ZAXM Teri kasaligi

Zaxm yuqumli kasallik bo’lib, uni rangpar treponemalar keltirib chiqaradi (1905 y.). Okish treponemalar (Tgeronema pallidum) asosan JINSIY yo’l bilan yuqqanligi tufayli tanosil kasalliklari qatoriga kiradi. Zaxm Ovrupoda «sifilis» deb ataladi. Oqish treponemalar mikroskop ostida spiralsimon ip shaklida ko’rinadi. Uning 8 tadan 13 tagacha o’ramlari bo’lib, bu o’ramlarning shakli, uzunligi va qalinligi bir xildir. Spiroxetalar o’ziga xos harakatlanish xususiyatiga ega. Ular ilgarilama, turtkisimon, mayatniksimon, to’lqinsimon harakatlanadi, shuningdek o’z o’qi atrofida xam aylanma harakat qiladi. Bu harakatlar ma’lum tartib bilan bir tekisda amalga oshiriladi (valsga o’xshash harakat). Oqish treponemalarga xos yuqorida bayon etilgan shakl va xususiyatlar ularni saprofit treponemalardan ajratishda amaliy yordam beradi. Ko’pincha og’iz bo’shlig’ida yashovchi saprofit spiroxetalar qo’pol shaklga ega bo’lib, o’ramlarining soni kam, yo’g’on va notekis bo’ladi. Shuningdek saprofitlar ko’pincha tez va tartibsiz urchuqsimon harakat qiladi (buni tvistsimon harakat deyiladi).
Oqish treponemalar tashqi muhitda, organizmdan tashqarida, tez nobud bo’ladi. Ayniqsa biologik suyuqliklarning suvsizlanishi ularni qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Tarkibida oqish treponemalar bo’lgan suyuqliklar 60°gacha qizdirilganda 15 daqiqa mobaynida, 100°gacha qizdirilganda o’sha zahotiyoq nobud bo’ladi. Turli-tuman kimyoviy moddalar
(fenol, margimush, simob eritmalari va kislotalar) ta’sirida xam tezda nobud bo’ladi. Biroq rangpar treponemalar past haroratga nisbatan chidamli bo’ladi. Jumladan, namli muhitda 12 soatgacha yashashi mumkin. Alohida ishlov berilgan (qonservatsiya deb ataladi) donorlar qonida zaxm qo’zg’atuvchilari 3-6 kungacha tirik saqlanib qolishi va patogenlik xususiyatini yo’qotmasligi mumkin.
Rangpar treponemalarni oziq muhitlarda ekib o’stirish uchun murakkab sharoit (maxsus oziq muhitlar, anaerob sharoit) talab qilinadi. Shuningdek maxsus oziq muhitlarda ekib o’stirilgan spiroxetalar o’zlarining morfologik va patogenlik xususiyatlarini yo’qotadi.
Rangpar treponemalar elektron mikroskop ostida (N. M. Ovchinnikov, V. V. Delektorskiy) ilonni yoki yomg’ir chuvalchangini eslatadi. Shuningdek ularning uch qavatli qobig’i borligi aniqlangan. Ayniqsa ularning tashqi qavati juda rivojlangan bo’lib, antibiotiklarning hujayra tsitoplazmasiga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Treponemalar ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Noqulay sharoitlarda (yuqori harorat, antibiotiklar ta’siri, antagonist mikroorganizmlar) tsista hosil qilib, o’zini himoya qilish xususiyatiga ega, yoki L-shakliga, yoriqsimon va ipsimon shakllarga kirishi mumkin. Bunday notipik shakllarda ular uzoq muddat, yillar davomida saqlanishi mumkin. Bunday hollarda bemor organizmi bilan spiroxetalar o’rtasida vaqtinchalik shartli «muvozanat» hosil bo’ladi. Ammo bemor organizmi qarshilik ko’rsatish qobiliyatining pasayib borishi, boshqa kasalliklarning qo’shilishi spiroxetalarning qaytadan spiralsimon patogen shakllarga aylanishiga (reversiya deb ataladi) sharoit yaratib beradi. Shuningdek kasallik yuqqandan so’ng zaxm jarayoni hech qanday belgilarsiz uzoq muddat yashirin kechishi mumkinligi amalda isbot etilgan.
Ma’lumki, rangpar treponemalarning tsista shakllari ham antigenlik xususiyatiga egadir. Demak, ularga nisbatan hosil bo’lgan qarshi tanachalar serologik reaktsiyalarning musbat natijalar berishiga olib keladi. Bu tadbir yashirin kechayotgan zaxmni aniqlashga yordam beradi. Laboratoriya tekshiruv usuli. Tekshirilayotgan biologik suyuqlik va zaxm toshmalaridagi spiroxetalarni qidirib topish qorong’ilashtirilgan ko’rish maydonida amalga oshiriladi. Bu Tindal fenomeniga asoslangan. Rangpar treponemalar anilin bo’yoqlarni o’ziga yomon qabul qiladi,
ba’zan bu bo’yoqlar bilan umuman bo’yalmaydi. Zaxm qo’zg’atuvchilarining rangpar yoki oqish treponemalar deb atalishi bejiz emas. Bundan tashqari, spiroxetalar bo’yalganda ular nobud bo’lib, muhim farqlovchi belgi, ya’ni o’ziga xos harakat turlarini kuzatish imkoni bo’lmaydi. Bu hol patogen spiroxetalardan saprofit spiroxetalarni ajratish imkoniyatidan mahrum etadi. Shu sababli zaxm qo’zg’atuvchilari tirik holatlarda tekshiriladi. Buning uchun mikroskopning qondepso-riga qora qogoz qo’yilib, ko’rish maydoni qorong’ilashtiriladi va yon tomondan yorug’lik nuri beriladi. Tekshirish uchun zaxm toshmalaridan bir – ikki tomchi to’qima suyuqligi (serum deb ataladi) olinib, predmet (buyum) oynasiga tomiziladi, so’ngra bir-ikki tomchi fiziologik eritma tomizilib spiroxetalarning harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

Tekshirilaetgan suyuqlik qoplagich oynacha bilan yopilib mikroskop stol-chasiga qo’yiladi. Tegishli yorug’lik va kattalashtiruvchi uskunalar yordamida ko’rish maydoni topilgach, spiroxe- talarni qidira boshlanadi. Qorong’i ko’rish maydonida rangpar treponemalar kumush rangda jilvalanadi. Bordi-yu dastlabki laboratoriya tekshiruvlarida treponemalar topilmasa, izlanish bir necha bor takrorlanadi.
Takroriy tekshiruvlar paytida tekshirilayotgan toshmalar yuzasi izotonik eritma yordamida 24 soat davomida namlanib turiladi. Tekshirilayotgan toshmalarda zaxm qo’zg’atuvchilari topilmasa, limfa tugunlarining punktati – to’qima suyuqligi tekshiriladi.
Zaxmning yuqish yo’llari. Kasallik quyidagi yo’llar bilan bemordan sog’lom kishiga o’tadi:

  1. Jinsiy yo’l – jinsiy aloqa paytida zararlanish. Bunga jinsiy a’zolar ishtirok etadigan yaqinlikning barcha turlari kiradi. Bemor jinsiy a’zolarida joylashgan toshmalarda rangpar treponemalar ko’p miqdorda bo’ladi.
  2. Nojinsiy yo’l:
    a)jinsiy a’zolar ishtirokisiz yaqinlik qilish
    (o’pishish, to’shakda birga yotish);
    b)qon orqali yuqish (zaxmga chalingan bemorlarning qoni quyilganda);
    v)kasbga aloqador zararlanish (tibbiy xodimlarning ehtiyotsizligi tufayli muolaja paytida kasallik yuqtirishlari);
    g)maishiy yo’l bilan yuqish (turmush anjomlaridan umumiy foydalanish natijasida).
    Zaxm kasalligining yuqish sharoitlari. Zaxmga uchragan bemorlar bilan yaqinlik qilish kasallik yuqtirish degan so’z emas. Zaxm qo’zg’atuvchilarini sog’lom kishiga o’tishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo’lishi lozim;
    1) teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi. Zaxm kasalligi bor bemorlar bilan jiisiy va boshqa turdagi aloqa bo’lganda terining butunligi buzilishi mumkii. Shuningdek, teri va shilliq qavatlarda ―turli-tuman yara-chaqalar‖ning bo’lishi zaxm qo’zg’atuvchilarining terining chuqur qavatlariga kirib borishi uchun shcharoit yaratadi. Rangpar treponemalar sog’lom teridan o’ta olmaydi.
    2) «yangi» organizmga o’tgan spiroxetalar miqdorining ko’pligi. Ma’lumki, teri orqali o’tgan rangpar treponemalar organizmning fagotsitar qarshiligiga uchraydi. Agar yuqqan spiroxetalar miqdori kam bo’lsa, ularning barchasi makrofaglar tomonidan nobud etiladi. Ko’p miqdorda o’tgan spiroxetalarni himoyachi hujayralar eplay olmaydi, oqibatda ular qonga o’tib ko’paya boshlaydi.
    3)spiroxetalar virulentlik darajasining yuqori bo’lishi. Fagotsitlar «jangi»da patogenlik darajasi yuqori bo’lgan spiroxetalargina g’olib chiqadi. Turli-tuman antibiotiklar ta’sirida zaiflashgan treponemalar miqdori ko’pligiga qaramasdan makrofaglar tomonidan qirib yuboriladi. Davolanayotgan zaxmli bemorlar bilan jinsiy yaqinlik qilinganda kasallikning ko’pincha yuqmaslik sababi xam ana shunda.
    4)makroorganizm immunobiologik holatining keskin pasayishi. Turli kasalliklar bemor organizmining qarshilik ko’rsatish qobiliyatini pasaytirib yuboradi, jumladan, fagotsitlar aktivligini susaytiradi.Bu hol organizmni kasallik yuqtirishga moyil qilib ko’yadi.
    Zaxmdan davolangan bemorlarda orttirilgan immunitet vujudga kelmaydi, shuningdek ularda tug’ma immunitet ham rivojlanmaydi. Zaxm kasalligi ikki, hatto uch marta qayta yuqishi (reinfektsiya deyiladi) mumkin.
    Zaxm organizmda mavjud bo’lgan davrda vaqtinchalik immunitet hosil bo’ladi. Zaxm bilan kasallangan bemorlar kasallikning ma’lum davrlarida qo’shimcha zararlanishlari, ya’ni bemor organizmiga treponemalarning yangi shtammlari tushishi mumkin (superiifektsiya deb ataladi). Qo’shimcha kasallik yuqqanda paydo bo’ladigan zaxm belgilari bemor organizmida ketayotgan zaxm jarayoni qaysi davrga to’g’ri kelganligiga bog’lik, Masalan qo’shimcha zararlanish zaxmning yashirin davriga birlamchi zaxmning dastlabki kunlariga navbatma-navbat yangi qattiq yaralarning paydo bo’lishiga olib keladi. (ulcera indurata succentuara). Ikkilamchi yashirin zaxm davrida qo’shimcha spiroxetalar tushsa, bemor terisida ikkilamchi zaxm belgilari (tuguncha va dog’) paydo bo’lishiga olib keladi. Shu sababli venerologning ish faoliyatida superinfektsiyani reinfektsiyadan, shuningdek, superinfektsiyani kasallikning qaytalanishidan ajratish qiyin bo’ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *