Yuridik shaxslarda taʼsischi o‘zgartirish tartibi 

Yuridik shaxslarning ta’sischisilarini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yuridik shaxs ta’sischisi o‘zgartirilayotganda Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:

  • tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
  • davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
  • ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *