilan bir qatorda
ijobiy mahalliy ta‘sirga ega, ya‘ni ular ma‘lum qalinlikda parda hosil qilib, teri va shilliq
qavatlarni mexanik ta‘sirotlardan saqlaydi, ularning sezuvchanligini pasaytiradi, issiqlik
tarqatishni kamaytiridi, to`qimalar trofikasini yaxshilaydi, yalligʻlanishga qarshi, antiseptik
va qichishishga qarshi ta‘sir koʻrsatadi.
Surtma asosi sifatida ishlatiladigan moddalar:

  1. Tozalangan choʻchqa yogʻi (Adeps suillus depuratus) – choʻchqa charvisini eritish yoʻli
    bilan olinadi. Oq, bir xil massa boʻlib 34–46°C da eriydi. Yaxshi tarafi shundaki u teri ustini
    ideal qoplaydi, mahalliy ta‘sirlamaydi, koʻpchilik dorilarga salbiy ta‘sir koʻrsatmaydi. Teri
    va shilliq qavatlardan yaxshi soʻriladi. Ammo, choʻchqa yogʻi quyidagi kamchiliklarga ega:
    tez buziladi (1–2 haftada achiydi), ba‘zi dorilar uni oksidlaydi (kumish nitrat, simob oksidi
    va boshqalar).
  2. Oʻsimlik moylari (Olea pingua) – kungaboqar (Oleum Helianthi), shaftoli (Oleum
    Persicorum), bodom (Oleum Amygdalarum) va b. toʻyinmagan yogʻ kislota gliseridlarining
    40
    Manbaa: @pharma_baza
    yuqori tarkibiga ega. Ular, choʻchqa yogʻi kabi terining epidermisi orqali liniment va
    surtmalardan dori moddalarning yaxshi singdirilishini ta‘minlaydi. Suyuq konsistensiyasi
    tufayli asosan linimentlar tayyorlashda qoʻllaniladi.
  3. Gidrogenizasiyalangan yogʻlar – oʻsimlik yogʻlarini katalitik gidrogenizasiyalash yoʻli
    bilan olinadigan yarimsintetik mahsulotlardir. Bunda toʻyinmagan gliseridlar toʻyingan
    holatga oʻtadi. Suyuq yogʻlar, gidrogenisiyalash darajasiga qarab, suyuq holatdan yumshoq
    va qattiq holatga oʻtadi. Gidrogenizasiyalangan yogʻlar, boshqa yogʻlardan farqli oʻlaroq,
    saqlash vaqtida yanada barqaror birikmalardir.
  4. Mumlar – yogʻ kislotalari va yuqori bir atomli spirtlarning murakkab efirlaridir. Surtma
    asosi sifatida asalari mumi va spermaset ishlatiladi.
    Asalari mumi kimyoviy inert boʻlib, yogʻlar va uglevodorodlar bilan yaxshi aralashadi, 63-
    65 °C haroratda eriydi, asosan surtma asosini qattiq holatga keltirish uchun qoʻshmcha
    sifatida foydalaniladi.
    Spermaset (Spermacetum) – kitsimon dengiz hayvoni – kashalotlarning ichki yogʻidan
    ajratib olinadi. Hidsiz, suvda erimaydi, 45–54°C da eriydi. Surtma asosi sifatida mustaqil
    qoʻllanilmaydi. Boshqa asoslarga ularning gigroskoplik, zichlilik va elastiklik xossalarini
    oshirish uchun qoʻshiladi.
  5. Lanolin (Lanolinum) – qoʻylarning junini yuvish orqali ajratib olinadi. Suvda erimaydi,
    saqlanganda buzilmaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Lanolin 26–42°C da eriydi,
    teridan yaxshi soʻriladi, shu sababli undan tayyorlangan surtmalar rezorbtiv ta‘sirga ega.
    Lanolin 2 xil: suvli va suvsiz boʻladi. Suvsiz lanolin 150% gacha oʻziga suv shimadi va
    undan tayyorlangan surtmalar asosan suyuqlik koʻp ajraladigan yaralarning yuzasiga
    surtiladi.
    Uglevodorodlar – neftni qayta ishlash mahsulotlari, asos (basis) sifatida ishlatiladigan
    vazelin, parafin, vazelin moyi, petrolat, ozokerit, seresin kabilar qoʻllanadi. Ular kimyoviy
    barqarorligi va inertligi bilan ajralib turadi. Bu xossalar, shuningdek, oson topilishi, arzonligi
    ularni surtma texnologiyasida keng qoʻllanilishiga imkon beradi.
  6. Vazelin (Vaselinum) – yaxshi saqlanadi, indifferent, teri va shilliq qavatlardan
    soʻrilmaydi. Shuning uchun tana sirtga ishlatiladigan surtmalarni tayyorlashda keng
    ishlatiladi.
  7. Vazelin moyi (Oleum Vaselini) – rangsiz, hidsiz, ta‘msiz, yogʻsimon konsistensiyaga ega
    suyuqlik boʻlib, suvda erimaydi. Teri va shilliq qavatlardan yomon soʻriladi.
    Surtmalar asosan ofisinal boʻlib, kamdan-kam hollarda magistral yoʻl bilan tayyorlanadi.
    Surtmalar oddiy va murakkab (tarkibida 2 va undan ortiq dori) boʻladi.
    Retseptlarda surtmalar qisqartirilgan va kengaytirilgan koʻrinishda yoziladi.
    Qisqartirilgan shaklda retseptlar yozilganda surtmaning miqdori va uning tarkibidagi dori
    nomi va foizi koʻrsatiladi. Retseptda surtma asosi koʻrsatilmagan boʻlsa odatda vazelin
    ishlatiladi. Surtilish yuzasiga koʻra retseptda dermatologik surtmalar miqdori 20,0-100,0
    gacha, oftalmologik surtmalar 5,0-10,0 gacha yoziladi.
    Surtma asosi sifatida vazelin emas, qandaydir boshqa maxsus asos qoʻllanilganda faqat
    kengaytirilgan retsept yoziladi. Rp.: dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori
    moddasining nomi, miqdori grammlarda yoki ta‘sir birliklarida yoziladi. Ikkinchi satrda
    qaratqich kelishigi bosh harfda surtma asosi nomi va miqdori, umumiy hajmgacha (―ad‖ –
    41
    Manbaa: @pharma_baza
    gacha) yetkazilishi koʻrsatiladi. Uchinchi satrda M.f. unguentum, toʻrtinchi satrda esa D.S.
    yoziladi.
    Misol. Tarkibida 1% Neomisin sulfat boʻlgan 50 g lanolin asosli surtmaga retsept yozilsin.
    Hisob: 100,0 – 1,0
    50,0 – x x = 0,5
    Demak tarkibida 1% Neomisin sulfat boʻlgan 50 g surtma tayyorlash uchun 0,5 g Neomisin
    sulfat olish kerak.
    Rp.: Neomisini sulfatis 0,5
    Lanolini ad 50,0
    M.f. unguentum
    D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
    Agar surtma tarkibiga 1 ta dorivor modda kirgan boʻlsa va surtma asosi sifatida vazelin
    olingan boʻlsa, bunday holda retsept faqat qisqartirilgan holda yoziladi. Retsept Unguenti
    soʻzidan boshlanadi va dori moddasining nomi, miqdori koʻrsatiladi, keyin esa D.S. yoziladi.
    Rp.: Unguenti Zinci oxydi 10% – 20,0
    D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
    Rp.: Unguenti Neomycini sulfatis 1 % — 50,0
    D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
    Rp.: Unguenti Neomycini sulfatis 0,5 — 50,0
    D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
    Rp.: Unguenti Tetracyclini 1 500 000 ED — 50,0
    D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
    Ofisinal surtmalar qisqartirilgan koʻrinishda yoziladi. Ofisinal surtmalar davlat
    farmakopeyasiga keltirilgan boʻladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
     Rux surtmasi (Unguentum Zinci)
     Sariq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum flavum)
     Oq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum album)
     Gliserin surtmasi (Unguentum Glycerinum)
     Naftalan surtmasi (Unguentum Naphthalanum)
     Kseroform surtmasi (Unguentum Xeroformium)
    Misol. 10,0 ofisinal ruxli surtma yozish buyurilsin.
    Rp.: Unguenti Zinci 10,0
    D.S. Koʻzga surtish uchun.
    PASTALAR
    Pasta bosh kelishik birlik sonda – Pasta,
    qaratqich kelishik birlik sonda – Pastae.
    Bu yumshoq, dozalanmagan dori shakli boʻlib, tarkibida 20% dan 60% gacha sochma
    holdagi quruq moddalar – talk (Talcum), kraxmal (Amylum), rux oksidi (Zinci oxydum), oq
    tuproq (Bolus alba) va boshqalar saqlaydi. Shu sababli, pastalarda yalligʻlanishga qarshi
    42
    Manbaa: @pharma_baza
    ta‘siri bilan bir qatorda adsorbsiya va quritish xossalari ham bor. Pasta xuddi surtmalar kabi,
    asosiy dori moddasi (Basis) hamda surtma asosi deb ataladigan shakl beruvchi moddadan
    (Constituens) iborat.
    Pastalar magistral va ofisinal boʻladi.
    Magistral pastalarga retseptlar faqat kengaytirilgan shaklda yozilib, pasta tarkibiga kiruvchi
    barcha ingredientlarning nomi va miqdori koʻrsatiladi. Retsept M.f. pasta, keyin D.S. deb
    tamomlanadi.
    Misol. 50 g vazelinli pasta uchun retsept yozing. Uning tarkibida 5% anestezin va 25% rux
    oksidi boʻlsin.
    Hisob: anestezin 100,0 – 5,0
    50,0 – x х= 505/100=2,5 anestezin rux oksidi 100,0 – 25,0 50,0 – x х=5025/100=12,5 rux oksidi
    Rp.: Anaesthesini 2,5
    Zinci oxydi 12,5
    Vaselini ad 50,0
    M.f. pasta
    D.S. Terining jarohatlangan joyiga surish uchun.
    Ofisinal pastalar qisqartirilgan holda yoziladi. Ularga quyidagilar kiradi:
  • Pasta antiseptica biologica – antiseptik biologik pasta;
  • Pasta Zinci – rux pastasi;
  • Pasta Zinci-salicylata – rux-salisilatli pasta;
  • Pasta Zinci naphthalani cum Streptocido – streptosidli rux-naftalan pastasi.
    Misol. 40,0 ofisinal rux pastasi yozib bering.
    Rp.: Pastae Zinci 40,0
    D.S. Terining zararlangan qismiga surtish uchun.
    КRЕМ (CREM)
    Кrem – yumshoq, dozalanmagan, ofisinal dori shakli boʻlib, surtmalarga nisbatan suyuqroq
    konsistensiyaga ega. Teridagi kasalliklarni davolash uchun qoʻllanadi. Krem asosiy ta‘sir
    koʻrsatuvchi modda (basis), indifferent shakl beruvchi modda (constituens) va suvdan iborat
    boʻladi. Retseptda qisqartirilgan koʻrinishda yoziladi, shakl beruvchi modda va suv miqdori
    koʻrsatilmaydi.
    Rp.: Crem Hydrocortisoni 0,1 — 10,0
    D.S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
    Yoki
    Rp.: Crem Hydrocortisoni 1 % — 10,0
    D.S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
    43
    Manbaa: @pharma_baza
    Murakkab tarkibli kremlar koʻpincha ofisinal boʻladi va retseptda asosan qisqartirilgan holda
    yoziladi.
    Rp.: Crem «Belogent» 30,0
    D.S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
    ГЕЛ (GEL)
    Гел — yumshoq, dozalanmagan, qovushoq konsistensiyaga ega, ofisinal dori shakli boʻlib,
    teri kasalliklarini davolash va rezorbtiv samara olish uchun buyuriladi. Gel asosiy ta‘sir
    qiluvchi modda (Basis), shakl beruvchi indifferent moddadan (Constituens) iborat. Gel
    tayyorlashda shakl beruvchi modda sifatida, surtmalardan farqli oʻlaroq, jelatin yoki agar-
    agar qoʻllaniladi.
    Surtma va pastalar kabi, retseptda qisqartirilgan holda yoziladi. Shakl beruvchi modda
    koʻrsatilmaydi. Rp.: belgisidan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori shaklining nomi
    (Gel), soʻngra qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, konsentrasiyasi (foiz
    yoki grammlarda), tiredan keyin gelning ogʻirligi grammlarda koʻrsatiladi:
    Rp.: Gel Troxevasin 2 % — 40,0
    D.S. Kuniga 3 mahal teriga suriladi.
    Murakkab tarkibli gellar tijoriy nomga ega. Ular ham surtma va pastalar kabi, qisqartirilgan
    holda yoziladi:
    Rp.: Gel «Reparil» 100,0
    D.S. Kuniga 1 mahal teriga surtish uchun.
    LINIMENTLAR
    Linimentlar bosh kelishik birlik sonda – Linimentum,
    qaratqich kelishigi birlik sonda – Linimenti.
    Bu suyuq surtma dori shakli boʻlib, sirtga ishlatiladi. Linimentlar quyuq boʻlishi mumkin,
    lekin tana haroratida erib, suyuq holatga aylanishlari kerak. Bunday linimentlar yumshoq
    dorilar qatoriga kiritiladi.
    Hozirgi vaqtda linimentlar tayyor holda ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlashda asos sifatida
    suyuq moylar qoʻllaniladi: paxta moyi (Oleum Gossypii), kungaboqar moyi (Oleum
    Helianthi), kanakunjut moyi (oleum Ricini), zigʻir moyi (Oleun lini).
    Linimentlar ofisinal va magistral boʻlishi mumkin, bundan tashqari liniment emulsiyalar va
    liniment suspenziyalar ham mavjud.
    Retseptda magistral linimentlar kengaytirilgan shaklda, ofisinal linimentlar qisqartirilgan
    shaklda yoziladi.
    Misol. Tarkibida 5% skipidar va 10% metil salisilati boʻlgan 75,0 linimentga retsept yozilsin.
    Hisob: skipidar 100,0 – 5,0
    75,0 – x х=755/100=3,75 skipidar metilsalisilat 100,0 – 10,0 75,0 – x x=7510/100=7,5 metilsalisilat
    44
    Manbaa: @pharma_baza
    Rp.: Olei Terebinthinae 3,75
    Methyli salicylatis 7,5
    Olei Gossypii ad 75,0
    M.f. linimentum
    D.S. Jarohatlangan teriga surtish uchun.
    Ofisinal linimentlarga misol. 5% li 25,0 ofisinal sintomisin linimentga retsept yozilsin,
    yaralarga surtish buyurilsin.
    Rp.: Linimenti Synthomycini 5%-25,0
    D.S. Yaralarga surtish uchun.
    SHAMCHALAR (Suppozitoria)
    Shamcha bosh kelishik birlik sonda – Suppositorium,
    qaratqich kelishigi birlik sonda – Suppositoria.
    Dozalarga boʻlingan dori vositasi boʻlib, uy haroratida qattiq, tana haroratida esa erib ketadi.
    Shamchalar mahalliy va rezorbtiv samara olish uchun toʻgri ichak (suppositoria rectalia),
    qin (suppositoria vaginalia) boʻshligʻiga qoʻyish uchun ishlatiladi.
    Bundan tashqari siydik yoʻllari, bachadon boʻyniga qoyish uchun tayoqchalar (bacilli) ham
    mavjud.
    Shamchalarni tayyorlashda asos sifatida qitiqlovchi ta‘sirga ega boʻlmagan, tana haroratida
    eriydigan va shilliq qavat orqali yomon soʻriladigan, shuningdek dori moddalari bilan
    kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan asoslar tanlash zarurdir. Bunday talablarga:
    1) kakao moyi (Oleum Cacao) va
    2) butirol (Butyrolum);
    3) jelatin-gliserinli massa (massa Gelatinosa);
    4) polietilenoksid (Polyaethylenoxydum);
    5) yapon korichnik moyi (Oleum Cinnamoni pedunculari) javob beradi.
    Shamchalar shaklida dorilar mahalliy va umumiy ta‘sir uchun qoʻllaniladi. Togri ichak shamchalari rezorbtiv ta‘sir qilish xususiyatiga egadir (umumiy ta‘sir). Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalarni shamcha holida ishlatganda ularning miqdori terapevtik dozadan oshmasligi kerak. Togri ichak shamchalari konus yoki silindr shaklida boʻlib, ogʻirligi 1,1 dan 4,0 gacha
    boʻladi. Ofisinal turlari 3,0 dan chiqariladi.
    Qin shamchalari esa dumaloq (globuli) yoki tuxumsimon (ovula) va yassi (pessaria) shaklda
    boʻlib, ogʻirligi 1,5 dan 6,0 gacha boʻladi. Ofisinal turlari 4,0 dan chiqariladi.
    Agar retseptda shifokor tomonidan magistral shamchalarning ogʻirligi koʻrsatilmagan boʻlsa,
    ushbu holda ham 4,0 dan tayyorlab beriladi.
    45
    Manbaa: @pharma_baza
    Shamcha shakllari: a) rektal, b) vaginal (1. globula, 2. ovula, 3. pessaria), в)tayoqchalar.
    Ofisinal shamchalar retseptda qisqartirilgan shaklda yoziladi, Rp.: dan soʻngra Suppozitoria
    soʻzidan boshlanib, keyin esa cum qoʻshimchasidan soʻngra dorining nomi va dozasi
    koʻrsatiladi. Retsept D.t.d.N… in charta cerata hamda signaturani yozish bilan tugallanadi.
    Misol. Tarkibida 0,2 ixtiol saqlagan 10 ta ofisinal togri ichak shamchasiga retsept yozilsin. Ertalab va kechqurun togri ichakka 1 ta shamchadan qoʻyish buyurilsin.
    Rp.: Suppositorium cum Ichthyolo 0,2
    D.t.d.N. 10 in charta cerata
    S. ertalab va kechqurun 1 shamchadan togri ichakka qoʻyilsin. Ba‘zi hollarda ofisinal shamchalar murakkab tarkibli boʻlsa, ularning savdo nomi koʻrsatiladi. Masalan, ―Anuzol‖, ―Betiol‖ va boshqalar. Bunday holda retsept tushum kelishigi koʻplik sonda boshlanib (Suppositoria), keyin nomi va soni koʻrsatiladi. Dori moddasining miqdori retseptda keltirilmaydi. Misol. 10 ta ―Betiol‖ shamchasi yozilsin va 1 ta shamchadan kuniga 2 marta buyurilsin. Rp.: Suppositoria ―Bethiolum‖ N. 10 D.S. 1 ta shamchadan kuniga 2 marta. Retseptda magistral shamchalar yozilganda dorining 1 martalik dozasi koʻrsatiladi, soʻngra asos va uning miqdori yoziladi. Keyin M.f.suppositorium deb ishlatilish yoʻli koʻrsatiladi va D.t.d.N. soni koʻrsatiladi, soʻngra signatura S. yoziladi. Misol. Tarkibida 0,3 anestezin saqlagan 10 ta togri ichak shamchasi yozilsin. Mum
    qogʻozga oʻralgan holda berilsin. 1 ta shamchadan to`gri ichakka kiritish buyurilsin.
    Rp.: Anaesthesini 0,3
    Olei Cacao 3,0
    M.f. suppositorium rectale
    D.t.d.N. 10 in charta cerata
    S. 1 ta shamchadan toʻgri ichakka qoʻyilsin.
    PLASTIRLAR (Emplastrum)
    Plastir bosh kelishik birlik sonda – Emplastrum,
    qaratqich kelishik birlik sonda – Emplastri.
    Plastirlar tana haroratida yumshab teriga yopishib qolish xossasiga ega boʻlgan plastik
    massadir. Ularni tasmasimon pishiq matoga surkalgan holda ham qoʻllaniladi (yaraga
    46
    Manbaa: @pharma_baza
    yopishtirib qoʻyiladigan malhamli mato). Plastirlar dozalangan va dozalanmagan koʻrinishda
    boʻlib, asosan sirtga ishlatiladi.
    Plastirlar agregat holatiga koʻra qattiq va yumshoq boʻladi.
    Qattiq plastirlar xona haroratida qattiq boʻlib, tana haroratida yumshaydi.
    Suyuq plastirlar (yoki teri sirochlari) tez uchuvchan suyuqliklar boʻlib, surkalgan joyidan
    bugʻlanib, terida yupqa parda hosil qiladi.
    Hozirgi paytda plastirlar asosan farmatsevtik sanoatda ishlab chiqariladi.
    Plastirlar tarkibi dori vositasi va murakkab asosdan (yogʻ kislotalarining tuzlari, moylar,
    parafin, serezin, vazelin, lanolin, mum, yelim) iboratdir. Ammo ba‘zi plastirlar faqat asosdan
    iborat boʻladi, masalan: leykoplastir. U yaralar chetlarini yaqinlashtirish, bogʻlamlarni
    mustahkamlash, yarani ifloslanishidan mexanik himoyalash uchun qoʻllaniladi.
    Tarkibida dori vositasi boʻlgan plastirlar mahalliy (rezorbtiv) ta‘sir koʻrsatish uchun
    qoʻllaniladi. Suyuq plastirlar flakonlarda yoki aerozol ballonchalarda, qattiq plastirlar esa
    asosan matolarga surkalgan holatda chiqariladi. Retseptda qisqartirilgan shaklda yoziladi va
    plastir asosi koʻrsatilmaydi.
    Dozalanmagan plastirlar – Rp.: belgisidan soʻngra ketma-ketlikda qaratqich kelishigi birlik
    sonda dori shakining nomi (Emplastri), soʻngra qaratqich kelishigi bosh harflarda dori
    moddasining nomi, plastirning umumiy miqdori grammlarda koʻrsatilganidan soʻngra D.S.
    va сигнатура yoziladi:
    Rp.: Emplastri Plumbi simplicis 50,0
    D.S. Biroz isitilganidan soʻngra matoga surilsin va
    terining jarohatlangan joyiga qoʻyilsin.
    Dozalangan plastirlar – Rp.: belgisidan soʻngra ketma-ketlikda qaratqich kelishigi birlik
    sonda dori shakining nomi (Emplastri), soʻngra qaratqich kelishigi bosh harflarda dori
    moddasining nomi, dori moddasining umumiy miqdori grammlarda koʻrsatilganidan soʻngra
    D.t.d.N…. (shunday dozalardan … miqdorda berilsin) va S. сигнатура yoziladi:
    Rp.: Emplastri Climara 0,0039
    D. t. d. N. 4
    S. plastir terining toza, quruq va jarohatlanmagan sohasiga qoʻyilsin, barmoqlar
    yordamida 10 soniya zich bosib turgan holda yopishtirilsin, plastir 1 haftada 1
    marotaba almashtirilsin.
    Yaralarni bogʻlash uchun qoʻllanilganda plastir nomi, miqdori va zarur holatlarda
    oʻlchamlari koʻrsatiladi.
    Misol. Yara ustidagi bogʻlovni mustahkamlash uchun oʻlchami 3 sm x 5 m boʻlgan
    leykoplastirga retsept yozing.
    Rp.: Emplastri adhaesivi extensi 3 cm x 5 m
    D.S. Jarroxlik yarasi ustidagi bogʻlovni mustahkamlash uchun

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *