ZAXMNING UMUMIY KEChIShI

Zaxm yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Barcha yuqumli kasalliklar singari zaxmning kechishi davrlarga bo’linib tsiklik o’zgarishlar bilan bo’ladi. Orttirilgan va davolanmagan zaxmning kechishida davrlarning almashinib turishi kuzatiladi. Zaxm ma’lum bir davrining boshqa davr bilan ashinishi ma’lum qonuniyatlar asosida boradi, buni frantsuz sifilidologi F. Rikor isbotlab bergan. Ana shunga binoan zaxmning to’rt davri: inkubatsion, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi davrlari farqlanadi. Rikorning fikricha, yuqorida sanab o’tilgan davrlarning navbatma-navbat tartib bilan almashinuvi shartdir. Masalan, birlamchi zaxm belgilari kuzatilgan bemorda uchlamchi zaxm belgilari namoyon bo’lishidan avval albatta ikkilamchi zaxm simptomlari kuzatilishi shart. Mazkur qonuniyat faqat orttirilgan va davolanmagan zaxmga
tegishlidir.
Zaxmning inkubatsion (yashirin) davri rangpar treponemalar organizmga tushganidan to
aniqlanguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, u o’rta hisobda bir oyni tashkil etadi. Eng qisqa yashirin davr 2 haftadir, bu hol organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyati keskin pasayib
ketgan bemorlarda (og’ir yuqumli kasalliklar, sil, qand kasalligi, jarrohlik muolajalaridan so’ng va hokazo) kuzatiladi. Yashirin davrning qisqarishi treponemalarning darajasi va miqdoriga ham bog’liq. Yashirin davr cho’zilib ketishi organizmga yuborilgan antibiotiklar va boshqa treponemotsid dorilarga bog’liq. Antibakterial moddalar bemor organizmiga qanchalik ko’p yuborilgan bo’lsa, yashirin davr ham shunchalik cho’ziladi. Amaliy sifilidologiyada yashirin davrning maksimal uzayish muddati uch oy deb qabul qilingan. Agar kasallik yuqish xavfi aniqlangan kundan uch oy mobaynida qattiq yara hosil bo’lmasa va klassik serologik reaktsiyalar manfiyligicha qolsa, tekshirilayotgan shaxs sog’lom hisoblanadi.
Birlamchi zaxm (syphilis primaria) o’rta hisobda 6-8 hafta davom etadi. Bu davrda teri va shilliq qavatlarning ma’lum sohalarida, ko’pincha jinsiy a’zolar sohasida qattiq yara hosil bo’ladi, shuningdek limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Qattiq yara (birlamchi sifiloma) hosil bo’lgandan so’ng 2-3 hafta mobaynida KSR (VR, KR, ZVR) manfiy natijalar beradi. Bu davr birlamchi seromanfiy zaxm (syphilis 1 seronegativa) deb yuritiladi.
So’ngra serologik reaktsiyalar, jumladan Vasserman reaktsiyasi musbat natijalar beradi, bu davrga birlamchi seromusbat zaxm (syphilis 1 seropositiva) deyiladi. Zaxmning birlamchi davrining seromanfiy (negativ) va seromusbat (pozitiv) zaxmlarga bo’linishi faqatgina Vas- serman reaktsiyasining natijasiga bog’liq. Zero birlamchi zaxmning bu ikkala davrida qattiq shankr va limfadenitdan boshqa belgilar kuzatilmaydi. Ko’pincha qattiq shankr paydo bo’lgandan so’ng 1 hafta o’tar-o’tmas o’sha sohadagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi (regionar limfadenit deb ataladi). Zaxmning birlamchi davri oxiriga kelib qattiq shankrdan uzoqda joylashgan limfa tugunlarini ham paypaslash imkoni yaratiladi. Aniqrog’i, regionar limfa tugunlarigina emas, balki bir necha guruh limfa tugunlari ham paypaslana boshlaydi. Bu hol poliadenit deyiladi.
Birlamchi manifest (belgili) zaxmdan so’ng birlamchi yashirin zaxm keladi. Ko’pchilik hollarda kasallik hech qanday yashirin davrsiz ikkilamchi zaxmga o’tadi. Teri va shilliq qavatlarda turli- tuman toshmalar (ko’pincha dog’lar va tugunchalar, ba’zan yiringcha va pufakchalarning) paydo bo’lishi zaxmning ikkilamchi davri (syphilis sekundaria)
boshlanganidan guvohlik beradi.Ikkilamchi zaxm belgilari dastlab namoyon bo’lganda unga ikkilamchi yangi zaxm (syphilis II recens) nomi beriladi. Mazkur belgilar ko’pi bilan 2-3 oy mobaynida hech qanday davo choralarisiz yo’qoladi, bunda hatto iz ham qoldirmaydi. Bu davr ikkilamchi yashirin zaxm (syphilis II latens) deb nomlanadi. Yuqorida qayd etilgan toshmalarning takroriy namoyon bo’lishi (ayniqsa, tugunchalar va dog’larning) ikkilamchi qaytalangan zaxm (syphilis II recidiva) deb yuritiladi.
Zaxmning ikkilamchi davri 2-3 yil, ba’zan 5-6 yil davom etadi. Shu orada toshmalar bir necha marta qaytalanishi mumkin. Bunda toshmalar miqdori kamayib boradi, hajmi esa

kattalashaveradi. Terining ma’lum sohalarida to’planib guruh bo’lib joylashadi, bunda har xil shakllar (yoy, halqa, taqa va hokazo) paydo bo’ladi.
Zaxmning uchlamchi davri (syphilis tertiaria) kasallik yuqqandan so’ng, kamida 3-5 yil o’tgandan so’ng rivojlanadi, ba’zan (davo choralari o’tkazilmaganligiga qaramasdan) uzoq yillardan so’ng shakllanadi. Uchlamchi zaxmga aloqador toshmalar (tugunchalar va do’mboqchalar) faqatgina teri va shilliq qavatlarda joylashibgina qolmasdan, balki ichki a’zolarda, asab sistemasi, suyak v a bo’g’imlarni ham zararlaydi. Uchlamchi zaxm belgilari teri va shilliq qavatlarii chetlab o’tib, birinchi navbatda ichki a’zolarda va asab sistemasida ko’rinishi mumkin. Zaxmning dastlabki (erta) davrlarida davolanmagan barcha bemorlarda uchlamchi zaxm belgilarining paydo bo’lishi shart emas (bu hol tegishli mavzularda bayon etiladi). Zaxm jarayonining bir davrdan ikkinchisiga o’tish tezligi organizmning immunobiologik qobiliyatiga, jumladan, hujayralarning ahvoliga, ularni zaxm qo’zg’atuvchisi bilai o’zaro munosabatiga, shuningdek qator tashqi va ichki omillarga bog’liq. Bu omillar ichida bemorning yoshi, turmush va mexnat sharoitlari, bemorda kuzatilgan boshqa kasalliklar muhim rol o’ynaydi.
Biz yuqorida orttirilgan va davolanmagan zaxmning kechishida zaxm davrlarining navbat bilan biridan ikkinchisiga o’tishi shart ekanligini ta’kidlagan edik. Biroq oxirgi qariyb 20 yillik
kuzatuvlar (M. V. Milich, 1968) zaxm jarayonidagi davrlar almashinuvi hamma vaqt ham ma’lum qonuniyat asosida kechmasligini ko’rsatdi. Qator bemorlarda zaxm kasalligi yuqqandan so’ng belgisiz (simptomsiz) kechishi mumkin va bunday belgisiz kechish uzoq yillar davom etishi mumkin. Keyingi yillarda sifilidologiya bo’limlarida zaxmning kechikkan turlari bilan davolanayotgan bemorlarning ko’pchiligi (70-90%) o’z kasalliklari tarixini hikoya qilayotganlarida, yoshligida zaxm bilan og’rimaganlikla-rini ta’kidlamoqdalar. Ular teri va shilliq qavatlarida umr bo’yi hech qanday toshmalar kuzatmaganligini isbotlashga urinmoqdalar. Bu hol zaxmning uzok yillar mobaynida simptomsiz kechishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Keyingi yillarda ochilgan kashfiyotlar, serologik fanida aniqlangan yangiliklar bu fikrni tasdiqlamoqda. Ma’lumki, spiroxetalar «yangi organizmga» o’tgandan so’ng o’ziga qulay shart- sharoitlar topa olmasa, atipik shakllarni qabul qiladi. Jumladan, tsista hosil kiladi, yoki L- formaga aylanadi, yoxud yoriqsimon, ipsimon ko’rinishlarga o’tadi. Bu notipik ko’rinishga ega bo’lgan spiroxetalar o’z aktivligini yo’kotib, manifest (belgili) zaxm qo’zg’atishga qodir bo’lmasligi ma’lum bo’ldi. Shu sababli zaxm yashirin kecha boshlaydi. Bu jarayon uzoq yillar davom etishi mumkin. Turli-tuman sabablarga ko’ra treponemotsid dorilar qabul qilish, jumladan antibiotiklar bilan davolanish «noqulay muhit» muddatining cho’zilishiga, ya’ni zaxmning yashirin kechish muddatining uzayishiga olib keladi. Bunday hollarda zaxmning yuqumli, erta davri belgilari kuzatilmaydi. Nihoyat, yillar o’tishi bilan organizmning zaiflashishi natijasida zaxmning biror davri belgilari ro’yobga chiqadi.
Zaxm qo’zg’atuvchilari «yangi organizmga» tushgandan so’ng zaxm jarayoni umuman vujudga kelmasligi mumkii. Agar rangpar trepopemalar kam miqdorda bo’lib, virulentlik darajasi past bo’lsa, shuningdek treponemotsid dorilar ta’siriga birdaniga duchor bo’lsa, zaxm jarayoni rivojlanmasligi mumkin.

  1. Mashg’ulotning maqsadi.
    Talabalar dermatovenerologiya fani to’g’risida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lishlari, terining tuzilishi va vazifalarini to’g’ri bayon qilishlari lozim. Ular terida kuzatiladigan toshmalar – birlamchi va ikkilamchi elementlarni yod bilishlari, ularning diagnostik mohiyatini anglashlari
    lozim. Shuningdek zaxm to’g’risida kerakli ma’lumotlarni va kasallikning umumiy kechishini bilishlari lozim. Talabalar quyidagilarni yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim:
    a) teripo’stivaaslteriningqavatlari;
    b) birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlar;
    v) rangpar treponemalarni qorong’ilashtirilgan maydonda ko’rish usuli; g) zaxmtoshmalaridanto’qimasuyukliginiolishusuli.
  2. Uyga vazifa. 2) Malpigiqavatituzilishinitushuntiring.
    1) teriningranginimalargabog’liq? 3) birlamchi toshmalar ikkilamchi toshmalardan qanday farqlanadi? 4) zaxm kasalligi yuqishi uchun qanday shart-sharoit zarur?
    5) orttirilgan manifest zaxmning odatdagi kechishini tushuntiring.
    ADABIYoTLAR
    Yu. K. Skripkin va boshqalar. Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologik. M. 1983. 5-12, 21-
    29, 376-383-betlar.
    S T. Pavlov va boshqalar. Kojnie i venericheskie bolezni. M. 1U85, 5-36, 253-273-betlar. P. V. Kojevnikov. Obshchaya dermatologiya. L. 1970. 69-114-betlar.
  3. Talabalarning o’z ustida ishlash rejasi:
    Ishning nomi
    Ishning mazmuni
    Ishning maqsadi
    1. Morfologik
    elementlar bilan tani- shish;
    a) bemorlar terisida kuzatiladigan u yoki bu toshchmalarni ko’rib chiqish; b) kuzatilgan toshmalar xarakterini
    a) teri larida gan
    kasallik- uchraydi- toshmalarni
  4. Zaxmning umumiy kechishi bilan tani- shish (chizmalar, rasmlar, slaydlar asosida):
    daftarga yozib olish;
    a) elementlar toshishi bilan kuzatiladigan sub’ektiv belgilarni (qichishish, achishish va h.k.) bemorlardan so’rab surishtirish
    g) orttirilgan zaxmning umumiy kechish sxemasini daftarga chizish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *